‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qarang: 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

 
Qarang:
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-
yil, 5 -6 -so n , 82-modda.


to‘g‘ri munosabatda boMadigan va ayrim holatlarda boshqa uchinchi 
shaxslarni inkor etish imkoniyatiga ega maxsus ashyoviy huquqlar 
ham tan olingan va amalda bo‘lgan.
Mulk huquqidan farqli o‘laroq maxsus ashyoviy huquqlarning pred- 
meti mulk yoki ashyo emas, uning alohida vazifasi o‘zganing mulkidan 
cheklangan tarzda bevosita va to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish hisobla- 
nadi. Bu vazifadan hatto mulkdorning o‘zi ham (servitut huquqining 
obyekti sifatida) foydalana olmasligi yoki, aksincha, o‘zida mulkdor 
vakolatlaridan birining predmetini ifodalashi mumkin bo‘lgan. Bunday 
holatda mulkdor mulk huquqini cheklayotgan maxsus ashyoviy huquq 
tugatilib mulk huquqi to‘la shaklda tiklanmaguncha o‘z huquqlarida 
cheklanib qolaveradi.
Ashyoviy huquqni mulk huquqi bilan solishtirish sivilistkada maxsus 
ashyoviy huquqlarni cheklangan yoki qisman cheklangan ashyoviy 
huquq sifatida talqin qilinishining tarqalishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
Ularning o‘ziga xos xusuiyati shundaki, mazkur cheklangan ashyoviy 
huquq mulkiy huquq bilan raqobatlasha olmaydi. Lekin shu bilan 
birgalikda boshqa shaxsning aynan shu mulkka yoki ashyoga egalik 
huquqi borligini nazarda tutadi.
Servitut huquqiga bo‘lgan ehtiyojning zarurligi asosan xususiy mulk 
huquqining vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Yanada aniqroq qilib 
aytadigan bo‘lsak, ayrim yer maydonlari har doim ham undan foydala- 
nishdagi zarur xususiyatlarga ega bo‘lavermaydi. Masalan, muayyan 
yer maydonida suv bo‘lmaganligi sababli qo‘shni yerdan ariq kovlab 
suv o‘tkazishga ehtiyoj tug‘iladi. Shuning uchun ham shu yer xo‘jalikda 
iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida qo‘shni yer maydonidan 
qisman foydalanish huquqiga ega bo‘lishga erishish kabi muammolari 
paydo bo‘la boshlagan. Bunday muammolar yerjamoa mulki hisoblan- 
gan davrda osongina hal qilingan1.
Ammo xususiy yer mulkchiligi vujudga kelishi bilan yerning mulkdori 
qo‘shni yerning egasiga yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod bo‘ladi. 
Shu tariqa o‘zganing yer mulkidan servitut asosida foydalanish huquqini 
o‘rnatishga zarurat paydo bo‘la boshlagan. Servitutning mazmuni 
birovning mulkidan ma’lum maqsadlarda foydalanish huquqi yoki 
o‘z mulkidan boshqalarning cheklangan tarzda foydalanishga imkon 
berishdan iborat.


Bir qator mutaxassislar masalan, Z.I. Puxan va М.Р. Akimovs- 
kayalar cheklangan ashyoviy huquqlarni nazariy jihatdan mulkiy 
xususiyatlariga ko‘ra uch guruhga ajratishadi:
• servitutlar;
• uzoq muddatli yer ijarasi shartnomasi;
• garov shartnomasi.
Е.А. Suxanov esa, cheklangan ashyoviy huquqlarni umumiy vazifa- 
lariga ko‘ra quyidagicha tasniflashni taklif qiladi, mulkdorning mulkini 
boshqarish sifatida yuridik shaxslarning ashyoviy huquqlari, servitutga 
xos huquq (iste’mol maqsadlariga ko‘ra, mulkdan cheklangan tarzda 
foydalanish qanday bo‘lsa, xo‘jalik maqsadlariga ko‘ra ham xuddi 
shunday) va yer mulkidan foydalanishga taalluqli bo‘lgan ashyoviy 
huquqlar. Binobarin, ashyoviy huquqlarni ularga to‘liq egalik qilishga 
ko‘ra tasniflash, ya’ni vakolatli shaxsga mulkdan foydalanishga ruxsat 
berilgan maksimal darajada ashyoviy huquqga egalik qilish va keyin- 
chalik uning cheklanishiga qarab tasniflashga muvoflq.
Uzoq muddatli yer ijarasi shartnomasi ikki turga emfitevzis (yunon- 
cha «emphiteuzis»- «o‘rnatmoq» degan ma’noni anglatadi) va super- 
fisiyga ajratiladi. Bu ikkala huquq uzoq muddatli yer ijarasi shartno- 
masining tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur huquqlarning servitut 
bilan o‘xshash tomonlari shundaki, emfitevzis ham, superfisiy ham 
o‘zganing mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi hisoblanadi. 
Ularning servitutdan ajralib turadigan xususiyatlari esa har ikkalasidagi 
huquqiy vakolatlar hajmining kengligi va muddati bilan belgilanadi. 
Yerga nisbatan shu ikkala huquqlarning birining o‘rnatilishi aynan 
shu yerga o‘rnatilgan mulk huquqining nomigagina saqlanib qolishini 
anglatadi.
Emfitevzis nihoyatda keng hajmga ega bo‘lgan huquq boMib, ijaraga 
beruvchi o‘z mulkini boshqarish huquqida jiddiy darajada chekla- 
nadigan alohida umrbod ijaraviy ashyo huquqi hisoblanadi. Emfitevzis 
nizoli vaziyatlarda vindikadion da'vo usuli va pretor interdiktlari bilan 
himoya qilingan. Ijaraga olingan yerga jiddiy darajada zarar yetkazilishi, 
uch yil davomida ijara haqi to‘lanmasligi va emfltevzis barham topgan- 
dan keyingina u yerga nisbatan mulk huquqi to‘liq qayta tiklangan.
Servitut va uzufrukt o‘rtasidagi farq haqida fransuz sivilist olimi 
Morander shunday yozadi: «Uzufmkt muayyan shaxs foydasiga xizmat 
qilib, shu asosda aynan shu shaxsni ko‘char va ko‘chmas mulkdan 
foydalanish va mulklardan hosil undirish vakolatini beradigan ashyoviy 
huquqdir. Servitut esa, muddati cheklangan ko‘chmas mulkdan


foydalanish sharoitiga ko‘ra turli mazmunga ega bo‘lgan shunga 
o‘xshash boshqa mulkdan foydalanadigan va uning manfaatini ko‘zlab 
o‘rnatiladigan ashyoviy huquqlar hisoblanadi»1.
Ko‘chmas mulk egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur 
hollarda esa boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer 
uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini 
berishni talab qilishga haqli.
0
‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni 
ta’minlash, elektr uzatkich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish, 
ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek, ko‘chmas 
mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilanmay turib ta’minlashi 
mumkin boimagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut 
belgilanishi mumkin. Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer 
uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
Servitut belgilanishini talab qilayotgan shaxs bilan o ‘zga yer 
uchastkasining egasi o‘rtasidagi bitimga ko‘ra, servitut belgilanadi va 
u ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Servitutni belgilash 
xususida kelisha olinmasa, bahs servitutni talab qilayotgan shaxsning 
da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal qilinadi. Fuqarolarning servitut 
huquqlari tijorat maqsadlaridan holi boiganligi uchun keng mulkiy 
huquqlarni talab qilmaydi.
Shuningdek, garov ham ashyoviy huquq turi hisoblanadi. Uning 
narsasi har qanday mol-mulk, shuningdek, ashyolar va mulkiy huquqlar 
boiishi mumkin. Muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning 
shaxsi bilan uzviy bogiiq boigan talabnomalar, xususan. hayoti va 
sogiigiga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablar, alimentlar 
to‘g‘risidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man 
etilgan boshqa talablar bundan mustasnodir. Garov turlariga ipoteka, 
ya’ni ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish hamda zakalat kiradi.
M ulo h aza yuritisb uchun savollar va m asalalar
7. 
M u lk h u q u q i deganda n im a tu sh u n ila d i?
2. M u lk h u q u q in in g obyektlariga m iso l keltiring.

Qarang:

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish