Da’voni tan olish – javobgar tomonidan sudda da’vogar talablarining qanoatlantirilishiga rozilik bildirishi ishning da’vogar foydasiga hal bo‘lishiga olib keladi. Da’voni tan olish hech qanday tazyiq ostida bo‘lmasligi, ya’ni javobgarning o‘z xohishi bilan amalga oshirilishi kerak. Agarda qonunga zid bo‘lmasa va boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasa, sud javobgarning da’voni tan olish haqidagi arizasini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarori chiqarish vaqtida da’vo tan olinganligini hisobga oladi. Da’voning tan olinganligini sud tekshirib ko‘rishi kerak. Agarda da’voni tan olish qonunga zid yoki boshqa shaxslarning huquqlariga zid bo‘lsa, sud da’voni tan olishni rad etadi. Javobgarning da’voni tan olganligi sud tomonidan mustahkamlanganidan so‘ng, barcha talablar qanoatlantirilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |