Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar



Download 1,29 Mb.
bet33/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar;
nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar.
FPKning 48-moddasiga asosan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud hal qiluv qarorini chiqarguniga qadar ishga kirishishlari mumkin. Ular da’vogarning hamma huquqlaridan foydalanadilar va uning hamma majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar. Xususan, uchinchi shaxs-lar o‘z arzida bayon qilingan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoki kamaytirishga, ulardan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli. Undan tashqari, protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlashga haqlidirlar. Mazkur shaxslarning da’vogarlardan birgina farqi mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa, protsessga kirishish vaqtida namoyon bo‘ladi.
Uchinchi shaxsning nizo predmetiga o‘zining mustaqil haqqi borligini bildirishi uning mustaqil da’vo bilan protsessda ishtirok qilishi uchun asos bo‘ladi.
Da’vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi (FPKning 46-moddasi).
Uchinchi shaxslar da’vo taqdim etishning barcha talablariga rioya qilish lozim bo‘ladi. Uchinchi shaxsning ishga kirishishi umumiy asoslarga FPKning 188 – 190-moddalariga binoan sudga ariza berish bilan qo‘zg‘atiladi. Ushbu shaxslar o‘z arizasiga tegishli hujjat-larni ilova qilishi, arizani taraflarning soniga mutanosib miqdorda nusxalari bilan berishi, agar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, tegishli bojni to‘lashi lozim bo‘ladi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning ishga kirib kelishlari protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga nisbatan ham huquqiy oqibat keltirib chiqaradi. Mazkur shaxslar da’vogarlar bilan bir xilda huquqiy maqomga ega bo‘lganliklari sababli ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi talab etiladi. Masalan, agar uchinchi shaxs sud majlisi boshlanganidan keyin protsessga kirishadigan bo‘lsa, ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
Fuqarolik protsessual kodeksida uchinchi shaxs aynan qaysi tarafga nisbatan da’vo qo‘zg‘atishi mumkinligi nazarda tutilmagan. Uchinchi shaxs da’voni faqat bir tarafga nisbatan yoki bir vaqtning o‘zida har ikkala tarafga nisbatan ham taqdim etishi mumkin. Sud amaliyotida uchinchi shaxslar ko‘proq da’voni har ikkala shaxsga qaratishi va ushbu shaxslar uchinchi shaxsga nisbatan sherik javobgar holatini egallashi kabi holatlar kuzatiladi.



M. sudga nikohdan ajratish va nikoh davomida orttirilgan mulkni, shu jumladan javobgarning nomiga rasmiylashtirilgan turarjoyni bo‘lish haqida N. ga nisbatan da’vo tadqim etadi. Javobgarning onasi K. esa sudga uyga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish haqida da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. K. o‘z da’vo arizasida uy o‘g‘lining nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lsada, biroq uning mablag‘i evaziga sotib olinganligini ko‘rsatadi. Mazkur holatda javobgarning onasi K. har ikkala tarafga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs hisoblanadi.

Uchinchi shaxslarning navbatdagi turiga oid normalar FPKning


49-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha chiqariladigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlariga ta’sir etadigan bo‘lsa, sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar da’vogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishlari mumkin. Shuningdek, ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, uchinchi shaxslarning mazkur turi, birinchidan, shartli ravishda taraflarning biri (da’vogar yoki javobgar) tomonida turib ishtirok etadi. Ikkinchidan, ular o‘rtasidagi huquqiy munosabat sud muhokamasining predmeti bo‘lmaydi. Uchinchidan, ish bo‘yicha chiqariladigan hal qiluv qarori uchinchi shaxslarning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlariga ta’sir etadi.



Teatr garderobidan palto yo‘qoladigan bo‘lsa, garderob xizmatchisi tomoshabinning – palto egasining teatrga nisbatan yo‘qolgan mulkining qiymatini undirish haqida sudga tadqim etgan da’vo ishida ishtirok etishdan manfaatdor hisoblanadi. Mazkur holatda garderob xizmatchisining manfaatdorligi shu bilan izohlanadiki, agar sud da’vogarning da’vosini qanoatlantiradigan bo‘lsa, teatr o‘z navbatida, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida palto egasiga to‘langan summani garderob xizmatchisidan regresss da’vo taqdim etish orqali undirib olishi mumkin.

Mazkur holatda garderob xizmatchisi (uchinchi shaxs) protsessda tomoshabinga (da’vogarga) va teatrga (javobgarga) nisbatan hech qanday talabni ilgari surgani yo‘q. Unga nisbatan ham yo‘qolgan paltoning qiymatini undirish haqida da’vo talabi bildirilishi mumkin emas. Chunki mazkur ishda taraflar o‘rtasidagi nizoning predmeti mulkni saqlash haqidagi shartnomadir va ushbu shartnoma tomonlari teatr va tomoshabin hisoblanadi. Biroq boshqa shaxslar tomonidan boshlangan protsessda ishtirok etish barobarida garderob xizmatchisi (uchinchi shaxs) paltoning yo‘qolishida o‘zining aybi yo‘qligini isbotlovchi dalillarni keltirish orqali o‘zining huquqlarini himoya qilishi va kelajakda unga nisbatan bo‘ladigan regresss da’voning qanoatlantirilishi rad etilishiga erishishi mumkin. Shunday qilib, ushbu turdagi uchinchi shaxslarning manfaatdorligi nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning manfaatdorligidan farqlanadi.


Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilish (kirishish)ning yuridik asoslaridan biri regresss huquqining ro‘y berishi hisoblanadi. Undan tashqari, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilish har doim ham uning regresss huquqi bilan bog‘liq bo‘lavermaydi. Masalan, agar bolalar ta’minoti uchun aliment undirish haqida da’vo taqdim etilgan bo‘lib, javobgar boshqa nikohdan tug‘ilgan farzandlariga aliment to‘layotganligi aniqlansa, u holda foydasiga aliment undirilayotgan manfaatdor shaxslar javobgar tomonida turib ishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxs sifatida jalb etilishi lozim. Mazkur holatda uchinchi shaxsning regress huquqi yuzaga kelmasada, biroq agar da’vo talabi qanoatlantirilgudek bo‘lsa, bu hol boshqa nikohda bo‘lgan farzandlarga to‘lanayotgan aliment miqdoriga, ya’ni uchinchi shaxsning manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni protsessga jalb qilishni talab qiluvchi normalar ayrim qonun hujjatlarida ham mustahkamlab qo‘yiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 394-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, agar uchinchi shaxs oldi-sotdi shartnomasi bajarilgunga qadar yuzaga kelgan asos bo‘yicha tovarni olib qo‘yish to‘g‘risida sotib oluvchiga da’vo qilsa, sotib oluvchi sotuvchini ishda qatnashishga jalb qilishi, sotuvchi esa bu ishda sotib oluvchi tomonida qatnashishi shart. Undan tashqari, yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi nazarda tutilgan Fuqarolik kodeksining 989-moddasiga muvofiq yuridik shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda uning o‘z xodimi javobgar tomonida turib ishtirok etuvchi uchinchi shaxs sifatida e’tirof etiladi.
Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadilar va ularning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmalariga oladilar. Biroq da’vogar bildirgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablari miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli emas. Boshqacha qilib aytganda, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar FPKning 40-moddasida ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanadilar. Nizo predmetiga mustaqil da’vo qilmaydigan uchinchi shaxslar nizoli moddiy huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lmaganligi sababli ularga qarshi da’vo qilinmaydi hamda ular ham qarshi da’vo taqdim eta olmaydi.
Agar mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi to‘g‘risida arz qilingan talablarni tan olsa, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishga haqli. Xuddi shunday hollarda, da’vogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi (FPKning 49-moddasi uchinchi qismi).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish