Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash



Download 1,29 Mb.
bet183/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.11. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
to‘g‘risidagi ishlar

Fuqarolik protsessual institut sifatida yo‘qolgan sud ishini tiklash fuqarolik protsessida ishtirok etuvchi shaxslarga o‘zlarining buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan sud ishi bo‘yicha yo‘qotilgan protsessual hujjatlarni tiklash imkonini beradi. Yo‘qolgan sud ishini tiklash fuqarolik ishini qayta ko‘rishni maqsad qilmaydi, balki avval sudda mazmunan ko‘rilgan ish bo‘yicha chiqarilgan hujjatlarni tiklashni nazarda tutadi.


Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlar FPKning 37-bobining 340 – 345-moddalarida bayon etilgan. Unga ko‘ra, yo‘qolgan sud ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga binoan, shuningdek sudning tashabbusiga ko‘ra tiklanishi mumkin. Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart.
Mazkur ishning o‘ziga xos xususiyati arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod etiladi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqqan sudga beriladi va bu arizada ishga doir batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, basharti ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham, arizaga ilova qilinadi.
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishda ishning saqlanib qolgan qismlaridan, sud ishini yuritish yo‘qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. Sud protsessual harakatlarni bajarish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, zarur hollarda esa, yo‘qolgan sud ishini ko‘rib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
Sudning yo‘qolgan hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni tiklash haqidagi hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida tekshirilgan qanday aniq ma’lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi hal kiluv
qarorining asoslantiruvchi qismida, shuningdek qanday dalillar sud tomonidan tekshirilganligi va yo‘qolgan sud ishini yuritish bo‘yicha qanday protsessual harakatlar sodir etilganligi isbotlanganligi haqidagi sudning xulosalari ko‘rsatiladi. To‘plangan materiallar yo‘qolgan sud ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib, ish yuritishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim etishga haqli.
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish