Ishda ishtirok etuvchi shaxslar deganda kimlar nazarda tutiladi?
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday protsessual huquq va majburiyatlari mavjud?
Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar deganda kimlar nazarda tutiladi?
Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxs larning qanday protsessual huquq va majburiyatlari mavjud?
Fuqarolik protsessida taraflar sifatida kimlar e’tirof etiladi va ularga ta’rif bering?
Taraflarning qanday protsessual huquq va majburiyatlari bor?
Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar deganda kimlar tushuniladi va ularning qanday turlari mavjud?
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar kimlar va ularning ishga kirishish asoslari haqida gapiring?
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning qanday protsessual huquq va majburiyatlari bor?
Uchinchi shaxslarning umumiy jihatlari va o‘zaro farqlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etish asoslari nimalardan iborat?
Prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etish shakllari haqida gapiring.
Prokurorning fuqarolik protsessida qanday huquq va majburiyatlari mavjud?
Fuqarolik protsessida boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning ishtirokining ahamiyati nimada?
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etish asoslari haqida gapiring.
Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiluvchi davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning fuqarolik protsessida ishtirok etishning qanday shakllari mavjud?
Sudda vakillik qilishning turlarini ayting.
Qonuniy vakillarning sudda ishtirok etishining o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
Sudda shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikning o‘ziga xos jihatlari haqida gapiring.
Suddagi vakilning vakolatlari hajmi va uni rasmiylashtirish tartibi haqida gapiring.
Kimlar sudda vakil bo‘la olmaydilar?
1-kazus Boliyev ish haqini undirish to‘g‘risida “Uchqun” korxonasiga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilgan.
Birinchi instansiya sudi 15 yoshda bo‘lgan Boliyevning voyaga yetmaganligini asos qilib arizani qaytarish haqida ajrim chiqargan.