Zbekiston respublikasi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-BOB:O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana23.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#506270
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning musiqiy nazariy savodxonligini takomillashtirish

3-BOB:O’quvchilarni musiqa asarlarini tinglash va tahlil 
qilishga o’rgatishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat 
samaradorligi 
3.1 Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish bo’yicha 
tajriba-sinov ishlarining tashkiliy-uslubiy xususiyatlari. 
 
Umumiy urta ta’lim matablardagi «Musiqa madaniyati» darslarida olib 
boriladigan 
barcha 
o’quv 
faoliyatlari 
jarayonidagi 
o’quvchilarni 
umummusiqiy va musiqiy-nazariy savodxonligini tarkib toptirishga 
yo’naltirilgan pedagogik maksad va vazifalarni amalga oshirishda asarlarni 
tahlil qilish muxim rol o`ynaydi. Bu o’z navbatida musiqiy-estetik 
tarbiyaning ham bosh maksadi xisoblanadi.
Tinglanayotgan, o’rganilayotgan musiqa asarlarini tulakonli idrok etish 
uchun eng avvalo, usha asar haqidagi nazariy va badiiy ma’lumotlardan 
ma’lum darajada xabardor bo’lish kerak. Asar haqidagi tulakonli tasavvur 
qilish esa asarni musiqiy-badiiy asar sifatidagi shakli, janri, harakteri, 
g’oyaviy-badiiy mazmuni, ijrochilik xususiyatlari, kim uchun yozilganligi
ifodaviy vositalari (o’lchovi, lad-tonalligi, tempi va hokazo) haqidagi bilim 
va tushunchalar orqali xosil qilinadi. 
Bizga ma’lumki musiqa asarlarini bilishda nisbatan qo’shiqlar 
anchagina qulaylik imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunga birinchi navbatda 
qo’shiqning she’riy matnining mazmuni asarni bilishda muxim o’rin to’tadi. 
Har bir qo’shiq o’z mavzusi, g’oyasiga ega bo’lib, qo’shiq matnini 
o’rganishda o’quvchi-yoshlar ana shu g’oya, fikr, mazmunini tushunib, 
anglab idrok etishlari asarning tushunib idrok etishining debochasi 
xisoblanadi. Asakr g’oyasi va unda ilgari surilgan fikrlar, estetik ta’sirchanlik 
vosita tinglovchi xissiyotiga, ruhiyatiga badiiy-chizikcha emosional va 
tarbiyaviy tasir etadi. Asar g’oyaviy-badiiy mazmunini ochishda o’qituvchi-
pedagokning har tomonlama amaliy va nazariy ma’lumotlarga sinchkovlik 


64 
bilan e’tibor berib, uni o’quvchilarga yetkazishga harakat qilishi xal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. 
Biz o’z tadqiqotimiz maksadini amalga oshirish yo’lida musiqa 
madaniyati darslarida musiqa asarlarini tahlil qili shorqali o’quvchilarni 
musiqiy-nazariy 
savodxonligini, 
shu 
orqali 
musiqa 
madaniyatini 
shakllantirish yuzasidan Samarkand shaxridagi bir nechta umumta’lim 
maktablarida musiqa mashg’ulotlarini, shu jarayonda o’qituvchilarning 
musiqaviy faoliyatlar negizida nazariy ma’lumotlar, xususan, asarlar tahliliga 
munosabatini va bu xolatning kay darajada tashkil etilishini kuzatdik. Shu 
narsa ma’lum bo’ldiki, biz kuzatgan deyarli barcha maktablardagi musiqa 
darslarida tinglangan, kuylash uchun tanlangan asarlarni o’rganish jarayonida 
ularni badiiy va nazariy tahliliga yetarli darajada e’tibor berilmaydi, qilingan 
tahliliy suxbatlar ham kerakli ma’lumotlarni to’liq kamrab olmasligi bilan 
ajralib turadi. Musiqa tinglash (kuyni tinglash) qo’shiq kuylash juda ham 
oddiy uslubda an’anaviy tarzda o’rgatiladi. Bunda xatto, eng zarur vokal-xor 
malakalariga ham e’tibor juda past darajadaligi achinarlidir. Masalan, qo’shiq 
so’zi yozdiriladi, ko’pletma-ko’plet o’rgatiladi, o’quvchilar o’qituvchiga jur 
bo’lib kuylashadi. Mana shunday uslubda dars boshidan oxirigacha davom 
etadi. Asar mualliflari, asarni janri, harakteri, o’lchovi, lad- tonalligi, 
fakturasi, soz, ansambllik, nafas, dirijerlik elementlari kabilarga ham yetarli 
e’tibor berilmaydi. Bu esa bevosita bizning tadqiqotimiz mavzusi bo’lgan 
asarlarni tahlil qilish ustidagi ishlarga ham o’qituvchining malakaviy 
tayyorgarligi yoki musiqa o’qitish metodikasini yaxshi bilmasligi sabab 
bo’lishi mumkin degan xulosaga kelishga olib keladi. Musiqa o’qituvchilari 
bilan olib borilgan suxbatlarimizda u haqikatdan shunday bo’lib chiqdi. 
Ya’ni, bir maktabda ishlayotgan o’qituvchi, san’at kollejini tugatgan u yaxshi 
cholg`uchi, lekin, xor bilan ishlash, direjorlik, musiqa o’qitish metodikasidan 
yetarli tayyorgarlikka ega emas. 


65 
Yana shunday bir xolat biz kuzatgan maktablardan birida o’quvchilarga 
o’rgatish uchun tanlangan qo’shiq xozirgi o’zbek qo’shiqchilik san’atidagi 
mashhur xonandaga tegishli bo’lib, u sinf o’quvchilarining ovoz diapazon iva 
yosh xususiyatlariga to’g’ri kelmasligi ma’lum bo’ldi. Yana bir maktabda 
yuqori sinflar (5-6, 7 sinflar) musiqa darslarini kuzatganimizda shu narsa 
kuzga tashlandiki, o’qituvchining o’zi musiqa asbobida yaxshi chalolmaydi, 
ya’ni, jo’rnavozlik qilaolmaydi. Qo’shiq o’rgatishda o’quvchilarni vokal-xor 
imkoniyatlari xisobga olinmagan. Darsda faoliyat turlaridan o’rinli 
foydalanish, dastur talablari yuzasidan mashg’ulotlarni to’g’ri tashkil 
etilishini ham konikarli deb bo’lmaydi. Maktabda o’qituvchining o’rni va 
mavkei asosan maktabda o’tadigan musiqiy, madaniy-ommaviy tadbirlarni 
kanday yo’l, usul va imkoniyatlardan foydalanib bo’lsa-da o’tkazib berish 
bilan baxolanadi. 
Mana shunday xolatda biz o’zimizning pedagogik amaliyotimiz davrida 
amaliyot o’tayotgan maktabda, o’zimizga berkitilgan sinflarda darslarni 
musiqa o’qitish metodikasi va dastur talablari mazmuni va mohiyatidan va 
tadqiqotimiz maksadini amalga oshirish vazifalaridan kelib chiqib tashkil 
qilishga kirishdik. Bunda birinchi navbatda o’z ishlarimizni anik maksadga 
qaratilgan taxminiy rejasini to’zib oldik va asosan quyidagilarga dikkatimizni 
qaratdik: 
1.O’quvchilarning musiqa ta’limi va tarbiyasi bo’yicha bilim, kunikma 
va malakalarini, musiqa asarlarini idrok etish, baxo berish, tavsiflash, tahlil 
qilish imkoniyatlarini o’rganish; 
2.O’quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqish va kuylash imkoniyatlariga 
mos repertuar tanlashga e’tibor qaratish; 
3. O’quvchilarni kuy, uning harakteri, to’zilishi, mazmuni, oxang to’zilmasi, 
qo’shiq janri, ijrochilik uslubi, g’oyaviy-badiiy mazmuni, ifodaviy vositalarini 
tushunish kunikma va malakalarini xisobga olish; 


66 
4. Musiqa savodidan kay darajada xabardorligi (asosiy nota belgilari, 
cho’zimlari, yozilishi, alterasiya, kaytarish belgilari, o’lchov, lad-tonalligi); 
5. Nota o’qish malakalari (varaqdan o’qish, solfedjiolash); 
6. Qo’shiq matnini tushunib, ma’no-mazmunini so’zlab bera olish; 
7. Kuyga tavsif berish, baxolay olish, o’z munosabatini bildira olishlari. 
Mana shu asosda sinf o’quvchilarining imkoniyatlarini o’rganish bilan 
ularga ta’kidlab o’tilgan xolatlar bo’yicha kerakli bilim va tushunchalarni berib 
bordim. Xaftasiga maktab ma’muriyati va o’quvchilar bilan kelishgan xolda 
kushimcha mashg’ulotlarni yo’lga kuydim. O’z ishimizda eng asosiy e’tiborni 
musiqa tinglash va qo’shiq kuylash faoliyatlarida nazariy bilimlarni amalda 
qo`llash, tushunib kuylash, asarlarni tahlil qilish bo’yicha o’quvchilar bilimlarini 
oshirishga qaratdik. Chunki, malakalar davomli mashg’ulotlar jarayonida 
shakllanishi o’z-o’zidan ravshandir. 
Dastlabki davrda ishimiz ancha murakkab psixologik va jismoniy mexnat 
qiyinchiligida kechdi. Ko’pgina o’quvchilarda charchoklik, zerikish va majburiylik 
xolatida mashg’ulotlarga katnashayotganligi o’ziga xos qiyinchiliklarni keltirib 
chiqardi. Shularni nazarda to’tgan xolda biz mashg’ulotlarda bir xillikdan 
kochishga, tanaffuslarda turli musiqa yozuvlaridan foydalanishga, o’quvchilarga 
erkinlik berib, kaysi san’at turiga qiziqishi va ishtiyoklarini surab, uni namoyon 
qilishlariga, savol-javob, munozara, rebus, blis-so’rov, test-so’rovlar o’tkazish 
yo’li bilan ularning faolligini kuchaytirishga harakat qilib bordik.
Bizning asosiy maksadimiz musiqa asarlarini tahlil qilish orqali 
o’quvchilarni musiqiy nazariy savodxonligini oshirishdan iborat bo’lganligi 
sababli, nazariy tushunchalarni, qoidalarni amaliyotda qo`llanish xolatlariga 
o’quvchilar dikkatini jalb qilishga e’tibor berdik. 
Musiqa asari, qo’shiqning mazmuni, g’oyasi, yaratilish tarixi, mualliflari 
haqidagi ma’lumotlar bilan ularni shu qo’shiqni badiiy ta’sirchan, ya’ni ifoda 
vositalariga ko’ra kuylashga ragbatini uygotishga kirishdik. Asar matnini ifodali 
o’qish, mazmunini gapirib berish, ifodalovchi vositalarini aytib berish bo’yicha 
o’quvchilarga navbat bilan topshiriklar berildi. 


67 
Kuylashda ligato, stakkato, non legato, kuylash, dirijerlik qilish
solfedjiolash, temp, dinamikaga rioya qilish, diksiya ravonligi, artikulyasiya, nafas 
olish, uni sarflashlarga o’quvchilar dikkati qaratib borildi. 
Eng muxim jixatlardan yana biri «musiqa asarlari tahlili»da asar «shakli»ga 
e’tibor qaratildi. 
Shu tarzdagi ma’lumotlarning 3-4-oylarida 4-5 ta maktab repertuariga xos 
asarlarni o’quvchilarga mustaqil xolda, maxsus daftarga tahlil qilib, yozib 
kelishlari suraldi. Mashg’ulotda esa o’zaro baxs-munozara, blis-so’rovlarga 
ko’proq urg’o’ berildi. Dastlabki paytda baxs-munozara, savol-javoblarda tortinib, 
o’z fikrini aytishga jur’at qilolmay yurgan bolalar, keyingi boskichlarda beixtiyor 
qizg’in xolatga kirishib to’g’ri javob berishga, javoblarini amaliy misollar 
(kuylash, musiqiy asar yozuviga karab ko’rsatish, tushuntirib berish) bilan 
ko’rsatib berishga intilishlari bizning amaliy tajribalarimizni bexuda 
ketmaganligini ko’rsatar edi. 
Amaliy tajribalar davomida biz shu narsaga ishonch xosil qildikki
o’quvchilar bilan shu tarzda ish olib borish kundan-kunga o’quvchilarni musiqa 
darslariga munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirib, ularni faollashtirib bordi. 
O’quvchilarni musiqa nazariyasiga oid bilimlari, uni idrok etish, 
tushunish,tasavvur etish, unga baxo berish kunikma va malakalarida ijobiy 
o’zgarishlar yuz bera boshladi. Shu tufayli bu ishlarni izchil davom ettirish, musiqa 
bo’yicha o’quvchilar bilim va malakalariga qo’yilgan minimal talablar darajasida 
ularni musiqiy madaniyatini shakllantirishda muxim omil bo’lishiga to’liq ishonch 
xosil qildik. 
Mazkur ishni bajarish davomidagi xulosalarimiz va erishilgan natijalarning 
tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, «Musiqa madaniyati» darslarida o’quvchilarni 
musiqiy-nazariy savodxonligini oshirish bilan ularning musiqiy madaniyatini 
shakllantirishda musiqa tarbiyasini tashkiliy-pedagogik va metodik jixatdan to’g’ri 
yo’lga qo’yilishi, mashg’ulotlarni qiziqarli va mazmunli o’tkazilishi, har bir darsga 
anik reja va maksad bilan yondoshish va unga imkon kadar to’liq erishishi, mavjud 


68 
muammolar yechimini doimiy ravishda topishga intilish albatta yaxshi natijalarga 
erishish mumkinligini tasdiqladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish