Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Davlat – hokimiy vakolatning mazmuni quyidagilarda ifodalanadi



Download 1,34 Mb.
bet103/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

Davlat – hokimiy vakolatning mazmuni quyidagilarda ifodalanadi:
davlat organining tashkil etilishi va faoliyati tartibi, uning ichki tuzilmasi, huquq va majburiyatlar yig‘indisi, ya'ni kompetensiyasi huquq normalari orqali mustahkamlangan;
davlat organi umumiy qoidalarni va individual ko‘rsatmalarni ifodalaydigan yuridik aktlar chiqarish huquqiga ega;
yuridik aktlar orqali o‘rnatilgan qoidalar, asosan, ishontirish, tarbiyalash, rag‘batlantirish choralari orqali ta'minlanadi, va ular ayni paytda davlatning majburlov kuchini qo‘llash imkoniyatini buzishdan qo‘riqlanadi;
davlat organi o‘zi chiqargan qarorlarning bajarilishini ta'minlash uchun davlat byudjetidan ma'lum hajmda moliyalashtiriladi. Demak, davlat organining eng muhim belgisi – bu uning davlat-hokimiy vakolatga ega ekanligidir.
Davlat organi muayyan iqtisodiy, tashkiliy alohidalik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Har bir davlat organi o‘z kompetensiyasiga muvofiq tarzda yuklatilgan funksiya va vazifalarni ado etadi, shu tariqa bevosita davlatning ham vazifa va funksiyalari amalga oshiriladi. Chunki, davlat o‘z organlari orqali vazifalarini amalga oshiradi. Masalan, Mudofaa vazirligi o‘zining oldida turgan vazifalarini to‘la ado etsa, demakki davlatning mudofaa funksiyasi ham samarali amalga oshishi ta'minlanadi.
Davlat organining jismoniy ifodasi bo‘lib, unda ishlaydigan insonlar hisoblanadi. Davlat organi alohida shaxsdan, bir guruh odamlardan yoki jamoadan iborat bo‘lishi mumkin. Biroq davlat organida ishlaydigan shaxslar davlat xizmatchilaridir. Davlat xizmatchilari – bu ushbu davlatning fuqarolari bo‘lgan, tegishli qonunda belgilangan tartibga muvofiq, belgilangan haq evaziga davlat xizmati majburiyatini bajarayotgan shaxslardir. Shunday qilib, davlat organi bu – davlat mexanizmining yuridik jihatdan rasmiylashgan, davlat-huquqiy vakolatlarga ega bo‘lgan va davlat xizmatchilaridan tashkil topgan, davlatning muayyan vazifa va funksiyalarini o‘z vakolati doirasida amalga oshirish uchun tegishli vositalarga ega bo‘lgan hamda tashkiliy va xo‘jalik jihatidan alohida bo‘lgan qismidir.
Davlat organlari, davlat faoliyatining ko‘p qirraligiga bog‘liq xolda turlicha va ko‘p sonli bo‘lib shakllangan. Shu bois ham, davlat organlari turlicha asos va mezonlar bo‘yicha turli guruhlarga ajraladi.

Davlat organlari tashkil etilish tartibiga qarab, birlamchi va hosila, ya'ni ikkilamchi organlarga ajraladi.


Birlamchi davlat organlari deb shunday davlat organlariga aytiladiki, ular boshqa bironta organ tomonidan tashkil etilmaydi, ular yo meros qoldirish tartibi bo‘yicha yoki belgilangan tartibga ko‘ra saylab qo‘yiladi va o‘z vakolatlarini bevosita saylovchilardan olishadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi umumxalq saylovi natijasida saylab qo‘yiladi yoki masalan, merosiy monarxiya. Hosila, ya'ni ikkilamchi turiga shunday organlar kiradiki, ular birlamchi organlar tomonidan shakllantiriladi. Ular sirasiga xukumat, vazirliklar va hokimliklarni kiritish mumkin.


Davlat organlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan hokimiy vakolatlar hajmiga va ushbu vakolatlar amal qiladigan hududga qarab, markaziy va mahalliy organlarga bo‘linadi. Davlatning markaziy organlari o‘z faoliyatida bevosita davlat hokimiyatini ifoda etishadi va bunda hokimiyatini butun mamlakat miqyosida amalga oshiradi, mahalliy organlar esa tegishlicha ma'muriy hududiy bo‘linmalarda tashkil etilib, o‘z faoliyatlarini o‘sha mahalliy hududda olib boradi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish