‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


? A. S o ‘nggi imkoniyat



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/320
Sana22.04.2022
Hajmi12,36 Mb.
#571687
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   320
Bog'liq
Fuqarolik huquqi (Umumiy qism).Рўзиев

........
?
A. S o ‘nggi imkoniyat.
B. Imkoniyat.
C. Huquq.
D. Vakolat.
2. D a Tvo m u d d a tla rin in g tu rla ri qaysi ja v o b d a t o ‘g 'r i berilgan?
A. Qisqartirilgan va uzaytirilgan muddatlar.
B. Qonuniy va shartnomali muddatlar.
C. Um um iy va maxsus muddatlar.
D. Moddiy va protsessual muddatlar.
3. M u d d a tla rn i vujudga keltiru vch i h olatlar qaysi hujjatlarda ifo d a la n a d i?
A. Ustavda, ta’sis shartnomasida.
B. Qonun, shartnoma yoki sudning hal qiluv qarorida.
C. Buyruqda, farmoyishda.
D. Davlat organlarining qarorlarida yoki farmoyishlarida.
4. Q onunlarda va boshqa m e yo riy hujjatlarda belgilanadigan fu q a r o lik
huquq va burch la rin i vujudga keltiradigan o
 
‘zgartiradigan va b e k o r qiladigan
vaqt y o k i d a v r oralig4 qaysi ja v o b d a to ‘g ‘ri keltirilg a n ?
A. Shartnomali muddatlar.
B. Qonuniy muddatlar.
C. Huquqni o ‘zgartiruvchi muddatlar.
D. Huquqni bekor qiluvchi muddatlar.
5. 
Q o n u n d a b e lg ila n g a n b o 4 s a - d a ta r a fla r n in g k e lis h u v ig a m u v o fiq
o 'zgartirilishi m u m k in b o 4 g a n m u d d a tla r
.....
?
A. Dispozitiv muddatlar.
B. Imperativ muddatlar.
C. Mutlaq aniq muddatlar.
D. Qisman aniq muddatlar.


XII bob.
MULK HUQUQI УА BOSHQA ASHYOVIY 
HUQUQLAR
l-§. Mulk va mulk huquqi tushunchalari
Mamlakatimizda bozor munosabatlari qaror topganidan so‘ng 
hayotimizda bir qator yangi fuqarolik-huquqiy munosabatlar vujudga 
keldiki, bu holat ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, erkin 
iqtisodiy munosabatlar amal qilishini ta’minladi. Bu esa, o‘z navbatida, 
mulkiy munosabatlar tizimida bir qator yangi qoidalar vujudga kelishiga 
zamin yaratdi. Ayniqsa, bozor munosabatlari qonuniyatlari hisoblangan 
talab va taklif, raqobat qonuniyatlari bilan hamohang bo‘lgan mulk 
shakllarining tengligi, mulkning daxlsizligi, har kimning mulkdor 
bo‘lishga haqliligi, mulkdorning o‘z mulkidan o'z xohish va manfaat- 
larini ko‘zlab harakat qilishi kabi tamoyillarning huquqiy jihatdan 
kafolatlanganligi xususiy mulkchilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng 
yo‘l ochib berdi. Jamiyatning iqtisodiy negizi - mavjud mulkchilik 
munosabatlariga asoslanadi.
Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy 
ma’noga ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat 
tomonidan insonlarga o‘ziga xos tarzda «taqdim etilgan» boyliklar 
har doim mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki boMmasligiga 
qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog‘i ijtimoiy-iqtisodiy 
maqomi vujudga keladi.
Mulkchilik munosabatlari-jamiyatdagi boyliklarni o‘zlashtirish 
xususidagi iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilik — birinchidan, insonning boyligi bo‘lmish ashyo, 
buyum yoki boshqa narsaga nisbatan egalik his-tuyg‘usi bilan bog‘liq 
munosabat, ikkinchidan, ana shu boylik, ne’mat xususida kishilar 
o‘rtasida vujudga kelgan munosabatdir. Kishilar buyumlarni, 
ne’matlarni o‘ziniki qilib olgandagina o‘zlashtirishlari mumkin, chunki 
jamiyatda o‘zganiki bo‘lgan ne’matlarni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Mulk 
sohibi o‘z mulkiga mustaqil tayanib ish ko‘radi. Mulksiz o‘zganing 
mulkini ijaraga oluvchi yoki mulkdorga yollanib ishlovchi shaxs mustaqil 
emas. Ne’matlar ikki yo‘sinda: ishlab chiqarish resurslari, ya’ni 
vositalari va ishlab chiqarish natijalari sifatida o‘zlashtiriladi.


Mulkchilik bu — mas’uliyat bilan manfaatning uzviy birligi 
hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdoming iqtisodiy 
manfaati uning boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti- 
harakat, fe’l-atvorini iqtisodiy motivasiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi1.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilik 
munosabatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Shaxsni 
mulkdan begonalashuviga asoslangan ijtimoiy alohida imtiyozli 
mavqega barham berildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan mam- 
lakatimiz iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etishi mustahkamlab qo‘yildi.
Tabiat boyliklari va kislii mehnati natijalari shaxslar tomonidan 
ayrim-ayrim holda o‘zlashtirilmay, balki birgalashib va o‘zaro hamkorlik 
bilan o‘zlashtiriladi. Binobarin, mulk tabiat narsalarini o‘zlashtirishda 
kishilar va ularning jamoalari o‘rtasida bo‘lgan munosabatni, ya’ni 
ijtimoiy munosabatni, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini bil- 
diradi.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘lishicha, mulk ishlab chiqarish- 
ning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning o‘zlashtirilishi 
natijasi hisoblanadi.
Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
egallash, foydalanish va ularni tasarnif etish sohasida bo‘ladigan ijtimoiy 
munosabatlarning majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin.
Yuridik ma’nodagi «mulk» tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib shuni 
aytish kerakki, shaxslar tomonidan tabiat boyliklarini, ashyolarini 
o‘zlashtirishda bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan 
va mustahkamlaydigan huquqiy normalar tizimi-yuridik ma’nodagi 
«mulk» tushunchasida qo‘llaniladi. Bu ma’nodagi mulk mulk huquqi 
sifatida ko‘riladi.
2-§. Mulk huquqining mazmuni
Mulk huquqi ikkiga obyektiv va subyektiv ma’nodagi mulk huquqiga 
boMinadi.
Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi, deganda tabiat ashyolarini 
ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash,
1

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish