82
Yangi xulq-atvor kodeksi va qadriyatlar tizimini joriy qilish bir qator chora-
tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutadi:
- yangi qadriyatlar va etika normalarini xodimlarni tayyorlash va malakasini
oshirish dasturiga kiritish;
- xodimlarni yollashda asosiy e‟tiborni nomzodlarning yangi qadriyatlarga mos
kelishiga qaratish va talab qilinuvchi sifatga javob bermaydiganlarga rad javobini
berish;
- etika normalari va qadriyatlar tizimining mazmunini barcha xodimlarga
etkazish va ularni qabul qilish jarayonini tushuntirish;
-boshqaruvning barcha pog„onalarida, ijrochi direktordan tortib to quyi bo„g„in
menejerlarigacha, muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish;
- yangiliklarning ijrochi direktor tomonidan qo„llab-quvvatlanishi;
- yangi g„oyalarni og„zaki tarzda tarqatish.
Etik faoliyat qoidalariga va ma‟naviy axloqiy qadriyatlar asosida chuqur
o„rnashgan madaniyat - bu strategik muvaffaqiyatning muhim omilidir. Ko„pchilik
lavozimli shaxslarning ishonchi komilki, kompaniya o„z faoliyatiga jiddiy e‟tibor
berishi shart, aks holda kompaniyaning obro„ e‟tibori, pirovard natijalari xavf
ostida
qoladi. Etik va qadriyatlar dasturi yuqori madaniy-aќloqiy muhitni yaratish uchun va
etik xulq-atvorni me‟yorga aylantirish uchun zarur. Ma‟naviy qadriyatlar va etik
me‟yorlar kompaniya strategiyalariga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Kompaniya o„z qadriyatlarini va etik me‟yorlarini har xil yo„llar bilan belgilashi
mumkin. Boy an‟analarga va boy tarixga ega kompaniyalar qadriyatlarni va etik
me‟yorlarni singdirishda verbal muloqotga va an‟ana kuchiga tayanadilar. Zamonaviy
kompaniyalarning ko„pchiligi o„zining qadriyatlarini va etik kodekslarini yozma
hujjatlarda aks ettiradilar.
83
Quyida ushbu hujjatlardan namuna keltiriladi:
Qadriyatlar
Etik kodekslar
mijozlarning va ularga xizmat
ko„rsatishning muhimligi
tovar sifatiga e‟tibor qaratish
yangiliklarga e‟tibor berish
kompaniyaning har bir
xodimga nisbatan ќurmatini
va burchini anglash
odillikni, insoniylikni va etik
me‟yorlarni muhimligi
aksionerlar oldidagi burch
ta‟minotchilar oldidagi burch
kompaniyaning muhim
yo„nalishlari
atrof- muhit muhofazasi
muhimligi
insoniylik va qonunlarga amal
qilish
manfaatlar ixtilofi
marketingda va tovarni sotishda
haqqoniylik
ichki axborotdan foydalanish va
qimmatli qog„ozlarni sotish
ta‟minotchilar bilan
munosabatlar va sotib olish
tajribasi
buyurtmachilarga ega bo„lish
uchun to„lovlar tashqi bitimlarda
korrupsiya haqida qonunlar
boshqa shaxslar to„g„risida
axborotga ega bo„lish va undan
foydalanish.
siyosiy faoliyat
narx yaratilishi va
hisob ki-toblar
intelektual axborotni himoyalash
kompaniya aktivlaridan,
resurslaridan va mulkidan
foydalanish.
Qadriyatlarni va etik me‟yorlarni hayotga tatbiq etish bir qator harakatlarni
nazarda tutadi:
1)
xodimlarni o„qitish dasturiga qadriyatlarni va etik kodekslarni kiritish;
2)
ishga qabul qilishda nomzodlarni qadriyatlar va etik kodekslar talabi
nazaridan tanlash;
3)
qadriyat va etik kodekslarni targ„ibot va nazorat etishda kompaniya
prezidentidan tartib brigadirgacha qatnashishini ta‟minlash;
4)
targ„ibot jarayoniga shaxsan oliy rahbarni sidqidildan kirishishi;
5)
verbal targ„ibot.
Djonson va Djonson kompaniyasining etik kodekslari
Biz shifokorlar,
hamshiralar, bemorlar, onalar
va bizning mahsulotimizdan va xizmatimizdan
foydalanadiganlar oldida javobgarmiz.
Ularni talablarini qondira turib, hamma sohada
Biz faoliyat ko„rsatayotgan hudud
va jahon hamjamiyati oldida biz
javobgarmiz.
Biz
qonunparvar
grajdanlar
84
yuqori sifatni ta‟minlashimiz shart.
Ma‟qul keladigan narxlarni ta‟minlash uchun
past xarajatlarga
erishishimiz kerak
Xaridorlarning buyurtmalarini tez va aniq
bajarish lozim.
Bizning
ta‟minotchilarimiz
va
distribyuterlarimiz ma‟qul keladigan foydani
olishlari lozim
Biz
butun
dunyo
bo„yicha
faoliyat
ko„rsatayotgan xodimlarimiz oldida javobgarmiz.
Har bir insonga shaxs sifatida munosabatda
bo„lish lozim.
Har bir xodimni inson sifatida hurmat qilish va
uning xizmatlarini e‟tirof etish lozim
Xodimlar o„z ish joylari uchun xotirjam
bo„lishlari kerak.
Takdimlanish odilona va to„liq hajmda bo„lishi
mehnat muhiti esa ekologik va xavfsiz bœlmog„i
lozim
Xodimlar taklif va shikoyat qilishda erkin
bo„lishlari kerak.
Munosib xodimlar uchun bandlik, o„sish va
yuqori lavozimga
erishish imkoniyatlari teng
bo„lishi kerak.
Malakali
rahbarlikni
ta‟minlash
lozim,
rahbarlarning harakatlari esa odilona va etik
me‟yorlarga mos kelishi maqsadga muvofiq.
bo„lishimiz kerak, yaxshi niyatni,
insonparvarlikni
qo„llab-
quvvatlashimiz va soliqlarni odilona
to„lash burchimizdir.
Biz bilim olishni va sog„liqni
saqlashni
qo„llab-quvvatlashimiz
kerak.
Bizga ishonib topshirilgan mol
mulkni
asrashimiz
unga
yaxshi
munosabatda
bo„lishimiz,
atrof
muhitni va tabiat resurslarini himoya
qilishimiz kerak.
Biz
aksionerlarimiz
oldida
javobgarmiz.
Korxonalar
imkoniyatga
mos
keladigan foydani berishlari lozim.
Biz
yangi
g„oyalarni
sinab
ko„rishimiz kerak.
Ilmiy tadqiqotlarni o„tkazishimiz,
yangiliklarni tatbiq etish dasturini
yaratishimiz va xatolar uchun javob
berishimiz kerak.
Yangi texnologiyani joriy etish,
yangi mahsulotlarni
ishlab chiqarish
va yangi xonalarni jihozlash zarur.
Noqulay vaziyatlarda foydalanish
uchun zahiralar yaratish lozim.
Agar biz yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilsak, aksionerlarning har biri
investitsiya kapitaliga munosib manfaat oladi.
Etik kodekslar to„g„risida gapiradigan bo„lsak, xom ashyolarni sotib olish, sotish
va siyosiy manfaatlarni ko„zlaydigan bo„limlarga bog„liq vaziyatlarga alohida
e‟tiborni qaratish zarur. Ikki xil talqin qilinadigan vaziyatlarni aniqlashtiradigan va
tartibbuzarlikka
yo„l
qo„ymaydigan
etik me‟yorlarni yaratish faoliyatni
samaradorligini ta‟minlaydi.
Qadriyatlarga va etik me‟yorlarga amal qilish har bir tashkilotga va
kompaniyaga singib ketgan bo„lishi lozim. Ishga yollanmoqchi bo„lgan har bir
nomzodning fe‟l-atvorini, o„tmishini va qadriyatlar sistemasini jiddiy o„rganish, uni
kompaniya madaniyatiga qanday mos kelishini tahlil
etish strategiyani amalga
oshirishga xizmat qiladigan komandani yaratishni engillashtiradi. Umuman olganda,
85
qadriyatlarni singdirilishi va etik me‟yorlarning talab etilishi madaniyatni
shakllantirish bo„yicha uzluksiz faoliyatni ajralmas šismi sifatida qaralishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: