Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar



Download 1,29 Mb.
bet179/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.6. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar

Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar tibbiy yordam ko‘rsatishning bir turi hisoblanadi. Bu huquqiy munosabatlar subyektlar o‘rtasida ixtiyoriy va majburan davolanish jarayonida vujudga kelib, inson sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat bir xil usul va vositalar asosida amalga oshiriladi. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlarni sud tartibida ko‘rilishi turli xil huquqbuzarliklarni oldini oladi.


Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish tartibi va xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining FPKning 32-bobida belgilangan. Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlari mavjud.
Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza sudga shaxs yotgan psixiatriya muassasasi tomonidan beriladi. Mazkur ariza fuqarolik ishlarining sudlovlilik qoidalaridan kelib chiqib, psixiatriya muassasasi joylashgan yerdagi sudga beriladi. Ariza FPKning 189-moddasi talablaridan kelib chiqib, rasmiylashtiriladi va unda g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar hamda shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin bo‘lishi zarurligi to‘g‘risidagi asoslantirilgan xulosasi arizaga ilova qilinadi.
Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida bo‘lib turishi masalasini hal etadi.
Mazkur ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlash vaqtida sud FPKning 201, 204-moddalarida ko‘rsatilgan protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim. Xususan, huquqiy munosabatni tartibga solib turuvchi qonunni, ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashi kerak. Mazkur ishlar sudda FPKning 318-moddasiga muvofiq shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sud tomonidan statsionarga yotqizilayotgan shaxsning qonuniy vakili va statsionarga yotqizishning asosliligi to‘g‘risida xulosa bergan komissiya tarkibidagi shifokor psixiatr, prokuror, shuningdek shaxs yotgan psixiatriya muassasasi vakili ishtirokida o‘n kunlik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisiga psixiatriya muassasasi vakilining uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud uning kelishini shart deb topishi mumkin.
Mazkur toifadagi ishlarda prokuror ishtiroki majburiydir.
Ushbu ishlar sudda ko‘rib chiqilganidan so‘ng hal qiluv qarori chiqaradi. Sudning arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.


16.7. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlar

Shaxsni sil kasalligiga karshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rish tartibi FPKning 33-bobi 320-323-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga gayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda ko‘rib chiqiladi (FPKning 320-moddasi).


Sil kasalligining yukumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga gayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni gayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi.
Sil kasalligining yukumli shakliga chalingan shaxsning sil
kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida gayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning davolanishda bo‘lgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi (FPKning 321-moddasi).
Shaxsni sil kasalligiga karshi kurash muassasasining
ixtisoslashtirilgan bo‘limiga gayriixtiyoriy tartibda yotqizish
to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish
haqidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga karshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga gayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqida ariza berilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda sud tomonidan mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili – tibbiy komissiyasi a’zosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining – tibbiy
komissiyasi a’zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga ko‘ra kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin (FPKning 322-moddasi).
Sudning arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos bo‘ladi (FPKning 323-moddasi).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish