16.4. YURIDIK JAVOBGARLIK TUSHUNCHASI, BELGISI, TURLARI
Yuridik javobgarlik – bu huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko‘zda tutilgan sanktsiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo‘llashdir. Bu choralar shaxsiy (ozodlikdan mahrum etish), mulkiy (jarima), tashkiliy (muayyan huquqdan mahrum etish, ishdan bo‘shatish) xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Yuridik javobgarlik huquqbuzarlikning turlariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, ma'muriy-huquqiy, intizomiy-huquqiy.
Jinoiy va fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgilash sud tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |