Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 1,97 Mb.
bet6/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

b) Dilmun

Daniyalik arxeologlar Bahraynda Barbar ibodatxonasi (mil.avv. 3000 yilga taalluqli) o‘rganganlarida u erda muqaddas quduq mavjud bo‘lganiga e’tibor berdilar. Aholi bu quduq suvidan diniy marosimlar uchun foydalangan. Xuddi shu ekspeditsiya Bahraynda mil.avval 2500 yilga tegishli shahar qoldiqlarini qazish ishlarini olib bordi. SHahar salkam 5 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan, toshdan qurilgan. SHahar ichida alohida qal’a va uning darvozasi topildi.

Uruk podsholarining uchinchi sulolasidan bo‘lgan Lugal-Zaggesi (mil.avv. 2400-2371 y.) yurishlari haqida hikoya qiluvchi bir matnda uni Quyi dengiz (Fors ko‘rfazi) va YUqori dengiz (O‘rta dengiz, boshqa taxminga ko‘ra Van ko‘li) gacha erlarni bosib olgani aytiladi. SHarrukin, ya’ni Odil laqabi bilan ma’lum bo‘lgan Aqqod podshosi Sargon (mil.avv. 2371-2316 y.) ham Janubiy yoki Quyi dengiz qirg‘og‘ini bosib olgani haqida yozuv qoldirgan. Bu ma’lumotlar Dilmun haqida ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ur matnlarida aytilishicha, u erdan Dilmunga bir necha kemalarda ko‘plab mollar olib borilgan va katta foyda bilan qaytilgan. Dilmun savdogarlari ham o‘z navbatida Ur mollarini Hindiston va SHarqiy Afrikaga, u erdan olingan metall, yog‘och, atir singari serdaromad mollarni Urga eltib sotganlar. Dilmun savdogarlari Urda ushr (o‘ndan bir) soliq to‘laganlari ma’lum.

Mil.avv. III-II ming yilliklarda Dilmun xalqaro bozor va yirik tranzit savdo punkti rolini o‘ynaganligiga dalillar ko‘p. Ur shahridagi Ningal ibodatxonasidan 8 lavha topilgan. Ularning ko‘pchiligida yozilgan sanasi ko‘rsatilgan: mil.avv. 1907-1871 yillar orasi. Ana shu lavhalarda Dilmundan Urga keltirib Ningal ibodatxonasiga hadya qilingan quyidagi qimmatbaho mollarning nomlari bor: mis, baliq ko‘zi (marvarid, dur), oq marjon, fil suyagi, toshbaqa kosasi, surma va hokazo. Mil.avv. 2027, 2026, 2024 - yillarga tegishli boshqa lavhalarda Dilmundan keltirilgan bir necha marta, ja’mi deyarli 20 tonna vaznli mis qiymatiga yarasha Urdan jun olib ketilgani qayd qilingan. Lavhalarda keltirilgan ismlarga qaraganda Dilmunli savdogarlar Urda uzoq vaqt istiqomat qilib, katta savdo ishlarini bajarganlar.

Daniyalik arxeologlar kashf qilgan Baxrayndagi birgina Barbar ibodatxonasining maydoni butun Ur shahri maydonining yarmicha keladi. Agar Ur shahri Mesopotamiyaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgani inobatga olinsa, Dilmunning ko‘lamini tasavvur qilish qiyin emas. Albatta, Dilmunning boyligi, uning ravnaqini kichkinagina orol ta’minlay olmasdi. Nippurdan topilgan 278 qatordan iborat «Enki va Ninxursag» nomini olgan dostonda suv xudosi Enkining Dilmunga atalgan duosi masalani birmuncha oydinlashtiradi:

«...Tukrish mamlakati senga (ya’ni Dilmunga) oltin keltirsin:

- Meluxxa mamlakati (Hindistonda) senga serdolik toshi va kemachilik uchun yog‘och keltirsin;

- Marxashi mamlakati senga qimmatbaho toshlar, billur keltirsin;

- Magan (O‘man) mamlakati senga ko‘p mis, diorit va boshqa toshlar keltirsin;

- Dengiz ortidagi o‘lka (sharqiy Afrika bo‘lsa kerak) senga fil suyagi keltirsin;

- Zalamgir mamlakati (?) senga jun keltirsin;

- Elam mamlakati senga jun va soliqlar keltirsin;

- Muqaddas Ur ... senga don, kunjut moyi, muhtasham va nozik matolar keltirsin;

- Dengiz poyonlari senga farovonlik keltirsin;

SHahar - manzillari ajoyib!

Dilmun - manzillari ajoyib!»

Mesopotamiyada Aqqod davlatining yuksalishi va Ur nufuzining pasayishi Dilmunga salbiy ta’sir qildi. Xammurapi (mil.avv. XVIII asr) paytida umuman Dilmun tilga olinmaydi. Ossuriya hokimlari Mesopotamiyani birlashtirgach, ular yana Fors ko‘rfaziga o‘z nigohlarini qaratdilar. Ossuriya podshosi Tukulьti-Ninurta (mil.avv. 1224-1208) o‘z davlati tarkibiga «kunchiqardagi Quyi dengizni» qo‘shganini faxr bilan yozib qoldirgan.

Mil.avv. VIII-VII asrlarda Dilmun yana tiklangan, ravnaq topgan ko‘rinadi. Har qalay, Sargonidlar davriga tegishli yozuvlarda Dilmun nomi ko‘p marta tilga olingan. Sinnaxoreb ta’kidlashicha, u Bobilni tobe qilgach, Dilmunni qo‘shib olishga azm qilib, u erga o‘z elchisini yuborgan. Orol podshosi Sinnaxoreb hukmronligini tan olishga rozi bo‘lgan va jiz’ya yuborgan. Ashshurbanipal paytida ham Dilmun unga tobe erlar jumlasiga kirgan. SHu zaylda Dilmun Axamoniylar va Selevkiylar hukmi ostida ham bo‘lib keldi. Selevkiylar hukmi tugagach, Dilmunda qandaydir fojia yuz bergan va aholi uni tashlab ketgan ko‘rinadi.

Antik avtorlarda Dilmun Tilos nomi bilan berilgan. Pliniy Tilosni la’l o‘lkasi deb atagan va uni qirg‘oqdagi mashhur Gerra shahri qarshisidagi orol deb vasf qilgan.

Hozirgi paytda ko‘pchilik mutaxassislar Dilmunni Bahrayn oroli va unga yaqin bo‘lgan Arabistonning sharqiy sohili bilan aynan bir deb qaramoqdalar.

Dilmun tarixini batafsil yoritish uchun albatta, ma’lumotlar etarli emas. Lekin SHumer, Aqqod va Ossuriya manbalaridan shu narsa aniq ko‘rinib turibdiki, mil.avv. III ming yillikda Arabiston yarim orolining sharqiy qismida o‘ziga xosssivilizatsiya o‘chog‘i vujudga kelgan. Tuzumiga ko‘ra, bu jamiyatlar shahar-davlatlardan iborat bo‘lgan (qadimgi SHumerdagi Ur, Nippur, Uruk, Lagash va boshqa shahar-davlatlari singari). Bu davlatlar aholisining asosiy mashg‘uloti savdo, kemachilik, baliqchilik, dengiz tubidan la’l qidirish, buloq suvlaridan foydalanib, tomorqa dehqonchiligini olib borish bo‘lgan. Bunday idora usuli va hayot tarzini tabiatning o‘zi taqozo qilgan. Bu erda deyarli yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, birorta oqar daryo yo‘q. Aholi, asosan xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan ba’zi joylardagina kichik-kichik jamoa bo‘lib yashagan. Mesopotamiya yoki Misrdagi singari markazlashgan davlat tuzish uchun bu erda imkoniyat yo‘q. Hokim odatda kichik bir shahar yoki bir jamoani boshqargan. SHuning uchun ham bu jamiyatlar ketma-ket shumerlar, aqqodlar va ossuriylarga osongina «em» bo‘lgan.

Ko‘pchilik yozuvlarda Dilmun qandaydir muqaddas joy sifatida tasvirlangan. SHumer va Aqqod jamiyatlarida Dilmun haqida diniy rivoyatlar keng tarqalgandi. Mashhur «Enki va Ninxursag», «Gilgamesh» afsonalaridagi voqealar Dilmun bilan bog‘liq. Bir Bobil matnida Pardesu degan joy nomi zikr qilingan. Ivrit (qadimgi yahudiy) tilida Pardez, arabchada Firdavsga to‘g‘ri keladigan bu joy Dilmunning boshqacha nomidir. SHu asosda ba’zi olimlar Tavrotda zikr qilingan «Jannat Adan»ni Dilmun bilan taqqoslaydilar. Ayniqsa shumer epik poemalari va afsonalari Dilmunga ta’rif berishda ajralib turadi: ularda Dilmun «gullab-yashnagan», «yorug‘», «xudolar uchun jannat», «har qanday kasal va hatto o‘limdan forig‘», «muqaddas o‘lka» sifatida tasvirlangan.

Bu faktni faqat Dilmunning SHumer uchun katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lganligi bilan tushuntirish kamlik qiladi. Arxeologlar tomonidan tasdiqlangan Dilmun-SHumer iqtisodiy aloqalari yozuv paydo bo‘lgan payt (Jemdet Nasr madaniyati), ya’ni mil.avval III ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. YUqorida zikr qilingan mifologiyaning kelib chiqishi esa undan ancha ilgari. Bu chigalni echishga Bahrayn orolining o‘zi qisman ko‘maklashdi. Gap shundaki, bugungi kunda ham bu orolda nodir, kamdan-kam uchraydigan manzarani ko‘rish mumkin: atrof-muhit asosan sahrodan iborat bo‘lganiga qaramay ora-sira chaman bog‘lar, hurmo daraxtlari bilan to‘la o‘rmon, jo‘shqin chuchuk suvli buloqlar uchraydi. Odamlar mahalliy vohalarni sug‘orib turgan suv qaerdan kelayotganini bilmasdilar va, tabiiyki, uni xudoning marhamati, deb tushunardilar.

Bahrayn vohalarining jumbog‘i yaqindagina ochildi. Geologlar aniqlashicha, er osti suvlarining sarchashmalari Bahrayndan 500-700 km g‘arbda joylashgan ekan. Bu - Arabiston yarim orolining tog‘li rayonlari Hijoz, Asir, Najd, SHimoliy YAmanga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu rayonlar musson mavsumlarida yomg‘irga to‘yadi. U erdan yomg‘ir suvlari tog‘ jinslarining qiyaligiga muvofiq ravishda erning nam saqlaydigan qatlamlari uzra janubi-sharqiy va sharqiy yo‘nalishlarda Fors va O‘mon ko‘rfazlarining qirg‘oqlariga qarab intiladi. Er osti suvlarining sathi yuqori bosimli bo‘lganligi uchun Kuvayt va O‘mondagi uncha chuqur bo‘lmagan quduqlar bu sathga etish imkoniyatini beradi. SHuningdek, bosim kuchliligi natijasida er osti suvlari o‘z-o‘zidan Arabistonning sharqiy qirg‘oqlaridan, Bahrayn oroli qirg‘oqlaridan va hatto dengiz tubidan buloq bo‘lib chiqadi. Bundan salkam besh ming yil avval yozilgan «Gilgamesh haqidagi afsona»da «xudolar yorlaqagan Utnapishtim» degan kishi Gilgameshga «abadiylik», ya’ni o‘lmaslik ato qiluvchi bir giyo - o‘t faqat Dilmun degan joyda, dengiz tubida o‘sajagini aytganida «jon» bor ekan!.

Bu ham hali jumboqning tugal echimi emas, shekilli. Oxirgi arxeologik tadqiqotlarga qaraganda mil.avv. V ming yillikning oxiri - IV ming yillikning boshida Arabistonning sharqiy sohilida (Bahrayn-Dilmunni o‘z ichiga olgan xolda) va Mesopotamiyaning janubida Ubayd madaniyatiga mansub ilk dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yashagan. Har qalay, ular foydalangan kulol idishlarning qoldiqlari aynan bir xil. Arxeologlar Ubayd madaniyatini SHumer madaniyatidan bevosita oldin o‘tgan, ya’ni uning o‘tmishdoshi deb hisoblaydilar. Agar Ubayd madaniyatining asli vatani janubroqda, ya’ni sharqiy Arabistonda ekanligi e’tiborga olinsa, SHumer mifologiyasida Dilmun (Bahrayn) jannat makon joy sifatida e’zozlanganini insonda ilk vatanga nisbatan abadiy saqlanadigan ezgu hissiyot deb tushunish oson bo‘lardi.




Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish