(336-rasm).
336-rasm
Bu aylantirish ikkita siltanib o‘tishni: bir oyoqni oldinda tutib
tayanishdan bir tomonlama ichkariga va teskari yo‘nalishda siltanib
o‘tishni birgalikda ijro etishdan iborat. Shuning uchun o‘ng tomonga
aylantirish o‘ng oyoqni ichkariga va shu oyoqni chap tomonga
siltanib o‘tishni izchil (qo‘shimcha siltamasdan) ijro etishdan boshqa
narsa emas.
0 ‘rgatish: yuqorida bayon etilgandek bo‘ladi:
a) o ‘qituvchi yordamida - saqlab, o‘ng oyoqni o‘ng tomonga
aylantirib sakrab tushish;
b) «a» mashqining o‘zi, faqat tayanish holatida qolish;
d) «a» mashqining o ‘zi, faqat mustaqil boshlanadi;
e) o‘ng oyoq bilan o‘ng tomonga mustaqil aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: