Akkumulyator batareyalarini zaryadlash usullari. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash uchun odatda maxsus uzgarmas tok manbalaridan foydalaniladi. Xozirgi kunda akkumulyator batareyasini zaryadlashning ikki usuli kullaniladi:
-zaryadlash tokining kiymati uzgarmas bulgan xolda;
-zaryadlash kuchlanishi uzgarmas bulgan xolda.
Tok kiymati uzgarmas bulgan xolda zaryadlash usulida akkumulyator batareyalari uzgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanadi (2-rasm). Zaryadlash mobaynida, tok uzgarmas xolda saklanadi.
2-rasm. Akkumulyator batareyalarini zaryadlash toki o‘zgarmas bo‘lgan xolda ikki bosqichli ulanish sxemasi va xarakteristikasi
Zaryadlash davomida tok kuchining uzgarmas xolda saklash va uni nazorat kilish uchun akkumulyatorlarga ketma-ket reostat va ampermetr ulanadi. Zaryadlash jarayoni bir yoki ikki boskichda amalga oshirilishi mumkin. Bir boskichli jarayonni boshidan oxirigacha zaryadlash tokining kiymati uzgarmaydi va u 0,05*S20 ga teng tok bilan zaryadlanadi (I boskich). Bunda akkumulyatorning xar bir bankasidagi kuchlanish 2,4V gacha ortadi. Sungra zaryadlash toki 2-3 marta kamaytiriladi va zaryadlash jarayoni 0,05*S20 ga teng tok bilan tugallanadi (II boskich).
Ikki bosqichli zaryadlash jarayonining afzallik tomoni shundan iboratki, birinchidan akkumulyatorni to‘la zaryadlash uchun ketadigan vaqt tejaladi (I bosqichda zaryadlash tokining oshirilishi xisobiga), ikkinchidan zaryadlash oxirida elektrolit qattiq "qaynab" ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (II bosqichda zaryadlash tokini sezilarli darajada kamaytirish xisobiga) va natijada plastinalardagi faol massa muddatidan avval emirilishini oldiolinadi.
Zaryadlashga qo‘yilayotgan akkumulyator batareyalarini sig‘imi bir xil yoki imkoni boricha bir — biriga yaqin bo‘lishi kerak, aks xolla zaryadlash toki qiymatini, sig‘imi eng kichik bo‘lgan batareya bo‘yicha belgilashga tug‘ri keladi va sig‘imi katta bo‘lgan batareyalar juda sekin zaryadlanadi.
Tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash usuli xozirgi vaqtda akkumulyatorni zaryadlashda keng qo‘llaniladi. Bu usul yordamida akkumulyatorlarni to‘la zaryadlashga erishiladi. Bundan tashqari zaryadlash tokining qiymatini ma’lum chegarada tanlash, uni rostlab turish va nazorat qilish imkoniyatini mavjudligi, yangi akkumulyatorlarni birinchi bor zaryadlashda, plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulyatorlarni tiklashda juda qo‘l keladi.
Akkumulyatorlarni zaryadlash uchun sarflanadigan vaqtni nisbatan ko‘pligi zaryadlash davomida tok qiymatini doimo nazorat qilish va rostlab turish zarurati bu usulni asosiy kamchiligi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |