Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari va uning o‘ziga xos jihatlari



Download 1,29 Mb.
bet187/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

17.2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari va uning o‘ziga xos jihatlari


Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar jumlasiga:

  1. hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish
    to‘g‘risidagi;

  2. hakamlik sudlarining hal kiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar kiradi.

Sudlar FPKning 346-moddasida sanab o‘tilgan ishlarni FPKning 38-40-boblarida ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin. Hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan nizo bo‘yicha ish yuritish tugallanguniga qadar to‘xtatib turadi (FPKning 349-moddasi).
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning joylashgan yeri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin (FPKning 350-moddasi).


Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish