Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Da’vo talablarining asosini yoki predmetini



Download 1,29 Mb.
bet65/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

5.3. Da’vo talablarining asosini yoki predmetini
o‘zgartirish, da’vo talablaridan voz kechish

Da’vogar o‘z talablarining asoslarini da’vo arizasida ko‘rsatishi va uni boshqasi bilan o‘zgartirishi mumkin. Aynan shunday maqsadni ko‘zlab da’vo arizasini o‘zgartirish vaqtida da’vo asoslarining asosiy qismini saqlab qolish belgilangan. Har bir huquqiy munosabatlar turli xil usullar bilan qanoatlantirilishi mumkin bo‘lgan muayyan bir manfaatlarni himoya qiladi. Masalan, xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari buzilgan vaqtda FKning 401-moddasiga muvofiq, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarlarni shartnomaga mos kelmaydigan assortimentda topshirgan taqdirda sotib oluvchi ularni qabul qilishdan va haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordiyu, ularning haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga haqli.


Agar sotuvchi sotib oluvchiga assortimenti oldi-sotdi shartnomasiga mos keladigan tovarlar bilan bir qatorda assortiment to‘g‘risidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlar ham topshirgan bo‘lsa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra:
shartnomaning assortiment to‘g‘risidagi shartlariga mos bo‘lgan tovarlarni qabul qilish va qolgan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish;
topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilishdan bosh tortish;
shartnomaning assortiment to‘g‘risidagi shartlariga mos bo‘lmagan tovarlarni shartnomada nazarda tutilgan assortimentdagi tovarlarga almashtirib berishni talab qilish;
topshirilgan barcha tovarlarni qabul qilish huquqiga ega. Sotib oluvchi assortimenti oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmaydigan tovarlarni qabul qilishdan bosh tortganida yoki assortiment to‘g‘risidagi shartlarga mos kelmaydigan tovarlarni almashtirishni talab qilganida bu tovarlar haqini to‘lashdan bosh tortishga, bordiyu, ularning haqi to‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, to‘langan pul summasini qaytarib berishni talab qilishga ham haqli.
Mazkur talablarning hammasi bir asosdan kelib chiqadi va da’vogarning tanlashi asosida o‘zgartirilishi mumkin. Bunda da’voning predmeti o‘zgaradi, lekin asosi saqlanib qoladi.
Da’vo predmetining o‘zgartirilishi da’vo asosining to‘la yoki qisman o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Da’vogar da’vo talablarini ko‘paytirish yoki kamaytirish huquqiga ega. Qonun o‘zgartirishning hajmini cheklamagan. Sud da’vogarning talablarini hisobga olgan holda hal qiluv qarori chiqaradi. Qonun sudga da’vo arizasining asosini va predmetini sudning tashabbusi bilan o‘zgartirish huquqini bermagan.
Da’vo arizasi o‘zgarishining har qanday ko‘rinishi (qonun bo‘yicha) nafaqat talablarni qanoatlantirish vazifasini, balki ish jarayonini qisqartirish vazifasini ham bajaradi. Masalan, moliyaviy jihatdan taraflarning mehnati va vaqti tejaladi, da’vogar qaytadan yangi da’vo (shu ishni ko‘rish uchun) berishdan ozod etiladi. Agarda qonunga zid bo‘lmasa va da’vogarning manfaatlariga mos kelsa, da’vogar da’vodan voz kechishi mumkin va da’vodan voz kechish sud protsessini tugatishga olib keladi.
Taraflarning protsessda sud himoyasidan voz kechishlari quyidagi shaklda amalga oshiriladi:
da’vogar tomonidan – da’vodan voz kechish,
javobgar tomonidan – da’voni tan olish.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish