Reja
1. Rasul va nabiy tushunchalari. .
2. Muqaddas kitoblarda keltirilgan payg‘ambarlar tarixi va talqini
Tayanch so‘z va iboralar: Davadmi, Uvaynat, SHumer, Aqqod, Lugal-Zaggesi, Sinnaxoreb, Jannat Adan, Arablar va Ossuriylar, Makan (Magan)
a) Arabiston tosh va bronza asrida
Hozirgi paytda u yoki bu mamlakat erida eng qadimgi inson jamoalari qachondan boshlab istiqomat qilgan degan savolga javob berishda radiokarbon (yoki radiougleroid) usuli qo‘llaniladi. Masalan, hozirgi Eron erida inson 50 ming yildan beri yashab kelmoqda, degan xulosaga kelindi. Arabiston yarim orolida bu xususda ilmiy ishlar hali deyarli olib borilgani yo‘q. SHunday bo‘lsada, tosh asri tarixi keyingi paytlarda biroz oydinlasha boshladi.
Arxeolog X.A.Amirxonov 1983-84 yillari Hadramavtda 20 dan ortiq tosh asriga oid yodgorliklarni topdi. Ular orasida ko‘plab tosh qurollar mavjudki, eng oddiylari olduvay (1mln. yildan ortiq) va ashelь davrlariga (1 mln. yildan 80 ming yilgacha) taalluqli bo‘lsa, maxsus ov va mehnat tosh qurollari yuqori paleolitga (35-10 ming yillar) tegishlidir.
Shunday qilib, arxeologlarning YAmandagi izlanishlari natijasida Arabistonning janubida inson tosh asrining barcha davrida yashagan degan xulosaga kelindi. Bu kashfiyotlar yana shuni ko‘rsatadiki, Arabiston janubida yashagan eng qadimgi aholi sharqiy Afrika aholisi bilan bir xil qurollarni ishlatgan. Ammo keyinchalik negadir Hadramavt o‘z taraqqiyotida orqada qoldi. Dalil sifatida shuni aytish mumkinki, vulqoniy shishadan (obsidian) tayyorlangan o‘tkir qurollar O‘rta dengiz havzasi va SHarqiy Afrikada mil.avv. III ming yillikda keng tarqalgan bir paytda Xadramavtda ular faqat I ming yillikda joriy bo‘ldi.
Tosh asriga oid qurollar yarim orolning boshqa rayonlaridan ham, jumladan SHarqiy Arabistondagi Davadmi, Katarning Uvaynat Ali va Dahhon degan joylaridan topildi. Mutaxassislarning fikricha, hozirgi Bahrayn oroli va SHarqiy Arabiston sohili Evropada muzlik yillari hukm surgan paytlarda (mil.avv. 50 ming yilliklar ) tabiiy sharoitiga ko‘ra hozirgi YUnonistonga o‘xshash bo‘lgan. Erlari o‘rmonlar bilan qoplangan, aholisi asosan ovchilik bilan shug‘ullangan. Bahrayndan topilgan ko‘plab granit qurollar hayvonlarni ovlash va, ayniqsa, baliqlarni tilimlashda ishlatilganligi ko‘rinib turibdi. Bahrayndan mil.avv. 12-10 ming yilliklarga tegishli, chorvachilik asrining oxiri va dehqonchilikka o‘tishda ishlatilgan granit toshdan yasalgan nayza uchlari va pichoqlar topildi. Bu tosh qurollar shu darajada silliqlangan va o‘tkirlangan ediki, ulardan bemalol don va o‘tlarni o‘rishda foydalanish mumkin edi.
Bahraynda hozirgi kunda qum tepaliklaridan iborat 100 mingga yaqin qadimgi qabrlar bor. SHulardan birida ikkita butun inson skeleti topildi. Ikkala murda ham yuzini kunchiqar tomonga qaratib, o‘ng biqiniga yotqizib ko‘milgan. Bunday odat mil. avval III ming yillikda Mesopotamiyada ham bor edi. Qadimgi Misrdagi singari Baxraynda ham murda bilan birga hayvonlar, kulol idishlar va qimmatbaho narsalar ko‘milgan. Bu esa qadimgi Baxraynlilarda ham narigi dunyo tushunchasi bo‘lganligi va u dunyoda qayta tirilishga ishonganliklaridan dalolat beradi. Topilgan buyumlar ichida tuyaqush tuxumi shunday shaklda kesilgandiki, undan kosa yoki piyola sifatida foydalanilgani ko‘rinib turibdi.
Bahrayn qum tepaliklari – qabrlarning soni nihoyatda ko‘p ekanligini mutaxassislar quyidagicha izohlaydilar. Aholi asosan SHarqiy Arabistonda yashagan-u, murdalarni Bahraynda dafn qilgan. Bu qabrlarning aksariyati mil.avv. 3000-1500 yillarga tegishlidir. Abu Dabining Umm an-Nor degan joyida qazilgan qabrlar ham mil.avval 3000 yillarga taalluqlidir.
1958-1963 yillari daniyalik arxeologlar Kuvaytga qarashli Faylaka orolida qazishlar olib bordilar. U erda topilgan binolarning xarobalari va manzil buyumlarining qoldiqlari ham mil.avval III ming yillik bilan sanalanadi. Fors ko‘rfazidagi bu va boshqa orollar kemachilar va savdogarlar uchun muvaqqat istirohat joyi xizmatini o‘taganligi aniqlandi.
Arabistonning g‘arbiy va janubiy rayonlaridagi tog‘larda juda ko‘p g‘orlar saqlanib qolgan. Qadim zamonlarda aholi ulardan manzil, qabriston, muqaddas joylar sifatida foydalangan. Ammo bu g‘orlardagi narsalar qadim zamonlardayoq talangani tufayli bizgacha moddiy yodgorliklar deyarli etib kelmagan.
Tosh va bronza asridan topilgan ashyolar qanchalik oz bo‘lmasin, ular Arabiston aholisi o‘sha uzoq o‘tmishda tashqi olam bilan, ayniqsa Mesopotamiya, SHom, O‘rta dengiz sohili, Afrika qit’asi va Hindiston bilan aloqada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Xususan, hozirgi Iroq va Suriya Arabiston yarim orolining uzviy davomidir, ya’ni qadimgi aholi uchun bu erlarda hech qanday chegara bo‘lmagan. Hatto mutaxassislar hozirgi Livan erlarida o‘rnashib qolib, butun O‘rta dengiz sohilini o‘zlashtirgan mashhur finiqiylar asli Bahraynlilardir, deb hisoblamoqdalar.
Iroq va SHomga yaqin erlarda yashagan arablar haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar SHumer, Aqqod va Ossur yozuvlarida uchraydi. Ammo bu yozuvlarda ular u erlarning ko‘chmanchi aholisi sifatida eslatilgan. Iroq va SHomda vujudga kelgan eng qadimgi davlatlarning hokimlari o‘zlarining janubiy chegaralarini xavfsizlikda saqlash uchun arab qabilalarining boshliqlari bilan murosa qilishga majbur bo‘lganlar. Bu hokimlar arab qabilalariga Frot daryosi va SHomning ekin ekiladigan erlaridan nariga o‘tishga imkon bermaganlar.
Arabiston Sinoy yarim oroli orqali Misr bilan ham tutashdir. Antik avtorlar Gerodot va Pliniylarning yozishicha, Sinoydan sharqda arab qabilalari yashab kelgan. Bundan tashqari antik avtorlar Qizil dengizni Arab ko‘rfazi (Sinus-Arabikus) deb ataganlari ham bejiz emas, ko‘rinadi.
Nihoyat, Mesopotamiyaga janub tomondan tutash bo‘lgan Fors ko‘rfazining g‘arbiy sohili - SHarqiy Arabistonga alohida to‘xtab o‘tmoq kerak. Ma’lumki, qadimgi Mesopotamiya tarixi SHumer, Aqqod va Ossuriya mixxat yozuvlari asosida nisbatan puxta o‘rganilgan. Ana shu yozuvlarda Dilmun, Magan (Makan) degan joy nomlari ko‘p marta uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |