106
kompaniyaga murojjatlari, etikaga to„g„ri kelmaydigan xulq-atvorga salbiy
munosabati, jamoada qulay muhitni qo„llab-quvvatlash bo„yicha
xatti-harakatlari
bilan bu normalarga rioya qilishini namoyish etadi.
Yuqori axloqiy standartlari ularni rahbariyat tomonidan ochiq-oydin tan
olinmasdan joriy etilishi mumkin emas.
Ba‟zi bir menejerlar ularning maqsadi etika kodeksiga rioya qilinishini
kuzatishgina emas, balki qoidabuzarlarni jazolash ham ekanligini takrorlashdan
charchamaydi. Biroq asosiy maqsad baribir ma‟muriy
jazolar emas, balki
kompaniyaning ichki kelishuvlarini ta‟minlashdir. Ijrochi direktor o„z maqomiga
ko„ra tarbiya jarayonini boshqarsada, barcha menejerlar
shaxsiy javobgarlikka ega
bo„ladilar hamda xizmatchilar bilan etika masalalari bo„yicha aloqani ta‟minlaydilar,
ularni etika normalarini qo„llab-quvvatlash va ularga rioya qilishga undaydilar.
Tushunmovchiliklar aniqlanishi va ochiq muhokama qilinishi, shuningdek, har bir
holatda ro„y berishi mumkin bo„lgan qoidabuzarliklar o„rganilishi lozim. Joriy
ishni
etika normalarini hisobga olgan holda bajaruvchi kompaniyalar tajribasi shundan
dalolat beradiki, bu kompaniyalarda vaziyatni yaxshiroq tushunadi va kompaniya
manfaatlari yo„lida bor kuchini ayamay birgalikda kelishgan holda mehnat qiladi.
Quyida menejerlarning etika bo„yicha liderligini
amalga oshirishga yordam
beruvchi bir nechta maslahatlar keltirilgan. Birinchidan, ular o„z xulq-atvori bilan
namuna bo„lishi va umumiy an‟anasini yaratishi lozim. Kompaniya tomonidan qabul
qilinuvchi qarorlar etika nuqtai nazaridan ko„rib chiqilishi lohim - “amal so„zga
qaraganda kuchliroq gapiradi”. Ikkinchidan, menejer va
xizmatchilar nima etikaga
to„g„ri kelishi, nimalar esa to„g„ri kelmasligidan xabardor bo„lishlari kerak. Etika
masalalarini ko„taruvchi va muhokama qiluvchi har bir shaxsni rag„batlantirish
lozim. Uchinchidan, rahbariyat murakkab masalalr bo„yicha so„nggi hakam vazifasini
bajarishga tayyor turishi kerak. Bu xodimlar etika kodeksi qoidalarini buzgan
hollarda ularni egallab turgan lavozimlaridan chetlatish va ularning faoliyatini
cheklab qo„yishni anglatadi. Bunday vaziyatlarda tez va qat‟iy harakat qila olmaslik
real javobgarlikning yo„qligi sifatida qabul qilinadi.
107
Axloqiy standartlariga mos kelishni ta‟minlash bo„yicha yaxshi ishlab chiqilgan
dastur quyidagilardan iborat bo„lishi lozim:
chetdan kelgan direktorlardan tarkib topgan direktorlar
Kengashi kuzatuv
komissiyasini (muammolar komissiyasi) tuzish;
qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bo„yicha chora-tadbirlarni amalga
oshiruvchi xo„jalik bo„linmalari rahbarlari qo„mitasini tuzish;
yiliga bir marta har bir menejerning etika normalarining bajarilishini kuzatish
va nazorat qilish bo„yicha xatti-harakatlarini va qoidabuzarliklar bo„yicha chora-
tadbirlar hisobotini tekshirish;
xodimlarning kompaniya etika standartlariga rozi ekanligini tasdiqlash uchun
vaqti-vaqti bilan hujjatalrni imzolash talabi.
Do'stlaringiz bilan baham: