1-kazus
A. ishga tiklash, majburiy progul uchun ish haqi undirish va ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Sudda ishning ko‘rilishi davomida da’vogar A. o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zararni asoslovchi dalillar keltirib, tegishli tushuntirishlar bergan bo‘lsada, lekin bu xususda sudning hal qiluv qarorida hech narsa ko‘rsatilmagan.
Savol: 1. Sud tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganmi?
2. Ushbu masala qanday hal bo‘lishi lozim?
2-kazus
T. uy-joydan ko‘chirish haqida M. ga nisbatan sudga da’vo bilan murojaat qilgan. M. esa qarshi da’vo takdim etib, oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra T. ning da’vosi rad etilib, M. ning qarshi da’vosi qanoatlantirilgan.
Sud adliya boshqarmasiga oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirgan notariusga nisbatan tegishli chora ko‘rish haqida xususiy ajrim chiqargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |