2.2. “Asrlar sadosi” asari yaratilishi jarayonining badiiy tahlili.
Bitiruv malakaviy ishning rangtasvir asarini yaratishda birqancha bosqichlardan oʼtildi. Bir necha oʼquv yillaridagi yaratilgan kompozitsiyalar asosida vujudga keldi. Dastlab, maʼlum gʼoya va maqsad qoʼyildi. Soʼnggra, mavzuga aloqador rassom asarlari kuzatildi. Mening oldimga qoʼygan maqsadim esa, tarixiy shaxsni ifodalashdan iborat boʼlganligi bois, shu yo’nalish tasviriy sanʼatida ijod qilgan bir qator rassom asarlarini oʼrgandim. Ular yaratgan asarlaridagi oʼziga xos uslub va texnika koʼzdan kechirildi. Аsarlarlarning kompozitsion jihati, ishlash manerasi, manzara yoki interer hususiyatlari, barchasi sinchiklab oʼrganildi. Shular asosida va barcha toʼplangan maʼlumotlarga tayangan holda bir qancha eskizlar va xomaki qoralamalar ishlandi. Naturadan ishlangan xomaki qoralamalar ijodkor uchun oʼta muhim hisoblanib, tez fikrlashga yordam beradi. Shu bois, obrazlarning umumiy koʼrinishini tezda chizib olishga harakat qildim, yaʼni, ularning oʼtirish holati va qoʼl harakatlari diqqat eʼtiborimda boʼldi.
Eskiz – bu kompozitsiya demakdir. Аmmo kompozitsiya eskiz bilan tugallanmaydi, u ham davom ettiriladi va kartinada oxirgi nuqtagacha mukammallashtiriladi. Eskiz qilish bilan bir qatorda, rangli etyudlar bilan ham amallar bajariladi. Bularning barchasini inobatga olgan holda, rangtasvir asari bosqichma-bosqich aniqlashib, mukammallashib boraveradi
Rangtasvir asarining milliy ruhda ifoda etilishida, obrazlardan tashqari atrof-muhit tasviriga ham bogʼliqdir. Kompozitsiyaning asosiy qismi obrazlar, yaʼni, Jaloliddin Manguberdi bo’lsa, ikkinchi tarafdan mavzuni aniqroq yoritib berishda manzara yoki interer tasvirlanishi kerak edi. Shu bois, men bosh qahramonni manzarada tasvirlashga qaror qildim.
N uqta, chiziq, dogʼ (pyatno) – bularning barchasi, kompozitsiyaning tarkibini tashkil qiluvchi elementlardir. Qogʼozning yuza qismida nuqtalar belgilanadi, nuqtalar yordamida chiziqlar, chiziqlarlarning birlashishi natijasida har xil shakllar, yaʼni inson qomati paydo boʼla boshlaydi.
Inson – tabiatning eng ajoyib ijod mahsuli boʼlib, cheksiz boʼlingan mutanosiblik (proportsiya)larda yaratilgan. Unda butun oltin kesim mutanosibligi qismlarda ham sezilib turadi, yaʼni: yurak va miyaning faoliyatida, koʼzlarning tuzilishida, yuz qismining mutanosibligida, qoʼllar, barmoqlar va butun tana boʼylab.
Mutanosiblik – bu kattaliklar (oʼlchamlar) munosabatidir. Shu bois, biz inson portretlarini ishlash jarayonida mutanosiblikdan, asosan simmetrik shakllardan foydalanamiz.
Аsarning asosiy qismida Jaloliddin Manguberdi va uning oq saman oti tasvirlangan. Unda Manguberdining otda oʼtirgan holatidagi qomati ifodalangan boʼlib, ularni kompozitsiya qoidalariga asoslanib joylashtirildi.
Mavzuni yanada aniqroq ochib berish maqsadida, yordamchi detallar aks ettirildi. Naturadan ishlangan har xil xomaki qoralamalar orqali, ularning oʼzaro kompozitsiyadagi ritmi, shakli, mutanosibligi va psixologik holati taxlil qilindi.
Obrazning joylashuvi, takrorlanmas yuz qismi va kiyimiga alohida eʼtibor berildi. Rangda esa, bir qancha eskiz variantlar ishlandi. Toʼplangan bir qator qoralamalar, etyudlar asosida bitiruv malakaviy ishning karton qismiga oʼtishga qaror qilindi. Ilmiy rahbarim, yaʼni M.Toshmurodov bilan birgalikda, rangtasvir asarning karton qismi tahminiy oʼlchami maslahatlashildi va ular tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Rangli eskizdan kelib chiqib, karton ishlash jarayonida birqancha oʼzgartirishlar kiritildi. Yaʼni, karton qismida obrazlarning mukammal chiqishida kiyimdagi ornamentlar zarurligi, orqa fonida manzarani kenroq tasviridan foydalanishim kerakligi, ilmiy rahbarim M.Toshmurodov tomonidan taʼkidlab oʼtildi.
Karton ishlash jarayonida inson qomatining va otning anatomik tuzilishi, kiyimlaridagi tabiiy hosil boʼladigan burmalar, old qismdagi qoʼshimcha detallar koʼmir (ugolь) va retush qalami orqali qoʼshimchalar ishlandi. Yaratilayotgan obrazlarning bir-biriga oʼxshamasligi, insonning yuz qismidagi belgilarlar, psixologik holati va mimikasiga alohida eʼtibor qaratildi. Ustozlar tomonidan berilgan barcha qoʼshimcha tavsiya va maslahatlar asosida kartonning chizmatasviri tugallanib, kartondan rang qismiga, yaʼni xolstga koʼchirish jarayoni amalga oshirildi. Xolstda ishlash mobaynida kompozitsiya qoidalaridan tashqari, ranglarning oʼzaro mutanosibligi ham taʼkidlab oʼtildi.
Xulosa oʼrnida, kompozitsiya uchun qilingan barcha eskiz variantlari va asar oldidan yaratilgan karton qismi bitiruv malakaviy ishi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Аsarni rang ustida ishlash jarayonida, avvaldan qilingan barcha amallar oʼz-oʼzidan yordamchi vositalarga aylandi va kompozitsiya mohiyatini anglab yetishga turtki boʼldi. Rangtasvir asar kompozitsiyaning asl maqsadi va oʼziga xosligi esa, “Asrlar sadosi”ni oddiy chizgilar va serjilo ranglar orqali maishiy janrda badiiy ifodalashdan iborat boʼldi.
Xulosa
O’zbek xalqining san’ati asrlar davomida shakllangan qadimiy tarixga ega. Oks va Yaksartning serhosil vodiylari – Markaziy Osiyoning katta qismini egallagan respublikaning xududida qadim zamonlardan beri ko’plab ko’chmanchi qabilalar yashab kelgan. Zarautsoy, Teshik-tosh, Sarmishsoy, Aman-Kutan kabi qadimiy joylarda ibtidoiy davriga oid tosh asarlari kashf qilindi. Hozirgi paytda Britaniya Milliy muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi bu sohada yuksak rivojlangan badiiy san’atning bronza davrida ham mavjud bo’lganini tasdiqlaydi. Ritual haykaltaroshlikning Jarkuton, Molallitepa, Sopollitepadagi namunalari, va qadimgi davrdagi boshqa badiiy san’atlardan Baqtriya, Xorazm va So’g’d hududlarida joylashgan ko’plab terrakota haykallari monumental san’atning chuqur an’analarining na’munasidir.
XXI asrda O’zbekiston san’atida insonparvarlik qadriyatlarini izlash milliy o’zlikni anglash, o’zgacha tarixiy va madaniy an’analar, badiiy dunyoqarash va falsafa, Sharqning she’riyatining o’ziga xosligini anglash izlanishlari bilan uyg’unlashtirilgan. Bugungi kunda nafaqat g’arb san’atining uslublari va tendentsiyalari, balki jahonning turli burchaklarida tushunarli bo’lgan zamonaviy san’atning badiiy ifoda etilishining transmilliy shakllariga aylanib qolgan avangard va postmodernizm tillari orqali tarqatiladi. O’zbekiston rassomlarining asarlarini tomoshabinlar tomonidan respublikadagi ko’rgazmalarda va ko’plab xalqaro ko’rgazmalarda yuksak baholanayotgani tasodif emas.
Shunga qaramay, yaqin kelajakda badiiy ijod sohasida ko’plab muammolar mavjud – mavjud keng qamrovli kollektsiyalar uchun yangi muzey va ko’rgazma ob’ektlarini qurish, ularni nashr etishda ommaviylashtirish, muzey kollektsiyalarini to’ldirish, elektron ma’lumotlar bazasini yaratish va boshqalar.
Xulosa qilib shuni taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston taviriy sanʼati oʼzbekona ruhiy qarashlar negizida rivojlanib bormoqda. Mavzuning mazmun-mohiyati, asarni mukammal yoritib berishda rassomning mehnati, uning ijodiy qarashlari va asar gʼoyasidan iborat. Shu oʼrinda, rassomlarning ona yurtiga, milliy qadriyatlariga boʼlgan mehr-muxabbatini, ular yaratgan asarlarida oʼz ifodasini topmoqda.
Oʼzbekiston tasviriy sanʼatining yanada rivoj topishida va butun jahon tasviriy sanʼatida oʼz oʼrnini egallashida rassomlar tomonidan qator samarali ishlar olib borilmoqda. Rassomlar tomonidan yaratilgan har xil janrga mansub asarlarning vujudga kelishi va bir qator xalqaro koʼrgazmalarda ularning ishtiroki buning yaqqol dalilidir. Shu qatorda, N.Qoʼziboev, Y.Tursunnazarov, Z.Faxritdinov, B.Jalolov, M.Nuritdinov, J.Umarbekov, А.Nuriddinov, M.Toshmurodov, А.Ikromjonov, S.Raxmetov kabi bir qancha rassomlar ijodini taʼkidlab oʼtish oʼrinlidir. Ularning asarlarida ham, ona zaminning goʼzalligi va qadriyatlarining ifodalanishini koʼrishimiz mumkin. Hozirgi kunda ham, ushbu rassomlar bir qator yoshlarga oʼz bilim va tajribalarini almashib kelmoqda. Xalqimiz orasida anʼanaga aylanib ketgan, ustoz-shogird munosabatlarining yaqqol misoli desak, hech adashmagan boʼlamiz. Oʼzbekiston tasviriy sanʼatining kelajakda yanada yuksalishida esa, biz boʼlajak rassomlarning ijodiy mehnati va badiiy asarlar yaratilishi muhim ahamiyatga egadir. Аsarlarda ona zamin goʼzalligining ifodalanishi esa, har bir sanʼatni sevadigan insonlar qalbidan joy egallashi aniq.
Ushbu diplom ishimni chizishda menga ustozlarim maslahati va yordami juda foyda berdi. To’rt yil davomida institutda chizgan rasmlarizmizni yaratishimizda, bizga to’g’ri yo’nalish, ko’nikma berishda ustozlarimiz yaqindan ko’maklashdilar, yo’l-yo’riq o’rgatdilar. Bugun esa hamma bilim- ko’nikmalarni jamlagan holda biz o’zimzning birinchi ishimizni mustaqil yaratishga muvaffaq bo’ldik. Shu dargohga kelganimdan beri menga bilim bergan va takomillashishimga yordam bergan ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |