Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Yuridik javobgarlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi



Download 1,34 Mb.
bet233/265
Sana11.02.2022
Hajmi1,34 Mb.
#442393
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   265
Bog'liq
№9. Davlat va huquq nazaruyasi va tarixi

Yuridik javobgarlik quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog‘liq;

  • yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog‘liq;

  • yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (ozodlikdan, ota-onalikdan mahrum bo‘lish yoki sodir etilgan qilmishi uchun jarima to‘lash va boshqalar);

  • huquq normalarining sanksiyasida o‘rnatiladi.

16.5. YURIDIK JAVOBGARLIKNI ISTISNO QILUVCHI HOLATLAR


Yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar tegishli soha qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan bo‘lib uning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi rasmiy vazifani bajarish; muomalaga layoqatsizlik va boshqalar.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi”deb nomlangan 35-moddasida mustahkamlanganidek,“Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi”. Ushbu normada ko‘rsatilganidek, “Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi”.1


Zaruriy mudofaa mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini g‘ayrihuquqiy tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yo‘li bilan himoya qilish hisoblanadi. Sodir etilgan harakatlar zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.
Zaruriy mudofaa huquqi fuqarolarning davlat va jamoat manfaatlariga, fuqarolarga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga har qanday tajovuzlardan himoya qilishga oid normalarni ro‘yobga chiqarishning muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi. Zaruriy mudofaa holatida yetkazilgan zarar, agar bunda mudofaa chegarasidan chiqilmagan bo‘lsa, qoplanmaydi.
Agar g‘ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanish paytida himoyalanuvchi uchinchi shaxsga zarar yetkazgan bo‘lsa, bu zarar tajovuz qilgan shaxs tomonidan qoplanishi lozim.
Oxirgi zarurat nuqtai nazaridan harakat yoki harakatsizlikni huquqbuzarlik deb baholashda uning chegarasidan chetga chiqmaslik muhim jihat hisoblanadi. Ya'ni keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketmasligi kerak. Shuningdek, boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lmasligi kerak. Faqat shundagina oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmish huquqbuzarlik deb topilmaydi.
Muomalaga layoqatsizlik ham yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar sifatida e'tirof etilib, u jismoniy shaxsning yoshi yoki ruhiy holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini to‘liq amalga oshira olmaslik, o‘z zimmasiga majburiyatlar olish qobiliyatiga ega emasligida namoyon bo‘ladi. Jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi masalasiga faqat sud tomonidan huquqiy baho beriladi.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   265




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish