Sirtdan ish yuritishning shartlari (asoslari) quyidagicha tasniflanadi:
Birinchidan, sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmasa;
Ikkinchidan, javobgar tegishli tartibda xabardor qilinganligi haqida ishda ma’lumot mavjud bo‘lsa;
Uchinchidan, ishni sirtdan javobgarsiz ko‘rishga da’vogar e’tiroz bildirmasa;
To‘rtinchidan, tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga takroran kelmasa, sud da’vogarning fikridan qat’i nazar,
Beshinchidan, ishni sirtdan ko‘rish haqida sud ajrim chiqarsa, ishni sirtdan ish yuritish tartibida ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |