‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


qaroriga m uvoflq jinoyat yoki o ‘zga huquqbuzarlik qilgani uchun haq



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

qaroriga m uvoflq jinoyat yoki o ‘zga huquqbuzarlik qilgani uchun haq
to ‘lamasdan olib qo‘yish.
D. Shaxsga tegishli b o‘la olmaydigan m ol-m ulkni qonun hujjatlariga
muvofiq mulkdordan olib q o‘yilishi.


I-§. Xususiy mulk tushunchasi va uning ahamiyati
0
‘zbekiston Respublikasi FKning 207-moddasiga asosan xususiy 
mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga 
kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf 
etish huquqidir. Ya’ni u meros tariqasida ishlab chiqarishda o‘z mehnati 
bilan shaxsan ishtirok etish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, 
bitimlar tuzish, yollanma mehnatdan foydalanish tartibida hamda 
qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa asoslarda olgan huquqidir. 
Xususiy mulk huquqi bilan bog‘liq muhim qoida shuki, xususiy mulk 
bo‘lgan mol-mulk miqdor va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Mulkchilik 
munosabatlari azaldan insonlar hayoti bilan bog‘liq boMib, u hozirgi 
kunga qadar har bir kishini qiziqtirib kelgan. Bu munosabatlarda mulk 
tushunchasi, uning shakllari va turlari to‘g‘risida fikrlar rivojlanib bordi. 
Xususiy mulk — bu xususiy shaxslarga tegishli mulk boMib, mulkdor 
o‘z mulkiga xususiy tarzda egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf 
etadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan, xususiy mulk xususiy shaxslarga 
tegishli boMgan, har xil asoslarda o‘zlashtiriladigan mol-mulklardir. 
Xususiy mulk huquqi to‘g‘risida juda ko‘plab sivilist olimlar tadqiqot 
olib borganlar, jumladan: X. Rahmonqulov, I. Zokirov, Sh. Ro‘zina- 
zarov, X. Azizov, R. Ro‘ziyev, V. Ergashev va boshqalar.
Xususiy mulk huquqi — bu daromad olish maqsadida o‘z mol- 
mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqidan 
iboratdir.
Xususiy mulk huquqi subyektlari turli-tuman va keng doirada boMsa 
ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan 
foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand 
boMishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ishtirok 
etishi, ishtirok etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga 
mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas, 
balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish 
bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo‘yicha mulkdor


vakolatlarini amalga oshirishda) yoki bilvosita (masalan, yuridik 
shaxsni ta’sis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand 
bo‘luvchi subyekti sifatidagi huquqlarni amalga oshishida) namoyon 
bo‘ladi. Har ikkala ko‘rinishda ham xususiy shaxsga ma’lum mulkiy 
huquqlar tegishli bo‘ladi va u bu huquqlarni o‘ziga xos tarzda ro‘yobga 
chiqaradi.
2-§. Xususiy mulk huquqining vujudga kelishi va 
bekor bo‘lishi
Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari deganda, 
mulk huquqining olinishi yoki yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik 
faktlar nazarda tutiladi. Mulk huquqining olinishi asoslarida jamiyatning 
iqtisodiy tizimi o‘z ifodasini topadi. Mulk huquqining olinishi: dastlabki 
va hosila asoslarga bo‘Iinadi. Mulk huquqining vujudga kelishini 
bildiradigan dastlabki asoslar bo‘yicha mulkka nisbatan egalik huquqi 
ilgari hech kimga tegishli bo‘lmagan mulkka nisbatan yoki awalgi 
mulk egasining huquqi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi. 
Mulk huquqining dastlabki asosda vujudga kelishi:
— birinchidan, tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish;
— ikkinchidan, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirish natijasida yangi ashyolarni vujudga keltirish;
— uchinchidan, egasiz mulkning sud qarori bilan davlat ixtiyoriga 
olinishi;
— to‘rtinchidan, egasi boMmagan mulkka yoki egasi boMsa ham 
xo‘jasizlik bilan saqlanayotgan mulkka, egalari tomonidan belgilangan 
muddatlarda talab qilib olinmagan mulklarga, shu jumladan, topilgan 
ashyolar, xazinalar (boshqa usulda yashirilgan narsalar) topilishi hol- 
larida yuz beradi.
Mulk huquqining vujudga kelishida egalik huquqini vujudga kelti- 
ruvchi muddat o‘ziga xosdir. Mulkdor boMmagan, lekin ko‘chmas 
mol-mulkka o‘n besh yil davomida yoki boshqa mol-mulkka besh yil 
davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs 
bu mol-mulkka nisbatan mulk huquqini oladi, ya’ni toMa ma’noda 
mulkdor huquqlariga ega boMadi (FKning 187-moddasi).
Mulk huquqining bekor boMish usullari ham xilma-xil. Bu usullarni 
quyidagicha turkumlashtirish mumkin:
1) 
mulkdorning o‘z erki-irodasi bo‘yicha mulk huquq bekor boMishi 
(masalan, mol-mulkni sotish, hadya qilish va h.k.);


2
) mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilib tashlash) 
yoki nobud bo‘lishi natijasida mulk huquqining bekorbo‘lishi (FKning 
198-inoddasi);
3) mulkdorning erki-irodasidan tashqari mol-mulkning olib qo‘yi- 
lishi orqali mulk huquqining bekor bo‘lishi. Mol-mulkni mulkdordan 
olib qo‘yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulk- 
dorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratil- 
gan taqdirda, shuningdek, natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va muso- 
dara qilish tartibida yo‘l qo'yiladi (FKning 199-moddasi).
Agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘la olmaydigan mol-mulk 
uning mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi 
sud tartibida bekor qilinib, olib qo‘yilgan mol-mulkning qiymati shaxsga 
to‘lanadi (FKning 199-moddasi, 2-bandi).
Ashyolarga nisbatan egalik huquqi ba’zi hollarda mulk egasining 
erkidan tashqari ham bekor bo‘lishi mumkin. Masalan, ashyolar tabiiy 
ofatlar, yong‘in, suv toshqini, zilzila natijasida tasodifan nobud bo‘li- 
shida mulk huquqi mulk egasining erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
bekor bo‘ladi. Ba’zi hollarda, jumladan, qarzni qoplash uchun ijro 
varaqasi bo‘yicha haq undirilishida yoki mol-mulkning musodara 
qilinishida egalik huquqi mulk egasining erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
bekor bo‘lishi murnkin.
3-§. Xususiy mulk huquqi subyektlari
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari 
va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar 
va davlatga qarashli boMmagan boshqa yuridik shaxslardir (FKning 
208-moddasi). Xususiy mulk huquqi fuqarolar va nodavlat yuridik 
shaxslar mulki ko‘rinishida uchraydi. Fuqaro mulki xususiy mulkning 
o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga ega:
Birinchidan, mulkdor har doim konkret shaxs boMadi;
Ikkinchidan, mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin boMadi va unga 
ta’sir qilishda q^tor ustunliklarga ega;
Uchinchidan, bunday mol-mulk tashmachilik, o‘g‘rilik, xo‘jasizlik- 
ning qurboni boMish ehtimolidan uzoqdir.
Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka 
tartibda tegishli boMgan mol-mulk ma’nosida tushunish mumkin. Bu 
mulkning eng asosiy belgilari mol-mulkka nisbatan mulkdor yakka


shaxs, ya’ni fuqaro ekanligi va u mol-mulkka nisbatan o‘z huquqlarini 
xususiy tarzda amalga oshirishga haqli ekanligidir. Xususiy tarzda 
amalga oshirish deyilganda, mulk sohibi bo‘lgan shaxsning boshqa 
har qanday shaxslardan ruxsat olmay, o‘z xohishiga ko‘ra mulkiy hu- 
quqlarni e’tirof etish yollanma mehnatni qoMlash asosida foyda olish 
maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish vositalariga, korxonalarga egalik 
qilish imkoniyatlariga yo‘l ochdi. Ayni vaqtda xususiy mulk huquqini 
fuqarolarning o‘ziga yakka tartibda tegishli mol-mulkka nisbatan erki 
va irodasini amalga oshirishda mutlaq xohishni ro‘yobga chiqarish 
ma’nosida tushunmaslik lozim. Xususiy mulk egasi o‘z huquqlarini 
amalga oshirishda atrof-muhitga zarar yetkazmasligi va boshqa shaxslar- 
ning manfaatlarini buzmasligi lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, barcha 
mulk turlari ichida faqat fuqarolar mulkida mulkdor o‘z mulkiga eng 
yaqin turadi. Qachonki mulkdor aniq va muayyan bo‘lsa, o‘z mol- 
mulkiga bevosita tez va oson ta’sir ko‘rsatishga, nazorat qilishga imkon 
tug‘iladi, bunday mol-mulk esa, xo‘jasiz qolmaydi. Aksincha, mulk- 
dorning doimiy nazorati, boshqaruvi, g‘amxo‘rligi ostida ko‘payib, 
rivojlanib boradi. Fuqarolar mulki sifatidagi bunday xususiy mulk bozor 
munosabatlari tizimida tadbirkorlik faoliyatining moddiy negizi mo‘l- 
koMchilik va farovonlik manbai sifatida o‘ziga xos mavqega ega bo‘ladi. 
Shu bilan birga mulkdorning o‘z mulkiga yaqin turishi, bozor iqtiso- 
diyoti sharoitida o‘zgarib turuvchi talab va taklifga tez moslashish 
imkonini beradi.
Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki ko‘rinishida ham bo‘lishi 
mumkin. Oila — kishilarning bir-birlari bilan qon-qarindoshlik yoki 
nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo‘jalik yurituvchi uyush- 
masidir. Oilaviy mulkning tarkibiga quyidagilar kiradi:
— er-xotinning birgalikdagi mulki;
— oila a’zolarining har biriga shaxsan tegishli bo‘lgan mulk, shu 
jumladan, nikohgacha bo‘lgan mulk ham;
— oilaviy umumiy mulk — oila mulki oila a’zolarining umumiy 
kelishuvi asosida boshqariladi. Umumiy qoidaga ko‘ra oila yuridik 
shaxs emas, biroq oila zamirida dehqon xo‘jaligi tashkil etilsa, u yuridik 
shaxs huquqidan foydalanadi. Biroq, bu yerda oila bilan dehqon xo‘ja- 
ligini aslo aralashtirib yubormaslik kerak.
Xususiy mulk huquqining ikkinchi ko‘rinishi — nodavlat yuridik 
shaxslarning mulk huquqidir.
Nodavlat, ya’ni davlatga qarashli bo‘lmagan yuridik shaxslar mulki- 
ning iqtisodiy mazmuni tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga


moddiy ne’matlarning tegishli ekanligida ifodalanadi. Ba’zi iqtisodiy 
adabiyotlarda yuridik shaxslar mulki shu jamoa a’zosi hisoblangan 
shaxslarning umumiy hissali mulki deb ko‘rsatiladi. Bu noto‘g‘ri. 
Mazkur mulkning subyekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko‘p subyektlilik 
emas, balki bir subyektlilik mavjud. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi 
turlari mavjud:

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish