Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Bani Soidaning “saqifa” nomli guzaridagi vaziyat



Download 1,97 Mb.
bet41/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Bani Soidaning “saqifa” nomli guzaridagi vaziyat

Madinada Muhammad (s.a.v)ning vafoti haqidagi xabar tezda hamma yoqqa tarqaldi. Ansorlar bani Soidaning saqifa nomli guzargohida Sa’d ibni Uboda yonlariga to‘plandilar. Ali ibni Abu Tolib, Talxa ibni Ubaydulloh va Zubayr ibni Avvomlar odamlardan ajralib hazrati Fotimaning uylariga alohida yig‘ildilar. Qolgan muhojir sahobalar esa barchalari Abu Bakr (r.a)ning oldilarida jam bo‘ldilar. Bir kishi kelib ansorlar, bani ansorlar bani Soida saqifasida to‘plaib «Rasulullohga kim xalifa bo‘ladi», degan masalani ko‘rishyapti degan xabarni Abu Bakr (r.a)ga aytdi. Ushbu xabarni eshitgan zahotlariyoq hazrati Umar (r.a) Abu Bakr (r.a)ga «Bizni o‘sha yoqqa boshlab boring. Gap nimada ketayotganligini birgalashib ko‘raylik», dedilar. Tezdan ikkovlari yo‘lga chiqib jo‘nadilar. Borayotganlarida xalifalikka Ubayda ibni Jarroxni tavsiya etishlikni, zero u Islom millatining ishonchli kimsalaridan, deb maslahatlashdilar. Saqifaga etib kelishgach, ansorlar Sa’d ibni Ubodani halifalikka nomzod etib ko‘rsatishlik taraddudida turganliklarini ko‘rishdi. «Men Rasululloh hazratlarshshng «halifalik — Quraysh haqqi», deganlarini eshitganman», dedilar.

Abu Bakr (r.a) bu bilan butun ish muhojirlarning o‘zlariga tegishli ekanini eslatmoqchi bo‘ldilar. Abu Bakr (r.a) amAli (r.a) ishga hozirlik ko‘rishni istab odamlar oldida xutba o‘qishga turdilar. Ollohga hamd va sano aytganlaridan so‘ng Abu Bakr (r.a) kishilarga qarab so‘z boshladilar:

— Olloh taolo Muhammadni o‘z xalqiga payg‘ambar qilib yubordi. YAkka Ollohga ibodat qilmoqlari uchun va uni shirkdan poklab yagonalamoqlari uchun o‘z millatiga nigohbon etib yubordi. Odamlar turli olihalarga ibodat etardilar. Bular bizni shafoat etadi, bizga foyda etkazadi, deb gumon qilardilar. Haqiqatda esa ibodat etayotgan narsalari jonsiz toshlardan yo‘nilgan xaykal va yog‘ochlardan yasalgan butlardir, Ular o‘zlariga zarar ham, foyda ham etkaza olmaydigan Ollohdan boshqa narsalarga ibodat etadilar. Bular Olloh oldida bizni shafoat etadilar», deydilar. «Biz bularga bizni Ollohga yaqinlashtirishlari uchungina ibodat etamiz», deyishadi. BIroq, arablarga ota-bobolaridan meros bo‘lib qolgan xurofiy dinlarini tashlamoqlik oson bo‘lmadi. Juda katta ish ko‘rindi.

Ularni mana shu xurofiy odatlarini tashla-moqliklari uchun yordamlashishga Olloh taolo muxojirlarning avvallarini xos qildi.

Abu Bakr (r.a) (r. a.) ushbu yuqoridagi so‘zlarni so‘zlaganlaridan keyin ansor qiromning manoqiblarini, fazllarini va Islom da’vatini xalqlar o‘rtasida yoyishda ko‘rsatgan xizmatlarini bir-bir yodga ola boshladilar. Kishilar shovqin-surondan tinchib qoldilar.

Keyin yana so‘zlarida davom etib dedilar:

— Arablar hargaz bu ishni bilaolmagan bo‘lurdilar. Zero ular faqat Qurayshlardan bo‘lgan zotga kelgan vahiy orqali bunday yuksak ilmiy va olamiy fazilat cho‘qqilarini egallash vositasini bilib etdilar, Quraysh qabilasi esa arablar ichida o‘rnashgan eri hamda nasabi jihatidan eng o‘rtadagi xalq hisoblanadi. Sizlar Umar (r.a) yoki Abu Ubaydani o‘zlaringazga Rasulullohdan xalifa etib saylab olsangaz men roziman. Abu Bakr (r.a) so‘zlarini tugatib o‘rinlariga o‘ltirgashshrqdan keyin muxojirlardan bittalari o‘rinlaridan turib: «Balki biz Abu Bakr (r.a)ga ba’yt etamiz. Rasululloh diniy ishimizni ishonib u janobga topshirgan ekanlar,nechuk biz dunyoviy ishimizni ishonib topshirmaylik?» dedilar. O‘rtada ancha tortishuv bo‘ldi. Har kim o‘z tomonidan ko‘rsatgan nomzodni mansabga ega qilishlik uchun harakat qilib ko‘rdi. Ahvol keskinlashib ketib va ixtilofga aylanib ketishligidan havf etgan Umar (r.a) o‘rinlaridan turib Abu Bakr (r.a)ga «Qo‘lingizni cho‘zing, men sizga bay’at beraman», dedilar.

Abu Ubayda ham o‘rinlaridan turib, «Menoramizda Rasulullohga g‘orda ikkinchi hamroh bo‘lgan kishi turib ushbu ishga u janobdan ilgari qo‘l urmasmen», dedilar va qo‘llarini Abu Bakr (r.a)ga bay’at berishlik uchun uzatdilar.

O‘sha ovda Abu Bakr (r.a)ga bay’t berdilar. Muxojir va ansorlar ham birin-ketin Abu Ubaydaga ergashib Abu Bakr (r.a) raziyallohu anhuga bay’at bera boshladilar. Oxiri xammalari Abu Bakr (r.a) mu-sulmoilarning halifalari deb tan olib bay’at berib bo‘ldilar. Abu Bakr (r.a) raziyallohu anhuga bay’at berilib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib so‘zlashga botshtadilar.

Avvalo Olloh taologa hamd va sano aytganlaridan keyin o‘zlarini xalifalik mansabiga minganlaridagi birinchi hutbani irshod etdilar. U quyidagi mazmundan iborat edi:

— Ey odamlar, men sizlarga ishboshi bo‘ldim, aslida sizlardan ko‘ra yaxshIroq emasman. Bas, agar ishni to‘g‘ri olib borsam, menga yordam beringlar va agar noto‘g‘ri qadam qo‘ysam, meni to‘g‘rilab qo‘yinglar. Rostlik Olloh tomonidan berilgan omonatdur. YOlg‘onchilik esa xiyonatdur Sizlarning ichlaringizda zaif sanalganlar mening qoshimda quchlidir. Toki haqqini zo‘e etmay undirib bergum, inshoolloh, ichlaringizda kuchli deb e’tibor etiladiganlar mening qoshimda zaifdur. Toki birovning haqqini undan oldirib bergum, inshoolloh, qaysi bir qavm Olloh yo‘lida jihod etishlikdan tiyilsa, albatta Olloh ularga xorlik libosini kiyguzur. Qaysi bir qavm ichida yaramas buzuq ishlar avj olsa, barchalarini balo yakson etur.

Sizlar men Ollohga va Rasuliga qanchalikitoat etsam, menga shunchalik itoat etinglar. Agar men ularga itoat etmay, osiylik qilib o‘z xohishim yo‘liga kirib ketsam, u takdirda sizlarga itoat etishlik lozim bo‘lmay qoladi. Namozlaringazga turinglar! Olloh sizlarga rahm etsin!..

Avvalda ba’zi bir bani Hoshim ularning ichlarida Ali ibni Abu Tolib ham Abu Bakr (r.a)ga bay’t berishliqdan bosh tortib turdilar. BIroq uzoq vaqt o‘tmay hammalari bay’at etishdi.



Zero, Abu Bakr (r.a) raziyallohu anhuning yurgizgan go‘zal siyosatlari, Qur’on va sunnat talablariga binoan yuritgan ish uslublari Ali ibni Abu Tolib kabi Islom donishmandini ham Abu Bakr (r.a)ga ixtiyoriy ravishda sidqidildan bay’t berishlikka undagan edi.

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish