70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
.........................................
72
ATAMA VA TUSHUNCHALAR IZOHLI LUGʻATI
.......................................
76
3
KIRISH
Magistrlik
dissertatsiyasi
mavzusining
asoslanishi
va
uning
dolzarbligi:
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, qisqa davr ichida
ulkan
ijobiy оʻzgarishlar rоʻy berdi. Bu muvaffaqiyatlarga оʻz-оʻzidan erishilayotgani
yoʻq. Siyosatdan iqtisodni ustun qоʻyilishi, inson manfaatining ustuvorligi,
barcha millat vakillarining teng huquqliligi, mamlakatimizdagi tinchlik va
osoyishta hayotning mavjudligi, ta‟limga Davlat siyosati darajasida e‟tibor
qaratilishi kabi islohatlar bugungi kundagi mamlakatimizning barcha sohada
teskor rivojlanishiga zamin boʻlmoqda.
Hozirgi tezkor rivojlanayotgan zamonda Davlatning kuchi uning intelektual
salohiyatli fuqarolari bilan оʻlchanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlarining
huquq va manfaatlarini, shuningdek, burchlarini belgilab beruvchi yoshlarga oid
Qonunni qabul qildi. Bundan tashqari 2017-2021 yillarda Оʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari bоʻyicha
Harakatlar strategiyasida “
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish,
jumladan jismonan sogʻlom, ruhiy va intelektual rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, qatʻiy hayotiy nuqtayi-nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni
tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish
” kabi vazifalar
qоʻyildi
1
.
Mamlakatimiz yoshlariga nisbatan ishonch bildirib, ular kelajagimiz
ekanligini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev оʻz nutqlarida quyidagicha
bildirib оʻtgan: “
Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta
egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusi
bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda
hayotning оʻzi oldimizga qоʻyayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz
”
2
.
1
http:strategy.regulation.gov.uz.
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг «Камолот” ѐшлар ижтимоий
ҳаракатининг IV қурултойидаги нутқи.
4
Oliy ta‟lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxasisslarga oʻsib kelayotgan
yosh avlodga taʻlim va tarbiya berishda mavjud barcha resuruslardan oqilona va
samarali foydalanishni taʻminlash, davlat standartlari, oʻquv dasturlari va oʻquv
uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish
pedagogik axborot texnalogiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb
muammolaridir.
Bugungi kunda ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish uchun pedagogik
texnologiyalardan keng foydalanish va pedagog kadrlarning imkoniyatlarini
oshirishga katta talablar qoʻyilmoqda bugungi kunda bilimdonligi mustahkam
boʻlgan yosh kadrlarni har tomonlama yetuk intelektual salohiytli, manaviyati
kuchli, zamon bilan hamnafas boʻladigan yoshlarni tarbiyalashda oliy ta‟lim
tizimidagi ta‟lim jarayoni juda muhim boʻlib hisoblanadi. Shuning uchun
mamlakatimiz birinchi prizidenti I.A.Karimov oʻz asarlari va nutqlarida
“Bugungi yoshlar har tomonlama bizdan aqlli, dona va bilimdon boʻlishi kerak”
1
deb takror-takror aytganlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda oliy ta‟limda dars jarayonlarida
endilikda oʻquvchilarni passiv eshituvchi emas, balki ularni faol qatnashuvchi
roliga oʻtkazish lozim. Shundagina oʻqituvchi oʻz oldiga qoʻygan maqsadga,
darsni samaradorligini oshirishga bu bilan esa taʻlim samaradorligiga erishadi.
Bu jarayonlarni albatta zamonoviy pedagogik texnalogiyalarsiz tasavvur etish
qiyin. Chunki darslarda mavzu mazmuniga mos pedagogik texnologiyalardan
oʻz oʻrnida foydalanish talabalarga mavzuni toʻliq, mukammal shaklda yetkazib
berish hozirgi zamon oʻqituvchisidan ulkan inteliktual salohiyat, yuksak
pedogogik malaka talab etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib chizma geometriya
darslarini tashkil etishda bu koʻrsatmalar muhim hisoblanadi. Bu koʻrsatmalar
chizma giometriya fanidagi ikkinchi tartibli sirtlarni hosil boʻlishi va ularning
turlarini bayon qilishda juda maqbul hisoblanadi.
Oliy ta‟lim massasalari talabalariga ikkinchi tartibli sirtlar va ularni oʻzaro
kesishishi mavzusini talabalar tomonidan qabul qilishda zamonaviy pedagogik
1
Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat -yеngilmas kuch. -T.: “Ma‟naviyat”, 2008. -3 b.
5
texnologiyalarning oʻrni beqiyos. Biroq hozirgi kunda mavjud pedagogik
texnologiyalar, interfaol metodlardan bevosita ikkinchi tartibli sirtlarni bayon
qilish darslarida qanday foydalanish maqsadga muvofiq boʻlishi yuzasidan ilmiy
tadqiqot ishlarini yuqori saviyada olib borishga yetarlicha e‟tibor qaratilmagan,
hamda metodik tavsiyalar kam tayyorlangan. Shuning uchun ushbu magistrlik
dissertatsiya mavzumni “Ikkinchi tartibli sirtlarning oʻzaro kesishish chiziqlarini
yasash va ularni amaliyotda qoʻllanishi” deb nomlandi va mavzu yuzasidan
ilmiy tadqiqot olib borishga qaror qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |