Ўзбекистон халқаро ислом академияси



Download 1,97 Mb.
bet37/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

Tayanch so‘z va iboralar: Ora-ochiqlik Deklaratsiyasi, , Sira, zu-Xulayfa, al-Juha, Zot Irq, YAlamlam, Tarviya, Arafot, Rabi’a ibn Umayya, O.G.Bolьshakov, Muzdalifa, Xalifatu rasulillohi

Abu Bakr hajji paytida “Ora-ochiqlik Deklaratsiyasi”ning e’lon qilinganidan so‘ng 1 yil o‘tib, qadimdan Ka’bani muqaddas deb hisoblab kelgan arab qabilalarining barchasi islomni qabul qilgach, Muhammad (sav)da katta haj marosimini shaxsan o‘zi bexavotir boshqarishi imkoniyati tug‘ildi. O‘tgan yili ham haj Payg‘ambar ko‘rsatmasiga muvofiq oldingilaridan farqli, boshqacharoq o‘talgan, ammo Abu Bakr hali musulmonlar uchun to‘liq o‘rnak bo‘laolmas, qolaversa, u haj marosimida musulmonlar juda ozchilik, atigi 300 kishini tashkil qilgan, aksar ko‘pchilik mushriklardan iborat bo‘lgandi. Endigi haj “Ora-ochiqlik Deklaratsiyasi”ga ko‘ra, shak-shubhasiz, to‘la musulmoncha bo‘ladi, garchi Qur’onda haj marosimining batafsil vasfi berilgan bo‘lmasada, Muhammad (sav) uning Allohga maqbul tarzda o‘tishiga ishonchi komil edi.

“Sira” mualliflari o‘sha yili hajga borgan musulmonlar soni xususida juda katta raqamlarni keltirishadi: 90 mingdan 114 minggacha. Payg‘ambar o‘zi hajni boshqarishi haqidagi xabar bir zumda butun Arabiston bo‘ylab tarqalib ketdi. Madina atrofidan kelgan hojilar 60 ming kishiga etdi. Payg‘ambar o‘zi bilan barcha ayollarini, qurbonliqka esa, 100 tuya oldi. Karvon Madinadan 25 zul-qa’da, shanba kuni yo‘lga tushib, 9 kun deganda, 5 zul-hijja, seshanba kuni Makkaga etib keldi. Yo‘lda, Makkaga taxminan 11 km etmasdan, zu-Xulayfa degan joyda, Muhammad (sav) tunni o‘tkazdi va ertasi ertalab oddiy kiyimini echib, ehromga kirdi – shu ondan boshlab, u Alloh nigohi oldida namoyon bo‘lib, uning uchun barcha dunyoviy va nopok narsalar harom (man’) qilindi. Abu Dovud aytishicha, o‘sha paytdan e’tiboran har tarafdan keluvchi hojilar ehromga va Makkaga kirishi uchun miyqotlar (o‘tish joylari) belgilangan: zu-Xulayfa – madinaliklarga, al-Juha – suriyaliklarga, Karak – najliklarga, Zot Irq – iroqliklarga va YAlamlam – yamanliklarga. Ehromga kirarkan, Payg‘ambar xitob qildi: “Labbayka, Allohumma, labbayk; Labbayka, la sharika laka, labbayk; Innal hamda van-ni’mata laka val-mulk; La sharika laka!” (Senga labbay deyman, Allohim, labbay; Sening xizmatingdaman, Sening sheriging yo‘q; Barcha hamdu-sano, barcha ne’mat va qudrat faqat Sengagina tegishli; Sening sheriging yo‘q!) Umuman olganda, bu so‘zlar biroz boshqacharoq shaklda mushriklarga ilgari ham tanish edi, ammo endi ular sof musulmoncha ma’no kasb qilaboshladi. Hojilarning barchasi Payg‘ambarga jo‘r bo‘lib, bu so‘zlarni baland ovozda ishtiyoq bilan kuyga solib aytdilar. Makkada hojilarga YAmandan etib kelgan Ali qo‘shildi.

Payg‘ambar dastlab umra amalini ado etdi: al-Qasva tuyasida Ka’ba 7 marta tavof qilindi, Safo va Marva orasida 7 marta sa’y qilindi. Tavofdan so‘ng 2 rakat namoz o‘qildiki, bu – endi haj bevosita Alloh uchun bajarilayotgani, butparastlik illatlaridan xalos bo‘lganini anglatardi. SHundan keyin Ka’ba ustiga kisva yopildi. Muhammad (sav) sochni olmadi, hech kim qurbonlik qilinmasdan oldin sochni olmasin, degan ko‘rsatma berildi. Umrani ado etgach, Payg‘ambar ehromdan chiqib, o‘z kiyimini kiydi va boshqalarga ham shunday qilishni qat’iy buyurdi.

“Tarviya”- suv bilan ta’minlash nomini olgan zul-hijja oyining 8- kuni Ka’ba yana bir bor tavof qilingach, bevosita haj marosimi boshlandi. Muhammad (sav) va barcha hojilar Minoga yo‘l oldilar. U erda namozlar o‘qilib, chodirlarda tun o‘tkazilgach, 9-zul-hijjada bomdod namozi ado etilib, Quyosh ko‘tarilgandan so‘ng Arafot tog‘iga qarab yurildi. Mino va Arafotda sanamlar yo‘q qilingan bo‘lsada, ularning turgan joylari ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan edi. Muhammad (sav) Arafot to‘lig‘icha harom (muqaddas) deb baland ovoz bilan xitob qildi. Musulmonlar unga jo‘r bo‘lib, “Labbayka, Allohumma, labbayk...” ni kuyladilar. Peshin namozi o‘qilgach, Arafot tepaligida o‘zining al-Qasva tuyasiga o‘tirgan holda Rasululloh mashhur xutbasini o‘qidi. Odamlar juda ko‘p bo‘lgani va katta maydonda yoyilib ketgani bois, uning so‘zlarini baland va kuchli ovozga ega bo‘lgan Rabi’a ibn Umayya peshma-pesh qaytarib turdi: “ Ey, insonlar! Bilasizlarmi, hozir qaysi oy?”- dedi Rasululloh. “Muqaddas (harom) oy”-javob berishdi, hojilar. “Alloh bu oyni muqaddas qilgani kabi sizlarning qoningiz va molingizni ham muqaddas qiladi. Ey, insonlar! Gapimga quloq solinglar, bilmadim, kelasi yil shu erda sizlar bilan yana uchrashamanmi-yo‘qmi? Sizlarning qoningiz va molingiz Alloh bilan uchrashguningizcha muqaddas (harom), shu kun, shu oy, shu haj – muqaddas. Alloh qasamlarni bekor qildi, qarzlar (ribo)ni bekor qildi. Hech qanday ribo bo‘lishi mumkin emas. Birinchi navbatda Abbos ibn Abdul Muttalibning ribolari bekor qilindi. Johiliya davrida to‘kilgan qon uchun qasos olinmaydi, Alloh qasosni man’ qildi. Ey, insonlar! Bu erda shayton hukm yuritishga ojizlik qiladi, ammo siz unga sig‘insangiz, u sizlarga to‘r qo‘yadi va Alloh oldida barcha qilgan ishlaringizni puchga chiqaradi. SHaytondan ogoh bo‘lingiz! Osmon va Erni yaratgan kunidan e’tiboran vaqt Allohnikidir va shunday bo‘lib qolaveradi. Yil 12 oydir, unga qo‘shimcha qilish kufrni ziyoda qiladi , bu – SHaytonning ishi.

Sizning o‘z ayollaringizda haqqingiz bor, ayollaringizning – sizda. Siz ulardan o‘rinlaringizni pok saqlashni, noloyiq ishlarni qilmaslikni talab qilishga haqqingiz bor, aks holda Alloh ularni berkitib qo‘yish va og‘rimaydigan qilib urishga ruxsat beradi. Quloq solishsa, ular sizdan yaxshilik bilan edirish va kiydirishni talab qilishga haqlari bor. Ayollaringizning qilmishiga bag‘rikenglik bilan yondashing – axir, ular o‘zlarini tiyaolmaydigan asiralaringiz; siz ularni Allohning qonuni va Allohning so‘zi bilan (nikohingizga) olgansiz. Quloq solinglar, mening so‘zlarimga, ey, insonlar!

Ey, insonlar! Mo‘min – mo‘minning birodari, barcha mo‘minlar – birodardirlar. Birodaringizdan faqat o‘zi rozi bo‘lib bergan narsani oling, shunda xato qilmaysiz. Mening so‘zlarimni fahmladingizmi?” “Fahmladik”,- deya javob qilishdi, hojilar. “Sizlarning fahmlaganingizga Alloh shohid,-dedi Payg‘ambar va so‘zida davom etdi: Men sizlarga qoldirayotgan narsani mahkam ushlanglar – adashmaysizlar: Allohning kitobi – aniq ko‘rsatmani qoldirayotman sizlarga.Men sizlarga aytayotgan so‘zlarimga quloq solinglar! Imon keltiringlar, Alloh – yagona, o‘lish va tirilish – barhaq. Qabrdan qiyomat sudiga chaqirilish vaqti oldindan belgilab qo‘yilgan. Imoningiz komilmi?..

Bu – Payg‘ambar Arafotda qilgan xutbaning taxminiy matni. Deyarli barcha o‘rta asr arab manbalarida bir-biridan juz’iy farqlar mavjud bo‘lsada, asosan shu mazmun mujassamlangan. Ushbu xutba o‘qilgan tepalik hozir ham mavjud; u erda belgi sifatida uch qirralik tosh qo‘yilgan, ya’ni aynan o‘sha erda xutba o‘qilganiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Ammo ba’zi tadqiqotchilar, masalan, O.G.Bolьshakov “Istoriya xalifata” kitobining Payg‘ambar davriga bag‘ishlangan 1-jildida: “Muhammad hojilarga islomning asosiy ko‘rsatmalarini bayon qilgan nutq bilan Minoda peshin namozidan keyin murojaat qildi”,-deb yozadi va deyarli biz yuqorida keltirgan mazmunni qaytaradi. Bizningcha, bu erda katta ixtilof yo‘q, zero ertasi kuni Minoda ham xutba o‘qilgan va oldin aytilgan gaplarning ba’zilari takrorlangan. Qanday bo‘lganda ham Arafotni haj paytida deyarli barcha arab qabilalari ziyorat qilishar, ammo Quraysh buni o‘ziga ep ko‘rmasdi. Arafotda albatta turishni musulmon haj marosimiga kiritib, Payg‘ambar Makka atrofidagi muqaddas joylarni hurmat qiluvchi barcha qabilalar urf-odatlarini yaqinlashtirishga erishdi.

Avvallari mushriklar Arafotda ko‘p ham turmasdan shovqin-suron bilan Muzdalifaga shoshishar, tezroq uning yonbag‘irlarida gulxan yoqishga oshiqardilar. Ammo Muhammad (sav) u erda obdon Quyosh botishini kutdi, so‘ngra atayin oxistalik bilan hojilarni Muzdalifaga olib bordi. Yo‘l – yo‘lakay u odamlarga “As-sakina, as-sakina” (o‘zbekchasiga “sekin, sekin”), deb borardi. Muzdalifada hojilar katta gulxanlar yoqdilar va shovqin-suronni davom ettirdilar. Bundan atigi ikki yil avval bahaybat Quzoh – momaqaldiroq sanami turgan joyda hojilar to‘planishga harakat qilgandilar, Muhammad (sav) bunga yo‘l qo‘ymadi. Muzdalifa butunlayicha ziyoratgoh – uning hamma eridan Allohga iltijo qilish darkor: Labbayka, Allohumma, labbayk... Muzdalifada Payg‘ambar shom va xufton namozlarini qasr qilib va qo‘shib o‘qidi so‘ng bomdod namozini ham ado etib, Quyosh chiqquncha kutmasdan, hali qorong‘uda hojilarni Mino vodiysiga boshlab ketdi. Johiliya davrida doimo oy taqvimini qo‘shimcha kunlar bilan tuzatishib, haj marosimini bahorgi, kun va tun teng bo‘ladigan paytiga to‘g‘rilashar, zero ayni vaqtda bu Quyoshga sig‘inuvchilarning bayrami ham edi. Allohdan kelgan vahiy bilan bu amaliyotga chek qo‘yildi: oy taqvimiga kunlar qo‘shish man’ qilindi. Bundan buyon haj yilning turli fasllariga to‘g‘ri keladigan va uning butparastlik, Quyosh va sayyoralarga sig‘inish bilan bog‘liq joylari barham topdi. Ba’zilar Muhammad (sav)ga yozning jazirama issiq kunlari hajni ado etish qiyin bo‘ladi, deb shikoyat qildilar. Bunga javoban Payg‘ambar: “Haj bu – Alloh uchun qurbonlikdir, qurbonlik esa engil bo‘lmasligi kerak”,-degandi.

Mino vodiysida oldingidan faqat uchta timsol qoldirildi – bundan buyon ular kichik, o‘rta va katta shaytonlarni ifodalaydigan bo‘ldi. Qadimdan davom etib kelayotgan shaytonga tosh otish marosimi yangicha ma’no kasb qildi: endi musulmonlar Muzdalifa tog‘i yonbag‘rida terib olingan mayda toshlarni har biriga otib, shayton bilan harqanday aloqadan voz kechayotganini namoyish etishi kerak edi. Hozirgi kunda ham Muzdalifada 49 ta mayda tosh terib olinadida, Qurbon hayiti kuni Katta shaytonga 7 ta, so‘ng ikki kunda qolgan ikkitasiga 21 tadan tosh otiladi. Bu jarayonda ham “Labbayka ...” aytiladi, zero bu er ham muqaddas hisoblanadi. Minoda musulmonlarning qurbonlik qilishlari ham endi musulmoncha ma’no, ya’ni Ibrohim (as) o‘g‘lilari Ismoil (as)ni Allohga qurbon qilmoqchi bo‘lganlari bilan bog‘landi. Butun Mino vodiysi muqaddas ziyoratgoh, deb e’lon qildi Muhammad (sav): musulmonlar oldin sanamlar turgan joylarda qurbonlik qilishlarining oldini olish kerak edi, chunki qurbonlik faqat Alloh uchun qilinadi. Muhammad (sav) keltirilgan 100 tuyadan 63 tasini, ramziy ma’noda o‘zining har yoshiga bittadan o‘z qo‘li bilan qurbonlik qildi. Qolgan 37 tuyani YAmandan kelib qo‘shilgan Ali qurbonlik qildi. Bu marosimdan so‘ng odatda ko‘pchilik ziyoratchilar hajni tugatadilar, soch-soqolni olib, ehromdan chiqadilar va kundalik hayotlariga qaytadilar. Bu safar ham yon-atrof chodirlarga to‘lib ketdi, savdogarlar mollarini yoyib tashladilar, afsungarlar, shoirlar, qo‘shiqchilar butun Arabistondan bu erga to‘plangandilar – mashhur Mino yarmarkasi avj olib ketdi. Qurbonliqqa so‘yilgan mollar go‘shtining uchdan biri kambag‘allarga mo‘ljallangan, ular to‘ygunlaricha eb, xursandchilik qilishlari mumkin. “Englar, ichinglar, xursandchilik qilinglar – Alloh shunday buyuradi”, ­­- deb xitob qildi, Payg‘ambar; butparastlarning bu sevimli bayrami islomning pokligiga xalal bermasdi. Mino vodiysidan Muhammad (sav) yana Makkaga qaytib, Ka’baning vidolashuv tavofini ado etdi, Zamzam suvidan ichganidan so‘ng sochni olib, ehromdan chiqdi; shu bilan Payg‘ambarning hajji tugadi.

Qurbon hayiti, ya’ni 10-zul-hijja kuni ham Payg‘ambar xutba qildi, unda kecha aytilgan ba’zi gaplarni yana bir bor tasdiqlash uchun qaytardi. Yilda 12 oy borligi haqida gapirib, undan 4 tasi muqaddas – 3 tasi ketma-ket: zul-qa’da, zul-hijja, muharram, ya’ni 11-nchi, 12-nchi va yangi yilning 1-nchi oyi, to‘rtinchisi esa – alohida, ettinchi oy – rajab, jumodil oxira va sha’bon o‘rtasida kelishini ta’kidladi. Bu bilan johiliya davrida muqaddas hisoblanib kelgan mazkur oylar islomda ham qonuniylashtirildi. Ma’lumotlarga qaraganda, eslatilgan ikki xutbadan tashqari ham Payg‘ambar ushbu haj asnosida turli masalalarda ko‘p fikrlarni bildirgan. Zamonaviy mualliflar ko‘pincha ularni umumlashma tarzda xutba matni qilib berishadi. Ammo barcha musulmon tarixchilari, o‘rta asrdagilari ham, zamonaviylari ham yakdil fikrdalarki, Arafotdagi xutbadan biroz keyin Payg‘ambarga: “...al-yavma akmaltu lakum diynakum va atmamtu alaykum ni’matiy va radiytu lakum al-Islama diynan...” “...bugun diningizni kamoliga etkazdim, ne’matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islom din bo‘lishiga rozi bo‘ldim...” degan ma’nodagi Moida surasi, 3-nchi oyatining parchasi vahiy bo‘lib keldi va u uni shu zahotiyoq e’lon qilgan.

Bu – islom diniy ta’limot va aqida sifatida to‘liq shakllanib bo‘lgani va Muhammad (sav)ning payg‘ambarlik risolasi poyoniga etayotganini anglatardi. Aytishlaricha, bir ma’lumotga ko‘ra Abu Bakr, boshqasiga ko‘ra Umar, Payg‘ambar ushbu vahiyni e’lon qilgan pallada yig‘lab yuborgan. Muhammad (sav) buning sababini so‘raganda, Umar: “Biz e’tiqodimiz uchun borgan sari ko‘p narsalarni olishga o‘rganib qolgandik, kamolotdan so‘ng faqat nuqson kelishi mumkin”,-degan. “Haq gapni aytding”,- deb buni tasdiqlagan Payg‘ambar. Imom Buxoriy o‘z “Sahih”ida Tariq ibn SHihobadan rivoyat qilishicha, yahudlardan biri keyinchalik Umarga, agar bizga shunday oyat tushsa, u kunni bayram qilardik, degan ekan. Umarning, qaysi oyatni ko‘zda tutyapsan, degan savoliga, u, o‘sha “al-yavma akmaltu lakum dinakum...”,-debdi. SHunda Umar: “Men bu oyat qaerda va qachon nozil bo‘lganini juda yaxshi bilaman, o‘shanda Allohning rasuli Arafotda turgan edi”,-deb javob qilibdi.

SHu o‘rinda Payg‘ambar necha marta haj qilgan, degan bir savol tug‘iladi. Javob – aniq: u kishi Makkada yashagan paytlarida har yili haj qilishlari mumkin edi, lekin islom arkonlariga muvofiq hajni bir va oxirgi marta 632 yilda ado etganlar.Taqdir taqozosi bilan “vidolashuv hajji” deb nom olgan bu marosim paytida Payg‘ambar bajargan amallar va aytgan gaplari bekamu-ko‘st yozib olingan va hozirgi kunda ham haj hech o‘zgarishsiz, o‘sha asosda bajariladi. Demak, 632 yilda Payg‘ambar o‘zining birinchi va oxirgi bor islomiy hajjini ado etdi. Unda misli ko‘rilmagan miqdorda – 100 mingdan ortiq hoji qatnashdi: ular orasida bironta ham mushrik yo‘q edi.

Afsuski, ayni o‘sha kunlari, balki undan biroz oldinroq, Rasulullohning ba’zi so‘zlari va tasarrufotlarida payg‘ambarlik vazifasi nihoyasiga etayotgani namoyon bo‘laboshlagan edi. Masalan, “vidolashuv hajji”ga otlanishdan 2 oy oldin, Ramazon oyida u odatdagidek 10 kun emas, 20 kun uydan tashqariga chiqmadi. Arafot tog‘idagi xutbada oshkora: “Bilmadim, balki bu yildan keyin bu erda sizlarni hechqachon ko‘rmasam kerak”,-degandi. Ertasi kuni Minodagi xutbada ham shu fikr takrorlandi: “Mendan haj qonun-qoidalarini qabul qilib olinglar, balki bu yildan keyin hajga kelmasman.” An-Nasr surasi “vidolashuv hajji”ning oxirgi kunlari nozil bo‘lgandi. Bularning barchasini Muhammad (sav) yaqinlashib kelayotgan ajalning belgilari deb qabul qilgandi.

11-hijriy yil safar oyining boshlarida Payg‘ambar Uxud tog‘iga ko‘tarildi, shahidlar haqqiga duo qilib, minbarga yaqinlashdida, dedi: “Men sizlar uchun o‘tgan zamonman, sizlarning himoyangiz uchun guvohlik berguvchiman, hozir hayratdaman, kimni himoya qilishim kerak ekan, deb. Hudo haqqi, mendan keyin mushrik bo‘lib qolasizlar, deb qo‘rqmayman, boshqa narsadan – bir-biringiz bilan raqobatlashasiz, deb qo‘rqaman”.

SHu oyning o‘rtalarida, tunda, yolg‘iz xizmatkori Abu Muvahiba xamrohligida Rasululloh “al-Baqi’” qabristonini ziyorat qildi, u erda yotganlardan uzr so‘rab, dedi: “Salom sizlarga, e, qabr egalari! Sizlarning vafotingiz – bizning baxtimiz. Biri-biridan og‘ir kulfatlar mangulik mavjlari singari oqib kelmoqda. Biz sizlarga borib qo‘shiluvchilarmiz.” (inna bikum lalahiqun),- deya so‘zini tugatdi, Payg‘ambar. Safar oyining oxirgi kunlarida Payg‘ambar Baqi’ qabristonida dafn marosimida qatnashdi va qaytishda to‘satdan qattiq bosh og‘rig‘i boshlandi, isitma shu darajada baland ko‘tarildiki, boshdagi peshonabog‘ jiqqa xo‘l bo‘ldi. Bu – vafotlari oldidan ikki xafta davom etgan og‘ir dardnig boshlanishi edi.

Payg‘ambarning vafotidan bir xafta oldingi voqealar manbalarda batafsil keltiriladi. Sog‘liq keskin yomonlashganga qaramay, Payg‘ambar bir amallab, hamrohlar yordamida masjidga chiqar va jamoat namozini boshqarardi. Maymuna onaning xonasida bo‘lgan paytida Payg‘ambar birinchi bor xushidan ketdi, o‘ziga kelgach, o‘rnidan ko‘tarila olmadi. SHundan keyin ayollar u kishini Oysha ona ixtiyoriga topshirishga qaror qildilar, Ali va Abbosning o‘g‘li Fazl ikkovlon boshlari quyi tushgan, oyoqlari yurib emas, sudralib borayotgan Rasulullohni xovli uzra etaklab o‘tishdi. Maymuna ona Habashistondan olib kelgan qandaydir giyolar bilan davolamoqchi bo‘lgandi, Muhammad (sav) bunga qat’iyan rozi bo‘lmadi.

Vafotdan 5 kun avval qattiq bosh og‘riqdan Rasululloh yana bexush bo‘ldilar. Zamonaviy tibbiyotda shu narsa ma’lumki, agar tanasida chidab bo‘lmaydigan darajada og‘riq tursa, kishi xushdan ketarkan. Buni, ta’bir joiz bo‘lsa, Allohning o‘z bandasiga marhamati deb qaramoq kerak. O‘zlariga kelgach, Rasululloh Madinaning etti qudug‘idan suv keltirishni iltimos qildilar. Suvni keltirdilar va u kishini taxtaga o‘tqizib, “bo‘ldi. etar” degunlaricha, boshlaridan sovuq suvni quyib turdilar. Payg‘ambar biroz engil tortganday bo‘ldilar va ustki kiyimga o‘ralib, boshlariga choyshab tashlagan holda masjidga kirdilarda, minbarga o‘tirdilar. Allohga hamdu-sanolar aytib, dedilar: “E. Odamlar! Menga yaqinroq kelinglar!” Odamlar yaqinlashgach: “O‘z payg‘ambarlarining qabrini sajdagohga aylantirganlarga Allohning la’nati bo‘lsin! Mening qabrimni sajda qilinadigan sanamga aylantirmanglar!”,- deb so‘zda davom etdilar. So‘ng yana minbarga o‘tirib, adovat, saxovat va yana boshqa narsalar xususida so‘zladilar. SHu asnoda kimdir Payg‘ambar undan uch dirham qarz ekanini eslatdi. Payg‘ambar Fazlga u mablag‘ni berishni buyurdilar. SHundan so‘ng muhojirlarga murojaat qilib, ansorlarga nisbatan bag‘rikeng munosabatda bo‘lishga chaqirdilar. Abu Bakr haqida gapirib: “Men uchun eng aziz va saxiy inson bu – Abu Bakrdir. Agar Allohdan boshqa habib tanlash mumkin bo‘lganda, albatta, abu Bakrni tanlagan bo‘lardim. Abu Bakr eshigidan boshqa masjidga chiqadigan barcha eshiklarni yopib qo‘yinglar!”-dedilar.

Vafotlaridan 4 kun avval yana qattiq og‘riq turgan paytda Muhammad (sav) atrofdagilardan yozish uchun biror narsa keltirishlarini iltimos qildilar, chamasi, bir narsani yozdirmoqchi (imlo qilmoqchi) edilar. Xonada odam ko‘p edi, turli gaplar aytildi. Umar, hozir u kishida bezgak holati, nimani ham yozdirardilar, qo‘limizda Allohning kalomi – Qur’on bor, dedi. Kimdir, yaqinroq boringlar, Rasululloh yozsin yoki yozdirsin, dedi. G‘ala-g‘ovur tinmagach, Payg‘ambar: “Hammanglar nari ketinglar mendan”,- deb xitob qildilar. SHu kungacha Payg‘ambar masjidda musulmonlar bilan birga namoz o‘qib kelgandilar, hatto o‘sha kuni shom namozini jamoat bilan ado etdilar. Xufton namozi vaqti yaqinlashganda Muhammad (sav) masjidga chiqishga quvvatlari kelmadi. U kishi xushdan ketib, yana o‘zlariga kelganda, Oysha ona aytishlaricha, odamlar namoz o‘qib bo‘lishdimi, deb so‘radilar. Yo‘q, Sizni kutishayapti, deyishdi. Tahorat uchun suv keltirishni buyurdilar. Tahorat olib, otlanishlari bilan, yana xushdan ketdilar. Bu holat uch marotaba qaytarildi. Bo‘ldi. Tamom. Hech chora qolmagach, Abu Bakrga odamlar bilan namoz o‘qishni buyurdilar. SHunday qilib, Payg‘ambar hayot paytida 17 marta jamoat namozini Abu Bakr boshqardi: to‘rt kun avval –xufton, uch kun – 5 mahaldan, oxirgi kun – bomdod namozi. Uch-to‘rt marta Oysha ona Payg‘ambarga murojaat qilib, odamlar buni yomon xosiyat hisoblamasinlar, deb Abu Bakrni imomlikdan ozod qilishni so‘radilar. Payg‘ambar qat’iyan rad javobini berdi.

Jobir aytishicha, vafotlaridan uch kun avval Payg‘ambar: “Vafot topayotgan har bir mo‘min Alloh to‘g‘risida faqat yaxshi fikr qilsin”,-deganlar. Bu erda shunday ma’no borki, ajali etayotgan kishi nolimasligi, nechun menga Alloh ajalni ravo ko‘ryapti, degan fikrdan yiroq bo‘lmog‘i kerak. Masalan, oramizda o‘zining rak kasaliga duchor bo‘lganini bilib turib: “Bergan dardingga ham shukur”,-deydigan mo‘min-musulmonlar bor.

SHanba yoki yakshanba kuni Payg‘ambar biroz o‘zlarini engil his qildilar va ikki kishi xamrohligida peshin namozini jamoat bilan o‘qish uchun masjidga chiqdilar. Namozni boshqarayotgan Abu Bakr u kishini ko‘rib, namozni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, ammo davom etishni imo qilib, Rasululloh xamrohlaridan Abu Bakr yoniga o‘tqizishni so‘radilar. U kishini Abu Bakrning chap yoniga o‘tqizdilar. Abu Bakr Payg‘ambarga iqtido qilgan bo‘ldi, odamlar esa faqat takbirni eshitib turdilar.

Vafotlaridan bir kun avval qo‘l ostilaridagi barcha qullarga yuridik ozodlik berdilar, yonlarida mavjud bo‘lgan 6 yoki 7 dinor pulni xayr-ehson qildilar, o‘zlariga tegishli bo‘lgan qurollarni musulmonlarga tuhfa etdilar. 8-iyun – vafot topgan kunlari, bomdod namozi paytida Oysha onaning masjidga qaragan derazasida parda ochilib, chiroyli tabassum qilib turgan Payg‘ambar ko‘rindi. Behad xursand bo‘lib ketgan musulmonlar namozni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi, ammo u kishi davom etishni imo qildilar. Bu manzaradan so‘ng ko‘pchilik eng yaqin sahobalar, Payg‘ambar og‘riqlardan forig‘ bo‘ldi, deb hisoblab, o‘z yumushlari bilan tarqab ketdilar. Rasululloh esa bu paytda birdan-bir hayot farzandlari Fotimani, nabiralari – Hasan va Husaynni, nikohlaridagi barcha ayollarini vidolashish uchun huzurlariga chaqirdilar. Bir necha soatdan so‘ng Payg‘ambarning jonlari uzildi. Ayollarning qiy-chuv faryodi Muhammad (sav)ning ajali etganini butun Madinaga ma’lum qildi.

Hechqachon g‘ayritabiiy va mo‘jizakor salohiyatga da’vo qilmagan, ammo bashariyat tarixidagi oxirgi diniy ta’limotga asos solgan buyuk donishmand shunday rozi-rizolikda, ko‘ngil to‘qlikda vafot topdi. Muhammad (sav) o‘zidan keyin mustaqil faoliyat ko‘rsatish uchun lozim bo‘lgan barcha narsani – inson va Xudo munosabatlarining umumiy konsepsiyasidan tortib, aniq belgilangan marosimchilikkacha o‘z ichiga olgan, muhimi, ona tilida va ular uchun tushinarli obraz va tasavvurlarda ifodalangan, juda puxta ishlangan, kuchli mantiqqa asoslangan, tugal diniy tizimni qoldirdi. Muhammad (sav) yangi, qabilalar ustidan turgan va ongli ravishda unga mansub bo‘lishni anglab etgan odamlar jamoasini tuzishga erishdi. Qanchalik bu xususda bahs-munozara yuritilmasin, o‘z vafotidan oldin Payg‘ambar diniy-siyosiy jihatdan butun Arabiston qabilalarini birlashtirgan va ko‘lami jihatidan o‘sha davrning ikki buyuk davlati – Vizantiya va Eronga teng keladigan imperiyani barpo qildi. Ammo ayni paytda shuni ham tan olish kerakki, bu birlashish birinchi navbatda Payg‘ambarning shaxsi bilan bog‘liq edi, alohida odamlar yoki qabila boshliqlari umumjamoaga emas, shaxsan Muhammad (sav)ga qasamyod qilgan edilar. YAngi siyosiy ittifoqqa kirishning asosiy shakli islom dinini qabul qilishda o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, bu ittifoqni boshqargan shaxs boshqa hech kimda mavjud bo‘lmagan qudratga ega edi. Ana shunday qudratli Zotning vafot etishi bilan ilgarigi aloqalar va majburiyatlar, qaysidir ma’noda, kuchini yo‘qotardi. Payg‘ambardan keyin davlatni boshqaradigan shaxsdan diniy ilhom vositasida tuzilgan jamoa – birikmani endi siyosiy usullar bilan saqlab qolishi talab qilinardi.

O‘zidan keyin Muhammad (sav) mo‘minlar jamoasini kim boshqarishini aytib ketmagan, hech kim undan bu haqda so‘ramagan ham edi. Ammo eng nufuzli hisoblangan Imom Buxoriy va Imom Muslim “Sahih”larida ta’kidlanishicha, vafotlaridan to‘rt kun avval yozish uchun biror narsa so‘raganlarida Muhammad (sav) aynan o‘zlaridan keyingi merosxo‘rning ismini aytmoqchi bo‘lganlar, atrofdagi g‘ala-g‘ovurni ko‘rgach, bu fikrdan qaytganlar, Oysha onaga esa, alohida: “Uni (Abu Bakrni) duo qil, musulmonlar Abu Bakr xususida ixtilof qilishlaridan Alloh asrasin!”-deganlar.

Rasulullohning vafoti Madina ahlini larzaga soldi. To Abu Bakr etib kelguncha, mash’um xabar tarqalib bo‘lgan, masjid sahni olomon bilan to‘lgan edi. Umarning tasarrufotlari shu asnoda g‘alati kechdi. Oysha ona ta’kidlashicha, u ayollar dod-faryodini eshitib, erkaklardan deyarli birinchi bo‘lib etib keldi va al-Mug‘ira ibn SHu’ba bilan birgalikda uzr so‘rab, ichkariga kirdi. Oysha ona, mana bir soatcha bo‘ldiki, Rasululloh o‘ziga kelmayapti, dedi. Umar Payg‘ambarning yuzini ochib ko‘rib, ha, bu – Rasululloh boshdan kechirgan eng kuchli xushdan ketishga o‘xshaydi, deb yuzni yopdi. Al-Mug‘ira esa ostonaga yaqinlashgach, oxista: “Umar, Rasululloh salloloh alayhi va sallam vafot qilibdilar”,-deydi. Umar esa jahl bilan: “YOlg‘on! Rasululloh o‘lmagan va munofiqlarni bittasini qoldirmay qirib tashlamaguncha o‘lmaydi ham. Sen esa - fitnachisan”,- deydi. U masjid sahniga chiqib ham Payg‘ambar vafotiga ishongan odamlarni haqoratlay ketdi, Muhammad (sav) o‘lmagan, vaqtincha Alloh huzuriga chaqirilgan va, albatta, Muso alayhissalom kabi 40 kundan keyin jamoaga qaytadi, deb odamlarni ishontirishga harakat qildi. Xo‘sh, Umarning bunday tasarrufotini qanday izohlash mumkin? CHamasi, zamonasining etuk insonlaridan hisoblangan Umardek kishi jamoa boshiga tushgan bunday kulfatdan birinchi lahzada esankirab qolgan, o‘zini qanday tutishni bilmagan, to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun unga vaqt kerak bo‘lgan.

SHu asnoda qizining uyidan chiqib kelgan Abu Bakr vaziyatni to‘g‘ri baholab, Umarni gapdan to‘xtatdi va jamoaga shunday murojaat qildi: “Ey, odamlar! Muhammad (sav)ga e’tiqod qilgan bo‘lsangiz, bilingki, u vafot etdi. Kimki Allohga e’tiqod qilgan bo‘lsa, U – abadiy, o‘lmas!” SHundan so‘ng u Oli Imron surasinig 144-oyatini tilovat qildi:

Muhammad payg‘ambardir, xolos. Undan oldin ham payg‘ambarlar o‘tgan. Mabodo, u o‘lsa yoki o‘ldirilsa, ortingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?! Ortiga qaytgani bilan hech kim Allohga sira zarar etkaza olmas. Alloh shukr qiluvchilarni, albatta, mukofotlagay.”

Bu so‘zlar achchiq haqiqatni tasdiqlamoqda edi: jamoa dohiysiz qolgandi. Muhammad (sav) bir vaqtning o‘zida diniy ta’limot asoschisi, namoz boshqaruvchisi (imom), siyosiy rahbar, oliy bosh qo‘mondon, nizolarni ajrim qiluvchi-qozi vazifalarini bajarib kelgandi. Namozni boshqarish – imomlikni oxirgi kunlarda u Abu Bakrga topshirgan va bu hech kimning e’tiroziga uchramagandi. Bahs-munozara faqat oliy siyosiy hokimiyat borasida, Muhammad (sav)ga kim merosxo‘r bo‘lishi masalasida yuz berishi mumkin edi.

Hali bu masala bo‘yicha muhojirlarning rahbarlari bir qarorga kelib ulgurmagan ham ediki, bir guruh ansorlar banu So’ida mahallasida yig‘ilishib, Muhammad (sav)dan keyin davlatni boshqaradigan nomzodni muhokama qilishayotgani haqida xabar keldi. Abu Bakr, Umar, Abu Ubayda va boshqa birnecha muhojirlar zudlik bilan o‘sha majlisga etib bordilar. “Biz Allohning ansorlarimiz (yordamchilarimiz),-deb xitob qilayotgandi xazrajiylarning rahbari Sa’d ibn Uboda, - Sizlar esa xalqimizga qo‘shilib istiqomat qilayotgan bizning bir bo‘lagimizsiz. Demak, mo‘minlarning rahbari ansor bo‘lmog‘i darkor.” Boshqa ansorlar ham shu qabilda so‘z qotdilar. “Barcha aytganlaringiz to‘g‘ri ,- deb so‘z oldi, Abu Bakr,- ammo Qur’onda muhojirlarga afzallik berilgan:

Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida (toatida) mollari va jonlari bilan kurashganlar Alloh nazdida darajalari ulkan zotlardir va aynan o‘shalar yutuq egalaridir. Parvardigorlari ularga O‘z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne’matlari doimiy (bo‘lmish) jannat (bog‘)lari to‘g‘risida xushxabar berur. (Tavba, 20-21).

(U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan kambag‘al muhojirlarnikidir, zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaydilar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga yordam beradilar. Aynan o‘shalar (imonlarida) sodiqdirlar (Hashr, 8).

Bundan tashqari boshqa arablar qurayshiylardan bo‘lmagan kishining hukmini qabul qilmaydilar. SHuning uchun men sizlarga taklif qilaman, Umar yoki Abu Ubaydadan birini tanlanglar!” Muhammad (sav) bilan Badrdan beri doimo birga urushlarda qatnashib kelgan ansoriy Hubob ibn Munzir: “Mayli, bizga o‘zimizdan rahbar bo‘lsin, sizlarga – o‘zinglardan, ey muhojirlar”,- dedi. Bu taklif muhojirlar tomonidan qat’iyan rad etildi. Aksariyat arab manbalarida Umar ibn al-Xattob Abu Bakr saylanishida faol sherik bo‘lganini ta’kidlashadi. Ammo al-Balazuriyda g‘alati ma’lumot keltiriladi: go‘yo Umar Abu Ubaydaga yaqinlashib, unga bay’at qilajagini aytadi. Lekin Abu Ubayda achchig‘lanib: “Islomni qabul qilgan kuningdan to bu kungacha seni hech narsada ayblay olmayman, ammo qanday qilib, oramizda as-Siddiq (ya’ni Abu Bakr) – “ikkovidan ikkinchisi” (Qur’on iborasi: hijrat paytida Savr g‘orida Muhammad (sav) va Abu Bakr uch kun berkinib turganiga ishora) bo‘lsa-yu, sen menga qasamyod qilasan?”,-degan. SHundan so‘ng Umar shiddat bilan Abu Bakrga yaqinlashib: “Qo‘lingni cho‘z, yo Abo Bakr, men senga qasamyod qilaman”,- degan baland ovozda. Umardan keyin birin-ketin, dastlab muhojirlar, birozdan so‘ng o‘sha erda hozir bo‘lgan ansorlar Abu Bakrga qo‘l berib, qasamyod qildilar. Bu voqea – “bay’at al-Xossa” (alohida tanlangan shaxslar qasamyodi) nomini oldi. Ertasi kuni Madina masjidida “bay’at al-omma”, ya’ni barcha mo‘minlarning qasamyodi bo‘lib o‘tdi. SHu zaylda Abu Bakr “Xalifatu rasulillohi”, ya’ni “Alloh elchisining o‘rinbosari” degan unvonni oldi va u boshqaradigan, Payg‘ambar tuzib ketgan davlat qisqachasiga “Xalifat” deb atala boshladi.

Ko‘p manbalarda qasamyod jarayoni “faltatan” (kutilmaganda, to‘satdan) ro‘y bergani va birinchi navbatda muhojirlar-qurayshiylarni xotirjam qilish uchun o‘zining birinchi xutbasida Abu Bakr o‘ta ehtiyotkorlik qilgani qayd etiladi. O‘shanda Abu Bakr: “Mana, men sizlarning ichinglarda eng afzali bo‘lmasamda, menga qasamyod “faltatan” – to‘satdan bo‘lgani bois, rahbaringlar bo‘lib qoldim. Men bu vazifani isyon yuz berishi mumkinligidan qo‘rqib, qabul qildim... Men o‘z elkamga kuchim etmaydigan, ammo uni ko‘tarishim kerak bo‘lgan yukni oldim”,-degan ekan.

Umumiy qasamyod tugagach, Madina musulmonlari Payg‘ambar jasadi bilan vidolashuv uchun, barcha – faqat erkaklargina emas, ayollar va yosh bolalar ham – Oysha ona xonadoniga oqib kelaboshlashdi. Marhum jasadi atrofida eng yaqin qarindoshlar va Payg‘ambarning beva qolgan zavjalari o‘tirardilar, ziyoratchilar bir eshikdan kirib, boshqa eshikdan chiqib ketardilar. Abu Bakr: “Mening aniq esimda, Rasululloh, vafot etgan joyida dafn etilmagan birorta payg‘ambar o‘tmagan, deb aytgandilar” mazmunidagi keltirgan hadisiga muvofiq Muhammad (sav) ham vafot qilgan joyida dafn etildi.

Payg‘ambar o‘zidan keyin uning boshlagan ishini izchil va ishtiyoq bilan davom etdiruvchilarni qoldirib, hayotdan ko‘z yumdi. Islom ta’limotining din va ijtimoiy tizim sifatida muvaffaqiyat qozonishida ham ob’ektiv, ham sub’ektiv omillarning birdek ahamiyati katta. Ularning ichida eng muhim o‘rinni, shak – shubhasiz, o‘zini otashin notiq va vo’iz, sadoqatli targ‘ibotchi, orzuni hayot bilan, an’anani yangilik bilan, xalqchillikni yakka hokimlik bilan, halimlikni qat’iylik bilan bog‘lay olgan buyuk siyosiy arbob timsolida namoyon etgan Muhammad (sav) egallaydi. Zotan tarixda bir marta tashkil etilgan islom davlati aynan uning nomi bilan bog‘liqki, bu o‘z navbatida Muhammad (sav) shaxsining SHarq va G‘arb tarixidagi rolini belgilab beradi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish