Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


HOKIMIYATLAR BO‘LINISHI – DAVLAT HOKIMIYATINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY SHAKLI SIFATIDA



Download 1,34 Mb.
bet105/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

6.3. HOKIMIYATLAR BO‘LINISHI – DAVLAT HOKIMIYATINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY SHAKLI SIFATIDA

O‘zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida o‘zining konstitutsiyaviy ifodasini topgan bo‘lib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan.


Hokimiyatlar bo‘linishi o‘z manbasiga ko‘ra yaxlit va yagona bo‘lgan davlat hokimiyatining uch tarmoqqa – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishini, har bir hokimiyat tarmog‘i boshqalarga nisbatan mustaqil holda faoliyat yurgizishini taqozo etadi. Ayni paytda, hokimiyatlar bo‘linishi, har bir hokimiyat tarmog‘i boshqasining o‘z vakolat doirasidan chiqmasligini, boshqa tarmoq vakolati doirasiga o‘tib ketmasligini nazorat qilib turadi, shu tariqa, hokimiyatning suiiste'mol qilinishini oldi olinadi.
Hokimiyatlar bo‘linishi chinakam bo‘lishi uchun, unda “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlab turish” tizimi amal qilishi kerak. Bu tizim nafaqat hokimiyatlar bo‘linishini, balki ularning bir-birini o‘zaro tiyib turishini va bir-birining faoliyat doirasiga daxl qilmasligini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi shunda ko‘rinadiki, mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi; ijro hokimiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi; Sud hokimiyati – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshchilik qiladigan tegishli sudlar tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Hokimiyat tarmoqlarining o‘zaro bir-birini tiyib turishiga Konstitutsiyaviy Sud tomonidan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga mosligini tekshirish vakolatini ko‘rsatish mumkin (konstitutsiyaviy nazorat). Sud hokimiyatining tizimiga kiradigan ushbu sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiya asosida, uning doirasidan chiqmagan holda hujjatlar qabul qilinishini tekshiradi, va shu tariqa, bu hokimiyatlarni “tiyib“ turadi.
Aytish joizki, umuman, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, va uning haqiqiyligini ta'minlovchi “bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash” mexanizmining real amal qilishi, olimlar ta'kidlaganidek, juda ko‘p siyosiy, iqtisodiy, madaniy, tashkiliy omillarga bog‘liq, biroq bir holat aniqki, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi demokratiyaning ajralmas bir jihati, uning huquqiy shaklidir, zero, qaerda haqiqiy demokratiya mavjud bo‘lsa, o‘sha joyda chinakam hokimiyatlar bo‘linishi mavjud bo‘ladi.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish