5.6. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
SHAKLINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakli bo‘yicha unitar respublikadir. Shu bilan birga, O‘zbekiston davlat tuzilishda federalizmning ayrim xususiyatlari ham mavjud. Chunki uning tarkibiga ma'muriy-hududiy birliklar, shuningdek suveren davlat huquqiga ega bo‘lgan milliy-hududiy tuzilma bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-bobi Qoraqalpog‘iston Respublikasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini belgilab bergan.
O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy jihatdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |