Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud



Download 1,34 Mb.
bet96/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishining quyidagi xususiyatlari mavjud:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududiy tuzilishi yaxlit birlikni tashkil qiladi;

  • O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi;

  • davlat hokimiyati organlari tizimi O‘zbekiston hududida yagonadir;

  • O‘zbekistonda tashqi siyosatni O‘zbekiston xalqining manfaatini ko‘zlab va uning nomidan faqat u saylab qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti amalga oshiradi;

  • O‘zbekistonda moliya, soliq, bojxona tuzilishi va qurolli kuchlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlar organlari markazlashtirilgan holda tashkil etilgan;

  • O‘zbekiston hududida yagona fuqarolik joriy qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining boshqaruv shakli. O‘zbekistonning respublika shaklidagi davlat ekanligi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zining teran ifodasini topgan. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik respublika ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, 11-moddada O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi, 76-moddada O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishi hamda ikki palatadan, ya'ni Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iboratligi mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘i hisoblanib, u davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasining Hukumati ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organ va tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish