Ўзбекистон халқаро ислом академияси


Abu Bakr (r.a)ning murtadlarga yozgan maktubi



Download 1,97 Mb.
bet50/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

3. Abu Bakr (r.a)ning murtadlarga yozgan maktubi
So‘ng u kishi umumiy bir maktub yozib, arab yarim orolidagi barcha murtadlarga yo‘lladi. Bu maktublarni elchilar bilan yubordi. Ular askarlar etib borishidan avval odamlarga o‘qib berishlari kerak edi. Bu esa o‘z navbatida ularga (ya’ni murtadlarga) jang bo‘lishidan avval haqqa qaytishlariga berilgan imkon, va o‘z qilmishlarini tadabbur qilib ko‘rishlariga qulay bir fursat ham edi. Abu Bakr (r.a) bu bilan Allohning huzurida o‘z zimmasini ham poklab oldi. Bu maktubda quyidagi iboralar ham kelgan edi: "Menga Allohning amriga johillik qilib, shaytonga bo‘yinsunib qolgani bois ba’zilaringizning dinidan murtad bo‘lib ketgani xabari etib keldi. Darhaqiqat Alloh subhonahu va taolo "Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas uni dushman tutinglar! SHak shubhasiz u o‘z firqasini (ya’ni o‘ziga ergashgan kimsalarni do‘zax egalari bo‘lishlari uchun) da’vat qilur" deb aytgan. Men sizlarga falonchini (har bir lashkar amirining ismi) muhojirlar, ansorlar hamda ularga chiroyli amallar bilan ergashgan kimsalardan iborat lashkar bilan jo‘natdim va unga Allohga da’vat qilmasdan turib birontaga jang qilmasligini, o‘ldirmasligini buyurdim. Kimda-kim unga ijobat qilib, iqror bo‘lsa, tiyilib solih amal qilsa, unday kimsadan (buni) qAbul qiladi va unga yordam beradi.

Kimda-kim bosh tortsa, o‘shanga ko‘ra jang qilishga buyurdim. U qodir bo‘lib ushlab olgan bironta odamni tirik qo‘ymaydi, ularni o‘t bilan kuydirib, butunlay o‘ldirib yuboradi, ayol, bola-chaqalarini asir oladi, ulardan faqatgina islomni qAbul qiladi. Kimda-kim unga ergashsa, o‘zi uchun yaxshi, kimki uni tark qilsa, Allohdan qochib qutula olmaydi".

Elchilar askarlardan avval bu maktubni ularga etkazishgan. Lashkar etib borgach esa o‘sha maktubda yozilganlarni aniqlik va qat’iylik bilan ijro qildi. Ular islomga kirishdan bosh tortganlar bilangina jang qilishar, buni esa ularni haq dinga qaytishga da’vat qilish bilan boshlar edilar. Kimda-kim ularga o‘sha narsada ijobat qilsa, uni tark etishar, u bilan xursand bo‘lishib, yordam ham berishar edi. Kimda-kim bosh tortib, kufru zalolat botqog‘ida qolishni ixtiyor etsa, unday kimsalarga qarshi kurashar edilar.

Buning natijasida musulmon askarlari bilan ana u sarkash murtadlar o‘rtasida katta-katta to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Musulmonlar bu janglarda bor kuchlarini sarf etdilar, ularni iymonlari eng ajoyib, va eng oliy ko‘rinishlarda jilolandi. Ular alal oqibat, bir yil o‘tmasdan bu fitnaning ketini qirqib tashlay oldilar. Murtadlarni Rasululloh (s.a.v) etkazgan dinlariga pok, sof holatida qaytarishga ulgurdilar. SHuning bilan islomga arab yarim orolining hamma chetlarida kuch-quvvati va gurkirashi yana qaytib keldi, tavhid kalimasi yangidan yuksaldi. Bu avvalo Allohning fazli rahmati, so‘ngra Alloh yo‘lida tog‘dek mustahkam turib, Allohning nusratiga sazovor bo‘lgan chin mo‘‘min Abu Bakr (r.a) siddiqning fazli sababli bo‘ldi. Ridda janglari hijriy 11-yilda boshlanib, 12-yilda tugallandi.





Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish