Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti



Download 7,47 Mb.
bet9/10
Sana11.04.2022
Hajmi7,47 Mb.
#542859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI Ikrom

Glossary

Bo’yoq – rang bo’yash vositalari tarkibining umumiy nomi, maishiy sohada foydalanishga mo’ljallangan, predmetlarga surtilganda yoki bo’ktirilganda u yoki bu rangni beradi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra pigmentlar va ulardan tayyorlangan bo’yoqlar mineral (noorganik tuzlar yoki metal oksidlari) va organik (o’simlik va hayvonlarning birlashishi).

Chizma — qogʻoz, kalka (qora qogʻoz), taxta, yer sirti va boshqa ga chizilgan loyiha; maxsus chizmachilik asboblari (reysfeder, sirkul, reysmus, reysshina, chizgʻich va boshqalar) yordamida qalam, tush bilan maʼlum qoidalar asosida chizilgan grafik tasvir.

Eskiz (frans. ) — badiiy asar yoki uning alohida qismlari gʻoyasini aks ettiruvchi dastlabki qoralama, xomaki asar.

Impressionizm (frans. impression — taassurot) — sanʼatda 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida hukm surgan yoʻnalish. I. vakillari mavjud borliqni harakatda, oʻzgarishda tabiiyroq tasvirlashga, oʻz laxzalik taassurotlarini ifodalashga intilib, tasvirning jonli, haqqoniyligiga erishgan. Voqelikning tabiiyligi, inson va muhit birligida uning doimiy oʻzgaruvchanligi ifoda etildi.

Janr (fran.genre xil, tur). San’atning har xil turlarida ichki bo’linishlarini anglatuvchi atama, badiiy asarlarni mazmuni va shakli, badiiy obrazning kelib chiqish belgilariga ko’ra turlarga ajratadi. Tasviriy san’atda rasmniing predmetiga ko’ra farqlanadi: portret, manzara, maishiy janr, interyer, natyurmort, tarixiy janr, batal janr yoki tasvirlanayotgan obyektni o’xshatish hususiyatiga ko’ra: karikatura, sharj, kamera portreti.

Karton (fran.carton, ital.cartone, carta – qog`oz). 1. Qalin, qattiq va juda pishiq qog`oz, oddiy qog`ozdan qalin. Qog`ozga tushirilgan rasm, eskiz, keyin u o’zakka tushiriladi (mato, devor, yog`och yoki metal tekislik).

Kompozitsiya (lotincha: compositio — tuzilish, birlashish, bogʻlanish) — badiiy asarning mazmunan, harakteri va maqsadi jihatidan bogʻlangan qismlarining joylashishi.

Kubizm (fransuzcha: Cubisme) tasviriy sanʼatdagi modernist yoʻnalish boʻlib, XX asr boshida yuzaga kelgan. Real jismlarni stereometrik primitivlarga ajratish va geometrik shartli shakllarni ishlatish bilan xarakterlanadi.

Lak – (nem.lack, fran.laquer surtish, qoplash) 1. Turli eritgichlarda suyuq yoki yarim suyuq holatgacha bo`lgan yelim eritmasi. Lakni surtish qurigan rasm yuzasiga yupqa qatlam bilan, himoya qatlamini yaratish uchun surtiladi. Quriganidan so`ng laklar yaltiroq qattiq parda bilan qandaydir tekislikni qoplaydi, fizik kimyoviy ta’sirlarga qarshi tura oladi.

Maishiy janr - tasviriy sanʼatning kundalik ijtimoiy va shahsiy qayotni, maishiy turmushni aks ettiradigan janri.

Motiv – 1) rassom tomonidan tasvir uchun tanlangan natura obyekti, kamdan-kam manzara. Motiv – bog`liqlik, rasm yoki etyudning tasvir yoki rang holatini aniqlaydi. 2) bezak san’atida – ko`p marota takrorlanishi mumkin bo`lgan ornament kompozitsiyasining asosiy elementi.

Natura – tasviriy san’atda rassom chizayotganda kuzatadigan butun borliq obyektlari (predmet, odam, manzara). Naturani va uning ta’rifini tanlashda rassom dunyoni, o`z ijodiy vazifasini sezadi.

Natyurmort – san’at janri, insonni o`rab turgan muhitni tasvirlaydi, qoidaga ko’ra, kompozitsion tashkil etilgan (o’rnatilgan). Jonsiz narsalar, jonli tabiat obyektlari, buyumga qaratilgan. Ramziy mazmunga va ijtimoiy o’xshashlikka ega.

Rasm – tugallangan (eskiz va etyuddan farqli) va mustaqil badiiy ma’noga ega tasviriy san’at asari. Freska va kitob miniaturasidan farqli rasm belgilangan interyer yoki belgilangan bezak tizimi bilan bog’lanishi shart emas.

Rassom (arab.) — tasviriy sanʼat sohasidagi ijodkor.

Soyayorug` - yorug` va to`q ranglar aralashmasi, buyumning hajmi va formasini chiqarishda katta ahamiyatga ega. Uning asosini: Soya va yorug`, yarim yorug`, reflex, shu’li tashkil etadi. Soya va yorug` kompozitsion tuzilish va asar mazmunini ta’riflash vositalaridan biri hisoblanadi.

Tasviriy sanʼat - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi.

Uslub - muallifning ijod maktabida rassomlikning aniq bir yo`nalishiga xarakterli obrazli tizimi qat’iy birligi va tasvirlash usuli. Atama turli ma’nolarda qo`llaniladi, ko`pinch keng ma’noda qo`llaniladi.

Xomaki reja – rassom tomonidan tez bajarilgan, katta bo`lmagan o’lchamdagi rassomlik, grafika va haykaltaroshlik san’ati asari.

Yorug`lik – tasviriy san`atda soya yorug` elementi. Naturada bo`lgani kabi, tasvirda ham bu atama eng yorug` qismlarini ko`rsatib berishda qo`llaniladi.


Download 7,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish