Dalillarni ta’minlash deganda, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki qiyinlashishining oldini olish maqsadida dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladigan taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirish-lari eshitish, guvohlarni so‘roq qilish, ekspertiza tayinlash, yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib olish yoki ko‘zdan kechirish, joyga borib ko‘zdan kechirishga qaratilgan protsessual harakatlarga aytiladi.
|
Ariza dalillarni ta’minlash uchun protsessual harakatlar qilinishi lozim bo‘lgan joydagi sudga topshiriladi. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza dalillarni ta’minlash bilan bog‘liq protsessual harakatlar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hududda faoliyat olib borayotgan sudga beriladi (FPKning 77-moddasi).
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham ko‘rilishi mumkin. Dalillarni ta’minlash tartibi FPKning 78-moddasida belgi-langan. Dalillarni ta’minlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni to‘plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga dalillarni ta’minlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni ta’minlash haqidagi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek arizachi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillarni ta’minlash faqat arizachining o‘zini xabardor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dalillarni ta’minlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslar-ning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar so‘roq qilinadi, eksper-tiza tayinlanadi, yozma va ashyoviy dalillar talab qilib olinadi yoki ko‘zdan kechiriladi, joyga borib ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan barcha materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.
FPKning 77-moddasida dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaning sudya tomonidan ko‘rilishi va to‘plangan materiallarning ishni ko‘radigan sudga yuborilishi muddati ko‘rsatilmagan. Bunday hollarda sudning protsessual harakatlari mazmuni va natijalari jihatidan sud topshiriqlarini bajarish harakatlariga o‘xshash bo‘lganligi tufayli analogiya bo‘yicha FPKning 103-moddasida ko‘rsatilgan o‘n besh kunlik muddatda bajarilishi kerak. Bu to‘g‘rida tuzilgan bayonotlar esa – tuzilgan zamon darhol yuborilishi lozim. Dalillarni ta’minlash to‘g‘risida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berish mumkin emas. Dalillarni ta’minlashni rad qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin (FPKning 79-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |