Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Qadimgi Arabiston va ilk islom tarixining jahon tarixidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish



Download 1,97 Mb.
bet3/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

3.Qadimgi Arabiston va ilk islom tarixining jahon tarixidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining «Oliy va o‘rta maxsus, hunar – kasb muassasalarini zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi zimmasiga bir necha darsliklar qatorida «Islom tarixi» darsligini yaratish vazifasi tushdi. Dunyoviylik, ilmiylik, xolislik, diniy va dunyoviy talqinlarni bir – biriga zid quymaslik, aksincha, imkon qadar ularning uyg‘unlashuviga erishish asosiy me’zon yoki tamoyillar sifatida qabul qilindi. G‘arb va SHarq dinshunoslarining barcha ijobiy fikrlaridan to‘liq foydalanildi.

Shu o‘rinda muhim bir nazariy masalaga oydinlik kiritish zarur. Islom dinining vatani Arabiston yarim oroli ekaniga shubha yo‘q, albatta. SHuning uchun bo‘lsa kerak, Arabiston deganda biz beixtiyor islom dini bilan bog‘liq narsalar, yoki, aksincha, islom deganda Arabiston haqida o‘ylaymiz. Bunga sabab - yaqin paytlargacha Arabistonga oid jamiki adabiyotda arablarning tarixi islom vujudga kelgan vaqtdan boshlanar, undan oldingi davrga esa ikkinchi darajali narsa. deb qaralardi. Sovet tarix fanida 70 yildan ortiq davr ichida islom dinining genezisi (kelib chiqishi) xususida na metodologik yondashish nuqtai nazaridan va na mavjud ma’lumotlardan foydalanish uslubi jihatidan hozirgi zamon fani talablariga javob beradigan yagona, har tomonlama maqbul fikrga kelinmadi. «Aybni» 20-30, 50-60 va hatto 80-yillarda yuzaga kelgan noto‘g‘ri nazariyalarga ag‘darib qo‘ya qolish mumkin. Lekin bu kamlik qiladi. Asosiy «ayb» tarixning barcha bosqichlari ideologizatsiya qilingani, ya’ni boshqachasiga aytganda faqat formatsion ta’limotga asoslanib talqin etilganida edi.

Islom dinining genezisi hususida so‘z yuritish uchun oldindan (apriori) o‘sha davr arab jamiyatiga muayyan formatsion «libos» (ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik yoki feodalizm) kiydirish, so‘ng bu jamiyatni «rastalarga joylab» tahlil qilish talab qilinardi. Vaholanki, Arabiston xalqi VII asrda islom vujudga kelmasdan oldin bir necha ming yillik tarixiy yo‘lni bosib o‘tdiki, islom shuning mahsuli edi.

Ishimizga nazariy asos qilib qadimgi jamiyatlarning tipologiyasini tanladik. Buning qisqacha bayoni quyidagichadir.

Tipologik jihatdan ilk qadimgi zamon sinfiy jamiyatlarining taraqqiyoti uch yo‘l bilan ketdi.

Birinchi yo‘l - ikki iqtisodiy sektor - davlat va jamoa-xususiy sektorlarining bir paytda mavjud bo‘lganligi, ularning o‘zaro nisbatida birinchisining (davlat sektori) ustunligi bilan xarakterlandi. Bu yo‘l Frotning quyi oqimi, ya’ni SHumer va Elamda kuzatildi.

Ikkinchi yo‘l Misrda yuz berdi. Bu erda jamoa-xususiy sektori batamom davlat sektori tomonidan singdirildi.

Nihoyat, buyuk daryo vodiylarini tashkil qilmasada, qishloq xo‘jaligi uchun qulay bo‘lgan erlarda nisbatan kechroq uchinchi yo‘l vujudga keldi. Dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik, bog‘dorchilik va konchilik bilan shug‘ullanish bunday jamiyatlarni tez rivojlantirdi. Bu erlarda jamoa-xususiy sektori davlat sektoriga qaraganda ko‘proq ahamiyat kasb qildi. Uchinchi yo‘ldan borgan davlatlar jumlasiga miloddan avval II ming yillikda bunyodga kelgan Kichik va Old Osiyo davlatlari, Egey dengizi atrofi va O‘rta dengizning sharqiy sohilidagi jamiyatlar kiradi.

Qadimgi madaniyat markazlarida mazkur uchchala taraqqiyot yo‘li ilk qadimgi zamonda (miloddan avval III-II ming yilliklar) yuz bergan bo‘lsa, boshqa joylarda ijtimoiy taraqqiyot xuddi shu xarakterga miloddan avvalgi I ming yillik va milodning I ming yilligida ham ega bo‘lishi, tropik, tog‘li va tog‘oldi o‘lkalarda esa hatto milodiy II ming yillikning ikkinchi yarmida ham vujudga kelishi yoki qayta tiklanishi (mas. hozirgi Afg‘oniston) mumkin bo‘lgan.

So‘nggi qadimgi zamon tipologik jihatdan ilk qadimgi zamondan keskin farq qiladi. Bu davrda taraqqiyot yo‘llarining 4 xili uchraydi.

Birinchisi va eng yaxshi o‘rganilgani - O‘rta dengiz tipi. U ilk qadimgi zamonning uchinchi yo‘lidan kelib chiqqan. Bu tip davlat sektorining batamom tugatilishi bilan xarakterlanadi. Rim imperiyasi bu taraqqiyot yo‘lining eng yorqin misolidir.

Ikkinchisi - Yaqin Sharq imperiyalari (Ossuriya, Yangi Bobil, Axamoniylar Eroni) va ellinistik davlatlar. Bu erlarda, aksincha, davlat sektorining deyarli to‘la ustunligini ko‘ramiz. Bizningcha, o‘rta asr G‘arb feodalizmi va keyinchalik g‘arbiy Evropa kapitalizmini tashkil qilgan jamiyatlar birinchi tipning davomi bo‘lsa, o‘rta asr YAqin va O‘rta SHarq imperiyalari va eng yangi davrdagi «sotsialistik» jamiyatlar ikkinchi tipning uzviy davomidir.

O‘ziga xos uchinchi yo‘l - Hindistonda va to‘rtinchi yo‘l Uzoq SHarqda yuz berdi.

Arabiston yarim oroli qadimiy madaniyat markazlari Misr va Mesopotamiyadan sahrolar bilan ajralib turgan bo‘lsada, u erda vujudga kelgan qadimgi jamiyatlar batamom yangi taraqqiyot yo‘llarini bunyod qilmadi. Masalan, janubiy Arabiston qadimgi davlatlarini SHumer va Aqqodga (ilk qadimgi zamonning 1 yo‘li) shimoliy Arabiston qadimgi davlatlarini esa kichik va old Osiyodagi qadimgi jamiyatlarga (ilk qadimgi zamonning III yo‘li) va nihoyat, qadimgi Makka va Madina shahar- davlatlaridagi tuzumni antik polis tizimiga (so‘nggi qadimgi zamonning 1 yo‘li) o‘xshatish mumkin.

Taraqqiyot yo‘llarining xilidan qat’i nazar qadimgi dunyo jamiyatlari uch bosqichni o‘tadilar.

Birinchi bosqichda vujudga kelgan ilk davlatlar tom ma’nosi bilan davlat emas, balki tarqoq, mayda davlat birliklarini (masalan, qadimgi Misr «no‘m»lari) tashkil qildi. Bunday davlat birliklari yuksalib, ularning ba’zilari yirik monarxiyalarga aylandi.

Ikkinchi bosqichda bir qancha omillar, eng avvalo iqtisodiy omil, tarqoq davlatlarni birlashtirishni taqozo qilgan. Aytaylik, bir o‘lkada «A» guruh - ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish (qadimda - chorvachilik) mahsulotlari ko‘proq, boshqa o‘lkada esa «B» guruh - iste’mol mollarini ishlab chiqarish (qadimda - dehqonchilik) uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lgach, bunday o‘lkalar tinch yo‘l bilanmi, urushlar vositasidami, albatta, birlashtirilgan. Natijada imperiyalar vujudga kelgan (Ossuriya, YAngi Bobil, Axamoniylar Eroni, Rim imperiyasi va hokazo).

Ayni shu ikkinchi bosqichda, ya’ni imperiyalar davrida, antik dunyo birmuncha muddat umumjahon jarayonidan ajralib, bu erda o‘ziga xos antik taraqqiyot yo‘li yuz berdi. Asosan shahar-davlatlaridan iborat bo‘lgan bu dunyo yunoncha «polis» sistemasi degan nomni oldi. Ammo polis sistemasi uzoq yashamadi: o‘z davrini o‘tab bo‘lgan mustaqil polislarning kelajak taraqqiyoti ham ularni birlashtirib, xalqaro savdoni barqaror qiladigan, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qodir harbiy kuchga ega bo‘lgan imperiyasiz mumkin bo‘lmay qoldi.

Nihoyat, uchinchi bosqich imperiyalarning qulashi bilan xarakterlanadi. Odatda qadimgi imperiyalar 100-150 yildan ortiq hukm surmagan (bundan faqat Rim imperiyasi mustasno). Har safar imperiya idorasining o‘ta markazlashuvi, davlat hokimiyatining totalitar shaklga aylanishi mamlakatning kelajak taraqqiyotiga g‘ov bo‘la boshlagan. Bunday sharoitdan qutilishning birdan-bir ob’ektiv yo‘li yana tarqalish, parchalanish bo‘lgan.

Biz Arabiston yarim orolining qadimgi tarixini kompleks tarzda, ya’ni to‘laligicha tadqiq qilishni lozim deb bildik. Gap shundaki, yarim orolning turli rayonlari, aytaylik, janubi, shimoli va sahroviy qismi alohida-alohida o‘rganilgan; ko‘p hollarda har bir tadqiqotchi o‘zi erishgan xulosalarni pirovard natijada islom dinining asosiy omillari sifatida ko‘rsatishga uringan. SHuning uchun ham islom «savdo-kapitalistik», «ko‘chmanchi-chorvadorlik» yoki «dehqonchilik» zaminida vujudga keldi, degan o‘ndan ortiq fikrlar bildirilgan. Bu fikrlarning birontasi ilmiy jamoatchilikni qoniqtirmayapti. Bizningcha, Arabiston yarim orolining ayrim qismlari bir-biridan ijtimoiy-iqtisoliy taraqqiyoti jihatidan qanchalik farq qilmasin, VI asr oxiri - VII asr boshida ular o‘rtasida sotsiopsixologik umumiylik, mushtaraklik yoki unifikatsiyalashuv jarayoni yuz berdiki, Muhammad (sav) faoliyati tufayli atigi 10 yil ichida asrlar davomida tarqoq bo‘lib kelgan o‘lkalarni birlashtirish mumkin bo‘ldi.

Albatta, bitta asarda mavjud barcha xususiy tadqiqotlarni qoplaydigan ilmiy masalalarni qamrab olish imkoni yo‘q. Ammo qay darajada yakunlanishidan qat’i nazar bunday asar, birinchidan, tarixiy jarayonning umumiy tasavvurini bersa, ikkinchidan, xususiy izlanishlarning yanada chuqurlashuviga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu qo‘llanma qadimgi Arabiston tarixiga oid ko‘pgina ma’lumotlarga aniqlik kiritadi va yangi faktlar bilan boyitadi. Umumiy ilmiy ahamiyatidan tashqari qadimgi Arabiston bo‘yicha tadqiqot amaliy ahamiyatga ham ega: u qadimgi arab madaniyatining xususiyatlarini anglashga yordam berish bilan birga ko‘pgina hozirgi zamon ijtimoiy-siyosiy voqeliklarining mohiyatini aniqroq baholashga ko‘maklashadi.

Islom dinini o‘zlariga «niqob» qilib olgan ba’zi xalqaro ekstremistik tashkilotlar «oltin asr» - ilk islom davri qonun-qoidalarini jamiyat va davlat qurilishining «ideal namunasi» yoki «nazariy asosi» sifatida qabul qilish da’vosi bilan jahon afkor ommasini chalg‘itishga urinayotgan hozirgi paytda «Johiliya» (Qadimgi Arabiston) va umuman islom tarixini ilmiy asosda, ob’ektiv o‘rganish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi.

Sovet tarixchiligida islom dini Makka jamiyatida hukm surgan krizis natijasida vujudga kelgan, deb uqtirilardi. Kitobning qadimgi Makka tarixiga oid qismida, aksincha, o‘sha davrda shahar gullab-yashnab turgani, shahardagi yirik savdogarlar butun Arabiston yarim oroli bo‘ylab o‘z ustunligini o‘rnatganini tasdiqlovchi ko‘plab dalillar keltiriladi.

Kitobning bosh qismida Arabistonning qadimgi tarixiga oid keltirilgan boy ma’lumotlar keyingi ma’ruzalarda ko‘tarilgan islom dinining paydo bo‘lish omillari muammosini yangicha hal qilishga yordam beradi. Umuman ilk islom tarixiga oid boblarning bayoni, o‘sha davr voqealarining tahlili yangicha, o‘ziga xos uslubda berilgan.

«Islom tarixi» ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga molik fan: u ko‘pgina hozirgi zamon ijtimoiy – siyosiy voqeliklarining mohiyatini to‘g‘ri baholashga ko‘maklashadi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish