Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi



Download 1,29 Mb.
bet182/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

16.10. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi
ishlar
Alohida tartibda ko‘riladigan ishlarning bir turi sifatida taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda, ular bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar o‘zining sudda ko‘rib chiqilishidagi xususiyatlari bilan boshqa ishlardan ajralib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi FPKning 331-moddasiga ko‘ra, shaxs pul mablag‘lari qo‘yilganligi haqida yoki qimmatli narsalar
yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi
to‘g‘risida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yo‘qotgan taqdirda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yo‘qolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yo‘qolgan hujjat bo‘yicha huquqlarini tiklash to‘g‘risida iltimos qilishi mumkin.
Mazkur ishlar bo‘yicha arizalar taqdim etuvchiga deb hujjat bepgan muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi. Ushbu ariza ham FPKning 189-moddasida ko‘rsatilgan umumiy talablarga javob berishi, undan tashqari FPKning 331-moddasida belgilangan ma’lumotlar, ya’ni hujjat qanday vaziyatda yo‘qolganligi, taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning, hujjatning nomi ko‘rsatilgan bo‘lishi, hujjatning alohida belgilari va yo‘qolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi iltimos bayon qilinishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash haqidagi arizalarning sudlar tomonidan ko‘rilishi to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandida ko‘rsatilishicha, FPKning 331-moddasida ko‘rsatilgan yo‘qotilgan hujjatning alohida belgilari deb – hisob soni, nazorat varaqasi (talon)ning soni, omonat qo‘yilgan kun, omonat bo‘yicha operatsiya amalga oshirilgan kuni, omonatning miqdori yoki qolgan qismi, obligatsiya raqamlari, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi.

Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqlarni tiklash haqidagi ariza sud tomonidan qabul qilinganidan keyin, sudya FPKning 332-moddasida nazarda tutilgan quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirish haqida ajrim chiqaradi:
1) ariza beruvchining hisobidan ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqarish to‘g‘risida;
2) taqdim etuvchiga deb hujjat bergan muassasaning yo‘qolgan hujjat bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishini va pul berishini ish sudda ko‘rilguniga qadar taqiqlash haqida ajrim chiqaradi.
Sud ajrimining ko‘chirma nusxasi hujjatni bergan muassasaga yuboriladi. Ajrim chiqarish rad etilganligi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, matbuotda chiqariladigan e’lonning maz­munida FPK­ning 333-moddasida nazarda tutilgan qoidalar o‘z aksini topishi kerak. Ular quyidagilar:

  1. hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza tushgan sudning nomi;

  2. arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;

  3. hujjatning nomi va farqlovchi belgilari;

  4. yo‘qolganligi to‘g‘risida ariza berilgan hujjatni saqlovchiga ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqqan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida o‘zining mazkur hujjatga bo‘lgan huquqlari haqida sudga arz qilishi to‘g‘risidagi taklif.

Mazkur e’lon chiqqan kundan e’tiboran uch oy muddat o‘tguniga qadap hujjatni saqlovchi, ya’ni hujjatni topib olgan shaxs ajpim chiqapgan sudga o‘zining hujjatga bo‘lgan huquqlapi to‘g‘pisida apiza bepishi va shu bilan birga hujjatning asl nusxasini taqdim etishi shart. Hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risida e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oylik muddat o‘tguniga qadar sudga hujjatni saqlov-chidan ariza tushgan taqdirda, sudya ajrim chiqarib, unda hujjati yo‘qolganligi haqida ariza bergan shaxsga hujjatni olib qo‘yish to‘g‘risida hujjatni saqlovchiga nisbatan umumiy tartibda da’vo takdim etish uchun muddat beradi va bu haqda hujjatni saqlovchini xabardor qiladi. Bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak (FPKning 335-moddasi).
Agap e’londa ko‘psatilgan muddat ichida hujjatni saqlovchidan apiza tushmasa, sud ishni ko‘pishga tayinlaydi va ish ko‘piladigan kun to‘g‘pisida apizachi ham, hujjatni bepgan muassasa ham xabapdop qilinadi. Biroq, ulapning kelmasligi ishni ko‘pishga to‘sqinlik qilmaydi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish