Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Buyruq tartibida ish yuritishni qo‘zg‘atish



Download 1,29 Mb.
bet139/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

12.3. Buyruq tartibida ish yuritishni qo‘zg‘atish
tartibi va asoslari

Sudda buyruq tartibida ish yuritish quyidagi to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi:







Ish yuritishni qo‘zg‘atish buyruq tartibida ish yuritishning dastlabki bosqichi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur bosqichda, avvalo, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini belgilab olish lozim.
Undiruvchi ish qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘ladi. Shu o‘rinda undiruvchi tomonida bir necha shaxslar ishtirok etishi ham mumkin. Masalan, agar bir necha shaxslar qarzdor bilan bir turdagi moddiy huquqiy munosabatda bo‘lsalar, ular birgalikda sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Ta’kidlash joizki, qarzdorlar tomonidan ham sherik ishtirokchilikka yo‘l qo‘yiladi.
Fuqarolik protsessual qonunchilik undiruvchi nomidan uning manfaatlarini himoya qilib vakilning ishtirok etishini istisno etmaydi. Xususan, voyaga yetmagan farzandlar uchun ularning qonuniy vakillari aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, farzandning manfaatlarini ko‘zlab prokuror, vasiylik va homiylik organlari ham aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini chiqarish yuzasidan sudga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Sud buyrug‘ini chiqarish bo‘yicha boshqa talablar bilan tegishli davlat organlari ham sudga murojaat qilishlari mumkin.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar FPKning 33-moddasiga ko‘ra, sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi. Unga ko‘ra, arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi.
Shuningdek, protsessual qonunchilik sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalar uchun da’vogarning tanlashi bo‘yicha sudlovlik qoidalarini ham belgilaydi. Xususan, aliment undirish haqidagi talab bilan arz qilinganda, arizalar FPKning 34-moddasiga ko‘ra, yashash joyi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan da’volar uning
mol-mulki turgan joydagi yoki uning ma’lum bo‘lgan so‘nggi yashagan
joyidagi sudga taqdim etilishi mumkin.



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorida tushuntirish berilishicha, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab FPKda belgilangan sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin.

Sud buyrug‘i qonunda belgilangan tartibda, shuningdek aniq ro‘yxatda ko‘rsatilgan talablar asosida amalga oshiriladi. Bitimlarning yozma, notarial tartibda tasdiqlangan bitimlarga asoslanganligining ahamiyati shundan iboratki, bitimning bunday shakllari undiruvchi va qarzdor o‘rtasida mavjud bo‘lgan moddiy huquqiy munosabatlarni to‘liq namoyon qilib, ularni ruyobga chiqarishga imkon beradi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida beriladi.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizada talablar bayon qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish bilan kifoyalanadi. Lekin shunday bo‘lsa-da, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizalarning mazmuniga alohida e’tibor berish lozim. Unda ariza berilayotgan sudning nomi, undiruvchi va qarzdor shaxsning aniq manzili, joylashgan joyi va agar ulardan biri yuridik shaxs bo‘lsa, uning rekvizitlari, undiruvchining talabi va talabga asos bo‘lgan holatlar, arz qilingan talabni tasdiqlovchi va ilova etilayotgan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilishi lozim. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada, shuningdek undiruvchi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin. Agar undiruvchi tomonidan ko‘char mol-mulk talab qilinayotgan bo‘lsa, arizada ushbu mol-mulkning qiymati ham ko‘rsatilishi talab etiladi.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi lozim. Buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanli-gidan kelib chiqib, sudlar arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno (Plenum qarorining 3-bandi).
Agar ariza FPKning 172-moddasi talablariga javob bermasa yoki davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilib, o‘z ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini to‘lash uchun ko‘pi bilan uch kun muhlat berishi mumkin. Undiruvchi belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kundan qabul qilingan hisoblanadi. Aks holda, sudya qonun talabiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Sudlar sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslarini sud buyrug‘i chiqarishni rad etish asoslaridan farqlay bilish kerak. Chunki, FPKning 175-moddasida ko‘rsatilgan sudya sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni FPKning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar:

  1. arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171 -moddasida nazarda
    tutilmagan bo‘lsa;

  2. qarzdor O‘zbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda bo‘lsa;

  3. huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa.

Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab
bo‘yicha da’vo ishini yuritish tartibida da’vo takdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar undiruvchi sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq, u belgila-gan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, sudya FPKning 175-moddasiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Fuqarolik protsessual qonun talablariga javob bergan holda sudga taqdim etilgan buyruq chiqarish to‘g‘risidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish