Arqonga tirmashib chiqish. Vertikal arqonda aralash osilib
tirmashib chiqishning uch usuli mavjud; bukilgan qo‘llarda tirmashib
chiqish, uch va ikki harakat usulida tirmashib chiqish.
Uch harakat usulida tirmashib chiqish. Xotin-qizlar va o ‘rta
maktab yoshdagi bolalaming mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi. Chunki
yuklama faqatgina qo‘l va yelka kamari muskullariga tushmasdan,
oyoq muskullariga ham tushadi. Arqonning qattiqligini va
yo‘g ‘onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan birma-bir oyoqning ta’qimi
va ikkinchi oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi
(167 -rasm).
Bunda arqon bir oyoq soni va boldiming tashqarisidan o‘tadi va
oyoq kafti ichki tomoni bilan qisib ushlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |