6.2. DAVLAT ORGANLARINING TURLARI: MARKAZIY VA MAHALLIY ORGANLAR
Davlat organi bu davlat mexanizmining bir bo‘g‘ini bo‘lib, u muayyan xususiyatlarga ega.
D
Davlat organi – bu davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshiradigan davlat apparatining tarkibiy bo‘g‘inidir.
avlat apparatining tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat organi davlat – hokimiy vakolatlarga egadir, ya'ni amaldagi qonunchilikda mustahkamlangan davlat hokimiyatini amalga oshirish, davlat nomidan yuridik ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish va bu qarorlarning bajarilishini ta'minlash imkoniyatiga ega. Davlat organini jamiyatdagi boshqa tashkilot va tuzilmalardan asosiy farq qiluvchi jihati bo‘lib, uning davlat – hokimiy xarakterdagi vakolatlarga ega ekanligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |