Demokratik rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos:
iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi;
davlat hokimiyati faoliyatiga xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi;
jamiyat hayotiga oid bo‘lgan eng muhim masalalar yuzasidan qarorlarning ko‘pchilik tomonidan ozchilikning manfaatlari maksimal darajada e'tiborga olingan holda qabul qilinishi;
shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi;
shaxsning qonunsizlik va hokimiyatning har xil suiiste'mol qilishliklaridan himoyalanganligi;
oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuradan xoli ekanligi;
barcha davlat organlari faoliyatining qonuniylik tamoyiliga asoslanishi;
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |