92
-bob. STRATEGIK YETAKCHILIKNI TA’MINLASH
5.1. Personal bilan maksimal muloqot asosida boshqarish
Strategiyaning qanday amalga oshirilayotganidan xabardor bo„lish uchun
menejerlarga formal va noformal axborot manbalari va keng muloqot tarmog„i zarur
bo„ladi. Oddiy axborot kanallari o„z ichiga quyidagilarni kiritadi: qo„l ostidagilar
bilan suhbatlar, hisobotlarni o„qish, so„nggi faoliyat natijalarini tahlil qilish, mijozlar
bilan aloqalar, raqobatchilarning xatti-harakatlarini kuzatish va birinchi qo„ldan
axborot olish maqsadida oddiy xodimlarning fikriga quloq solish. Biroq bu erda
ma‟lumotlarning ishonchliligi muammosi yuzaga keladi. Dokladlar yomon xabarlarni
yashirishi yoki ularni to„liq yoritib bermasligi mumkin. Ba‟zida qo„l ostidagilar vaqt
o„tishi bilan hammasi o„z iziga tushib ketadi
degan fikrda muammo va
muvaffaqiyatsizliklar haqida ma‟lumot berishni ortga surib keladilar. Shu sababli
strategiya bo„yicha menejerlar o„zlarini kutilmagan “sovg„a”lardan muhofaza qilishi
hamda aniq axborotlarga ega ekanligi va vaziyatni boshqarib turganligiga ishonch
hosil qilishi lozim. Bunga erishish usullaridan biri ba‟zi kompaniyalarda amalga
oshirilayotgani kabi turli lavozimni egallab turuvchilar bilan suhbatlashish
hisoblanadi. Bunday texnika xodimlar bilan maksimal
muloqot asosida boshqarish
(XBMMAB) deb ataladi va turli xil tarzda amalga oshiriladi:
- Hewlett-Packardda bu - har bir bo„linmada har kecha o„tkazib turiluvchi
pivoxo„rlik bo„lib, unga boshqaruvchilar ham, oddiy xodimlar ham tashrif buyuradi
va ularning muloqotga kirishishi uchun imkoniyat yaratiladi. Rahbariyat va
xizmatchilar o„rtasida ma‟lumot ayirboshlash erkin ravishda kechib,
bunga har
qanday tabaqadagi xodimni ismi bilan chaqirishni talab qiluvchi “NR yo„li” qisman
sababchi bo„ladi. Kompaniyaning asoschilaridan biri Bil Xyulett “o„zimizning odam”
hisoblanib, ko„pincha korxona bo„ylab sayr uyushtirish va ishchilar bilan
suhbatlashish maqsadida ofisidan chiqar, ishchilarni fikrini bilishga intilar va ularga
savollar bilan murojaat qilar edi. U buni shunchalik muhim hisoblaganki,
XBMMABni kompaniyaning barcha menejerlari uchun standart amaliyotga
aylantirgan. Keyinchalik turli xil bo„linmalarning kutilmaganda yuzaga keluvchi
93
yig„ilishlarida turli xil muammolarni hal qilishning
noformal qarorlari ishlab
chiqilgan.
XBMMAB - samarali liderlar tomonidan keng foydalniluvchi vositalardan
biridir.
- McDonald‟s kompaniyasi asoschisi Rey Krok muntazam ravishda savdo
nuqtalariga tashrif buyurgan va Sifat, Xizmat, Tozalik, Qiymatni shaxsan tekshiradi.
U haqida hikoya qilishlaricha, o„z magazini oldida ko„chada yotgan axlatni ko„rib
qolgach, u mashinasidan tushib axlatni o„z qo„li bilan olib tashlagan va xodimlarga
tozalik to„g„risida uzundan-uzoq ma‟ruza qilgan.
- Bir kichik kompaniyaning ijrochi direktori o„z vaqtining asosiy qismini fabrika
bo„ylab mashina sayr qilish, golf o„ynashga
sarflaydi, ishchilar bilan hazillashadi,
ularning fikriga quloq soladi va 2000 ta xizmatchining har birini vaqti-vaqti bilan o„z
oldiga chaqirib turadi. Bundan tashqari, u ko„p vaqtini jamoatchilik tashkilotlari bilan
o„tkazib, ularni uchrashuvlarga taklif qiladi va korxonada ro„y berayotgan barcha
hodisalar haqida gapirib beradi.
- Walt-Mart kompaniyasi rahbariyati menejerlar bilan amaliyotda katta tajribaga
ega. Kompaniya asoschisi Sem Uoltonning fikricha: “Muvaffaqiyatning kaliti bu
ofisdan chiqib magazinlardan biriga borish va u yerda nima haqida gapirayotganlarini
tinglashdir. Bizning eng yaxshi g„oyalarimiz oddiy klerklardan olingan”.
- Ed Karlson United Airlines kompaniyasining ijrochi direktori bo„lgach,
kompaniya xizmatchilari bilan suhbatlashish uchun yiliga 200 ming milgacha yo`lni
samolyotda bosib o„tgan. Uning qayd etishicha “Men istardimki, odamlar mening
kimligimni bilsin. Ular ishni yaxshiroq bajarish yo`lini ko„rib qolsa,
biron narsani
taklif qilish yoki bahslashish uchun o„zlarini yetarli darajada erkin sezishsin... Men
yyetarli ma‟lumotlarga ega bo„lganimda bo„linmalar rahbarlarini taklif qilar va ularga
hozirgina Oklend, Reno va Las-Vegasdan qaytib keldim va safar davomida
quyidagilarni aniqladim”.
- Marriott Corp. rompaniyasida Bil Mariott yiliga kamida bir marta
mehmonxonalari shaxsan tekshirib chiqishdan tashqari barcha mehmonlarni
kompaniya taqdim etuvchi mehmonxona xizmatlariga beruvchi baholarini yuborishga
94
chaqiradi. U mijozlarning barcha takliflari bilan shaxsan tanishib chiqar va kerakli
ma‟lumotlarni zudlik bilan mehmonxona boshqaruvchilariga etkazar edi. Ko„plab
kompnaiyalarning menejerlari noformal muloqotga katta e‟tibor qaratadilar. Ularning
fikriga ko„ra vaziyatni his qila olish va ma‟lumotlarga
osonlik bilan erisha olish
lozim. Menejerlar o„z ofislarida o„tirib olsa, atrofdagilardan ajralib qoladi hamda
tanqid va yangi fikrlardan yiroqda qolib ketadi. Ular ma‟lumotni ikkinchi va hatto
uchinchi qo„ldan, saralangan va kechikkan holda oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: