Abu Bakr (r.a)ga xalifalik bilan bay’at qilinishi
Rasululloh (s.a.v) vafot etib, odamlar bu qattiq holatdan sarosimaga tushib qolishgan vaqtda Abu Bakr (r.a) Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)ning vafot etganini odamlarga bildirib, chuqur iymon bilan "Ey odamlar, kimki Muhammad sollalohu a’layhi va sallamga ibodat qilgan bo‘lsa, u zot vafot etib ketdi. Kimki Allohga ibodat qilayotgan bo‘lsa, Alloh barhayot o‘lmaydi" deb turdi. So‘ngra ularga Alloh taoloning Rasululloh (s.a.v)ga aytgan oyatlarini tilovat qilib berdi: "(Ey Muhammad sollalohu a’layhi va sallam), hech shak-shubhasiz siz ham o‘lguvchidirsiz, ular ham o‘lguvchidirlar". (ZUmar (r.a) surasi 30-oyat). "Muhammad sollalohu a’layhi va sallam bir payg‘ambardir, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u (ya’ni Muhammad sollalohu a’layhi va sallam ) vafot qilsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizlarmi.! Kimda-kim ketiga qaytib ketsa, Allohga biron ziyon etkaza olmas, (balki faqat o‘ziga zarar qiladi, xolos). Alloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qiluvchi bandalarini munosib mukofotlaydi". (Oli imron surasi 144-oyat).
Bu xaqiqatni anglab etgan musulmonlarning vazifasi payg‘ambar robbisiga yo‘liqqanlaridan keyin o‘zlariga din va dunyo ishlarini boshqarib turadigan xalifa saylashga shoshilishlari kerak edi. Muhojirlar holatdan chiqib ketish uchun Abu Bakr (r.a) bilan masjidda yig‘ilishdi. O‘sha paytda ular bilan birga ansorlardan birortasi ham bo‘lmagan edi. Abu Bakr (r.a) ansorlarning e’tiborli xuquqlari bo‘lgani uchun ularning ishtirokisiz bu kabi muhim mavzuda hukm chiqarishni xohlamadi. Bu ish butun islom ummatining ixtiyori va ittifoqi bilan bo‘lishi, bu erda hech qanday ixtilof, nizo yoki bo‘linib ketish bo‘lmasi lozim edi.
Abu Bakr (r.a) ansorlar Soida qabilasining ayvonida yig‘ilishganidan xabar topib, ularga Umar (r.a) va Abu Ubayda lar hamrohligida tezda etib bordi. ularni ham xalifalik ishi xaqida so‘zlashayotgan holda uchratdi. ular ham xalifa o‘zlaridan biri bo‘lishi kerakligini aytishayotgan edi. Bunga ular Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)ga hamda u zot bilan birga muhojirlarga joy berib, yordam qilganlarini xujjat qilib olishgan edi. Bu yig‘inda muhojir va ansorlar o‘rtasidagi munozaralar qizib, har bir guruh o‘zining hujjatini ma’qullar edi. Abu Bakr (r.a) oxiri bu holatni hal qilish uchun, o‘rinlaridan turib xutba qildilar. Ansorlarning fazilatlarini tilga olib, ularni maqtadi. Muhojir va ansorlar bir maqsad sari intilayotgan bir ummat ekanini bayon qilib, so‘ngra imomlik (xalifalik) qurayshning haqqi ekanligini isbotlovchi hadislar va kuchli hujjatlarni keltirib o‘tdi. Ansorlar u kishining keltirgan hujjatlariga taslim bo‘ldilar. Musulmonlar bu ulkan ish - xalifalikni Egallashga eng yaroqli, loyiq kishi Abu Bakr (r.a) deb topishdi. Zero boshqa sahobalarda to‘liq bo‘lmagan xususiyatlar u kishida mukammal edi. Buning hech ajablanarli eri yo‘q, chunki u kishi Rasululloh (s.a.v) (s.a.v)ning hijrat safaridagi hamrohi, g‘ordagi ikkovlonning biri. Rasululloh (s.a.v) kasallik paytlarida u kishini musulmonlarga imom bo‘lishi uchun ilgari sura turib "Alloh ham, musulmonlar ham Abu Bakr (r.a)dan boshqani xohlamaydi" deb aytgan edilar. Umar (r.a) Abu Bakr (r.a)ga qo‘lini cho‘zib bay’at qildi. SHundan keyin barcha yig‘ilganlar u kishiga bay’at qilishdi. Ertasi kuni (ya’ni 11-yil, robbiul avvalning 14-kuni) Abu Bakr (r.a) musulmonlar bilan masjidda jamlandi, va muhojiru ansorlarning ijmosi bilan u kishining bay’ati to‘liq bo‘ldi. SHu bilan u kishining bay’ati shar’iy bo‘lib itoati vojib bo‘ldi. U kishi Rasululloh (s.a.v)ning xalifasi (o‘rinbosari) va to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalarning birinchisiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |