Musulmonlarni Fors va Rumga qarshi jangga yuborish
Arab yarim orolini murtadlardan, soxta payg‘ambarlarning harakatidan tozalagandan keyin tashqariga qo‘shin yuborish Abu Bakr (r.a)ning sergakligi va uzoqni ko‘ra bilishligidan bo‘ldi. Bu esa islomiy risolatning olamiy ekanini amalga oshirishga bo‘lgan harakat edi. Aslida Rasululloh (s.a.v) bu ishni ijro qilishni dunyo podsholariga va amirlariga elchi va maktub yuborishlari bilan boshlagan edi. Mu’ta va TAbuk g‘azotlari Rasululloh (s.a.v) davrida bo‘lganligi u zot vafotlaridan keyin musulmonlar davom ettirgan mana shu katta harakat uchun yo‘llanma bo‘ldi.
Abu Bakr (r.a) ortida nafslarni obod etgan mustahkam iymonu Alloh yo‘lidagi jihodga bo‘lgan ishtiyoq hamda to‘g‘ri tayyorgarligu etuk boshqaruv turgan mana shu buyuk harakatni boshlashga kirishdi. U kishi mana bu katta harakatni o‘zining to‘g‘ri yo‘nalishiga yo‘naltirdi. Bu Alloh yo‘lidagi jihod va u zotning so‘zlarini oliy qilishga harakat edi. Abu Bakr (r.a) bir vaqtning o‘zida ikki tarafga nasroniy Rum va majusiy Fors davlatiga qarshi urush ochdi.
Buyuk xalifa musulmonlar qo‘lidagi quvvat maydonini o‘lchab chiqqanligida shak-shubha yo‘q. Islom qalblarga ekkan oliy ma’naviyat ularning kalimalarini bir qilib qalblarni bir-birlariga ulfat qilgan edi. SHu bois din va haq kalimalari oliy bo‘lishi va islomiy da’vatni yoyish yo‘lidagi qiyinchilik va mashaqqatlarni elkadosh bo‘lib ko‘tarar edilar. Allohning yo‘lida shahid bo‘lishni xursand holatda qarshilar edi.
Ana shu paytda Rum va Fors davlatlari qanchalar buyuk va saltanatli, qudratli bo‘lib, askarlari qurol aslaha bilan jixozlangan, jang qilishga tajribalari bor edi. SHunday bo‘lsa-da bu ikki buyuk kuchlar islomga kirgan va uning odoblariyu ta’limotlari bilan sug‘orilgan islomiy jangchilar qarshisida turishdan ojiz edilar. Zero bu ta’limotlar Allohning yo‘lidagi mujohidlar uchun ikki yaxshilikning biriga erishishni kafolatlaydi: g‘alaba qozonib, dunyoda g‘animaga (o‘ljaga) erishish yoki Allohning yo‘lida shahid bo‘lish. Alloh taolo bu haqida quyidagilarni aytadi: "(Ey Muhammad sollalohu a’layhi va sallam ), ayting: “Sizlar biz uchun faqat ikki yaxshilik (ya’ni, yo shahid bo‘lishimiz yoki g‘alaba qilishimiz)dan birini kutmoqdasiz. Biz esa sizlar uchun Alloh sizlarga o‘z dargohidan yoki bizning qo‘limiz bilan bir azob etkazishini kutmoqdamiz. Bas, sizlar ham kutaveringlar, biz ham sizlar bilan kutguvchimiz". (Tavba surasi, 52-oyat).
"Alloh yo‘lida bu hayoti dunyo evaziga oxiratni sotib oladigan zotlar jang qilsinlar. Kim Alloh yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa yoki g‘alaba qilsa, Biz unga ulug‘ mukofot ato etajakmiz". (Niso surasi, 74-oyat).
Bunga qo‘shimcha yana musulmon askarlarini xaqiqiy erkak ekanliklari hamdir. Ular har qanday muhit o‘zgarishlariga hech cho‘chimasdan, zaiflashmasdan ro‘baro‘ kelar edilar. Bu Allohning qazoi-qadariga to‘la ishonish bilan bo‘lardi. Bu narsa ularni hech qanday ikkilanmay va qo‘rqmasdan dushmanlariga yo‘liqishga undar edi. Albatta Allohning qazosi shak- shubhasiz bitilgan. Zero Alloh o‘zining qazo va qadariga inongan kimsaga doim yaxshilikni iroda qiladi. Dushman askarlari ichida bu kabi iste’dod va ma’naviyat topilmasdi, bu kabi sifatlarga ega ham emasdilar.
Mana shuning uchun Abu Bakr (r.a) islomiy askarlarni bir vaqtning o‘zida Rum va Forsga qarshi urush qilishidan ko‘ngli to‘q bo‘ldi. Bu esa kutilayotgan maqsad - zulmat qoplab olgan ushbu diyorlarda Alloh so‘zlarini ustivor qilish, islom dinini yoyishga erishish va ana shu dushmanlar ustidan g‘alaba qozonishga bo‘lgan musulmon jangchilarining quvvatiga to‘la ishonch hosil qilishdan kelib chiqqan.
Abu Bakr (r.a) Forsga qarshi urushga jo‘natgan askarning boshlig‘i mohir sarkarda Xolid ibn VAli (r.a)d edi. Xolid furot daryosi janubida joylashgan qabilalarni bo‘ysundirishga qodir bo‘ldi. Va Xiyra shahrini egalladi. Uni boshqaruvi uchun markaz qildi. Forsni qattiq talofatga uchratgandan keyin Iroq shaharlarining ko‘pini egalladi.
Ammo Rum va SHom shaharlariga yuborilgan askarlar ustida musulmon sarkardalaridan Abu Ubayda omir ibn Jarroh, YAzid ibn Abu Sufyon, Amr ibn Osss va SHurahbil ibn Hasanalar edi. Askar son va tayyorgarlik jihatidan ortiqroq bo‘lib, ular qirq ming atrofida edi. Bu Forsga yuborilgan askardan bir necha barobar ortiq edi. Rum ularga qattiq tayyorgarligi bo‘lgan katta sonli qo‘shin - ikki yuz ming askar- bilan yo‘liqdi. Holatning jiddiyligini anglab etgan Abu Bakr (r.a) ularga Xolid ibn VAli (r.a)dni yordamga yuboradi. Xolid Iroqdan SHomga qarab yo‘l oldi. U kishi sahroni bosib o‘tib, Rum bilan bo‘lgan jangda o‘zining unutilmas jasoratliklarini ko‘rsatadi. Bu jang yarmuk jangi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |