‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Б р а г и н с к и й М .И ., В и т р я н с к и й В .В . Д оговорн ое право. Обшис



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

 
Б р а г и н с к и й М .И ., В и т р я н с к и й В .В .
Д оговорн ое право. Обшис
положения. — М.: Статут. 1997. С.222-237; Ефимова Л.Г. Указ. соч. С.35-44;
Вешнне права в Республике Казахстан. С.7—25, 164—171.


qiyin tasniflanadigan tegishlilik faktik holatini vujudga kelishiga olib 
keladi, ayniqsa, agar mulkni topshirishda egalik tituli ko‘rsatilmaganda, 
bu hol yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ikkinchidan, amaliyotda huquqni 
ashyoviy va majburiyat turlariga bo‘linmaydi. Zero, bunday bo‘linish 
sud orqali himoya qilish usulida bir qancha tushunmovchiliklarni 
vujudga keltiradi. Uchinchidan, quyidagilarga ko‘ra ashyoviy huquqlar 
ro‘yxati (turlari)ni kengaytirish maqsadga muvofiq emas:
a) ba’zi ashyoviy huquqlarni — ashyoviy deb topish;
b) sobiq sovet huquqidan meros qolgan xo‘jako‘rsinlik andoza- 
larining mavjudligi.
Buning oqibatida u yoki bu shaxsning (amaliyotda yuridik shaxslarni 
tashkil etishda keng tarqalgan) foydasiga yoziladigan keyinchalik vako- 
latlarning kengayishiga olib keladigan bitta obyektga nisbatan amalga 
oshiriladigan «mol-mulk byicha» huquqlarning cheksiz vujudga kelishi 
hisoblanadi. Mulk huquqining o‘zgargan ko‘rinishi shaklida bir qancha 
huquqlar kelib chiqadi: doimiy egalik qilish va foydalanish, korporativ 
boshqarish, mustaqil boshqarish, muddatsiz ijara va shu kabilar.
Ashyoviy huquqlarni ajratish muammosi mamlakatimiz fuqarolik 
qonunchiligida hal etilmasdan qolmoqda. Zero, u yoki bu huquqning 
ashyoviy ekanligini tan olishning yuridik ahamiyatini inkor etmas 
ekanmiz, bunda ulardan qay biri imtiyozli ashyoviy huquqiy himoya 
etilishi to‘g‘risida tasawurga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi. Holbuki, 
ushbu holatda ham qonunchilik ashyoviy huquqlar ro‘yxatini berki- 
tilishi (o‘zgarmasligi, qat’iyligi)ga imkon bermaydigan turli tushunarsiz 
jumlalarni keltirish bilan cheklanadi. FKning 232-moddasi ashyoviy 
himoya huquqini mustahkamlash bilan birga bu huquq mulkka qonun- 
da yoki shartnomada ko‘zda tutilgan asoslarga ko‘ra egalik qilayotgan 
har qanday shaxsga tegishli bo‘lishini ifodalaydi. Bundan shunday 
xulosa kelib chiqadiki, agar ashyoviy huquq subyekti FKning 232- 
moddasi asosida ashyoni natura holida mulkdordan ham talab qilib 
olsa, kreditor majburiyat huquqi asosida FKning 331 -moddasiga binoan 
individual — belgilangan ashyoni qarzdordan olib qo‘yishni talab 
qilishga haqli bo‘ladi.
Ashyoviy huquqlarni majburiyat huquqidan farqlari mutloq himoya 
vositasi sifatida ashyoni majburiy topshirishni qo‘llash imkoniyatini 
belgilamaydi. Farq shundaki, mulkka nisbatan vakolatli barcha shaxs- 
larga huquq qay darajada qarshi qo‘yilishi mumkinligi bilan belgilanadi. 
Huquqning ashyoviy ekanligini tan olish, e’tirof etishning yuridik 
kuchi — bu huquqning mulkdorga qarshi qo‘yilganligi bilan o‘lchan-


maydi. Chunki, majburiyat huquqi ham mutloq himoyadan foyda- 
lanishi mumkin (FKning 331-moddasi). Huquqning bunday ta’siri 
majburiyat huquqi va vaqt bo‘yicha amal qiluvchi bir turdagi huquq- 
larda imtiyozli himoya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Ashyoviy huquq turlari. Fuqarolik kodeksi ashyoviy huquq jumlasiga 
quyidagilarni kiritadi: mulk huquqi, xo‘jalik yuritish va operativ 
boshqarish huquqi, meros qilib qoldirilgan yer uchastkasiga egalik 
qilish, yer uchastkasidan umrbod egalik qilish va foydalanish huquqi, 
servitutlar (FKning 164—165-moddalari). Bu ro‘yxat «xususan» atama- 
siga binoan ifodalangan hamda FKning 2-boiimida ifodalanmagan 
yana qanday huquqlar ashyoviy huquqlar tarkibiga kiradi degan savol 
tugiladi.
FKning 165-moddasida «qat’iy» ifodalangan ashyoviy huquqlarga 
«taxminiy» quyidagi huquqlarni keltirish mumkin: daromad keltiradigan 
faoliyatni amalga oshirishdan keladigan foydani mustaqil tasarruf 
etishni ta’sis etish huquqi (FKning 180-moddasi 2-qismi), ipoteka va 
zakalat krinishidagi garov (FKning 265-moddasi), ushlab qolish (290- 
modda), mulkdor oila a’zolarining huquqlari, shuningdek, uy-joydan 
foydalanib, mulkdor bilan birga doimiy yashovchi fuqarolarning 
huquqlari (1998-yil 24-dekabrdagi Uy-joy kodeksining 32-moddasi) 
va uy-joy kvartirani umrbod ta’minlash sharti bilan berish shartnomasi 
bo‘yicha (FKning 530—534-moddalari) yoxud merosdan voz kechish 
asosida (Uy-joy kodeksining 121 —123-moddalari), sotib olish sharti 
bilan ijara huquqi (FKning 556-moddasi, 541-modda va Uy-joy 
kodeksining 89-moddasi, kooperativ a’zosining kooperativdagi 
kvartirani sotib olishgacha boigan huquqi (Uy-joy kodeksining 100- 
101 moddalari), shuningdek, muddatli boshqaruv (FKning 187- 
moddasi). 0 ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ashyoviy huquqlarning tax- 
miniy ro‘yxati bahslidir.
Sivilistikada garov va ijaraning turlarining ashyoviy huquqlarga 
taalluqliligi xususida ko‘plab tortishuvlar mavjud.
Amalda barcha mashhur ashyoviy huquq tasniflari mulk huquqi 
egalik bilan birxil darajada uning chegarasidan tashqarida boiishidan 
kelib chiqadi. Lekin ularning barisi mukammal emas, huquq subyektlari 
(davlat, unitar korxonalar, fuqarolar) va obyekt turlari (yer, uy-joy) 
ga nisbatan qat’iy qaramlikka yoi qo‘yadi.
Shu bilan birga, ashyoviy huquq mazmuni huquqni belgilovchi 
ushbu parametr yoki kriteriylarga eng kam asoslanishi kerak. I.A. Pok- 
rovskiy ishlab chiqqan ashyoviy huquqlar tizimiga tuzatishlar kiritib,


biz mulk huquqini asos qilgan holda ularni mulk huquqi tomon 
tasniflashni taklif qilamiz.
Mulk huquqining o‘zinikiga nisbatan, boshqa ashyoviy huquq- 
larning begona mulkka nisbatan amalga oshirishning shubhasiz fakti 
sivilistlarning ashyoviy huquqlar turining bo‘linishi va mulk huquqining 
ularning tizimida markaziy figura deb hisoblashga doir kam uchraydigan 
yakdillikni ta’minladi. Bunday birlamchi dixotomiyaga o‘z xayrixoh- 
ligini qonun chiqaruvchi ham FK 2-bo‘limida bildirdi, shuningdek, 
bir vaqtning o‘zida mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquq bitta 
obyektga nisbatan birlashishi mumkin emasligiga nisbatan ham muno- 
sabat bildirgan. Tasnifning birinchi bosqichini boiinish kriteriysi shaxs- 
ning mulkka munosabati boigan juftlik hosil qiladi:
— mulk huquqi;
— boshqa ashyoviy huquqlar;
ikkinchi bosqichda mulk huquqi mulkdorning ashyoga boigan 
cheklangan huquqlari mavjud yoki yo‘qligiga qarab:
- toiiq;
— yuklangan huquqlarga boiinadi.
Boshqa ashyoviy huquqlar mulk huquqi bilan raqobatlashadi va 
unga hamrohlik qiladi yoki qarshi turadi, ya’ni mulk huquqiga nisbatan 
pozitiv yoki negativ huquqlarni hosil qiladi.
uchinchi bosqichda pozitiv huquqlar (ashyodan foydalanish huquq- 
lari), begona mulkka ta’sir darajasi va ulardan keladigan hosil yoki 
daromadning taqdiriga qarab quyidagilarga boiinadi:
— servitut huquqlar - ularga servitutlar (FK173-m), mulkdor oilasi 
a’zolari va ular bilan doimiy yashovchi fuqarolarning turar joydan 
foydanish huquqi (UK 32-m);
— turar joyni begonalashtirish shartnomasiga ko‘ra turar joydan umrbod 
foydalanish huquqi, umrbod ta’minlash sharti bilan (FK530-534-m) yoki 
meros qoldirish orqali undan voz kechish UK (121—123-m).
— foydalanish huquqlari, ular o‘z ichiga xo‘jalik yuritish va operativ 
boshqaruv huquqlari (FK 176—181-m), yerdan meros qoldirish huquqi 
bilan doimiy foydalanish, doimiy foydalanish va yer uchastkasidan 
foydalanish huquqlari (Yer kodeksi 19, 20-m), muassasaning daromad 
keltiruvchi faoliyatini amalga oshirib, olingan foydani mustaqil tasarruf 
etish huquqi (FK180-m).
Negativ huquqlar (ashyoni qaytarib olish huquqlari), o‘zganing 
mulkiga nisbatan real hokimiyati o‘rnatishga yoki undan kompensatsion 
boylik olishga qaratilganligiga qarab, quyidagilarga boiinadi:


— egallash huquqi, unga muddatli egalik (I87-m,FK), keyinchalik 
sotib olish bilan ijara huquqi (FK 556-m,UK 41,89-m), shirkat a’zo- 
sining sotib olishgacha shirkat kvartirasiga bo‘lgan huquqi (UK 99-m);
— garov huquqi, u zakalat, ipoteka shaklidagi garovga qo‘yish 
huquqlari (FK 265-m) va ushlab qolishdan (FK 290-m) iborat.
Yuqoridagi ashyoviy huquqlar ro‘yxati unikal foydalanish huquqlar 
tufayli o‘zining beso‘naqayligi bilan odamni shoshiradi: xo‘jalik yuritish 
va operativ boshqaruv huquqi, muassasaning o‘zi topgan daromadini 
mustaqil tasarruf etish huquqi, ko‘pgina boshqa huquqlar uzufrukt yoki 
uzus yoxud uzoq muddatli foydalanishga birlashtirib yuborilishi mumkin.
7
-§. Xo‘jalik yuritish huquqi va operativ 
boshqarish huquqi
Fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda har bir huquq sohibi 
o‘ziga tegishli huquqlarni o‘z xohish-irodasiga asoslanadi. Bu esa, 
o‘z navbatida, subyektiv huquq bilan bog‘liq barcha masalalar shu 
jumladan, ularning amalga oshirish hajmi va usullari, shuningdek, 
subyektiv huquqdan voz kechish, huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish 
huquq sohibining erkiga ko‘ra hal etilishini bildiradi1.
Davlat mulk huquqini amalga oshirish ham davlat va uning vakolatli 
organlarining subyektiv fuqarolik huquqlari bo‘lib, ular ham FKning
9
-moddasiga muvofiq fuqarolar va yuridik shaxslar kabi o‘zlariga 
tegishli bo‘lgan fuqarolik huquqlarini, shu jumladan, ularni himoya 
qilish huquqini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar. Shunday ekan, 
davlat ixtiyoridagi mol-mulkni boshqarish. ulardan foydalanish va 
mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa harakatlarning 
sodir etilishida turli-tuman mulk egasi hisoblangan va bir qancha 
organlar orqali o‘z faoliyatini yuritadigan davlatning vakolatlari nima- 
lardan iborat bo‘ladi? — degan savol tug‘iladi. Zero, bozor munosabatlariga 
o‘tish sharoitida davlat mulkini amalga oshirish masalasi jiddiy ahamiyat 
kasb etadi. Bunday jiddiylik quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. 
Davlat mulk obyektlarining xilma-xilligi ularga nisbatan mulk 
huquqini amalga oshirishda turli usul va vositalar qoMlashni talab 
etadi. Masalan, tabiiy resurslarga nisbatan o‘zgacha, (masalan, 
davlatning bevosita o‘zi tomonidan yoki uchinchi shaxslarga konsessiya
1

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish