‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 15 Mb.
Pdf ko'rish
bet510/580
Sana11.04.2022
Hajmi15 Mb.
#543624
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   580
Bog'liq
hozirgi o`zbek adabiy tili i, ii, iii kitoblar. akademik litsey va kollejlar uchun darslik

Tayanch tushunchalar: 
bir tushunchaning ikki nomi, izohlash orqali 
gap bo‘lagini ajratish.
Berilgan maqolni niunozaraga aylantiring.
Har narsaning yangisi yaxshi,
Do ‘stning — eskisi.
^
Savol va topshiriqlar
m
1. Ajratilgan aniqlovchili gaplarga misollar yozing.
2. Ajratilgan izohlovchili gaplarga adabiyot darsligidan 5 ta gap topib 
yozing.
3. Ajratilgan bo‘laklar qaysi xususiyati bilan uyushiq bo ‘laklarga 
o ‘xshaydi?
4. M a’lum bir bo‘lak m a’nosini ta ’kidlash, bo‘rttirish vazifasini 
bajaruvchi bo‘laklarga misollar keltiring.
5. M a’lum bir bo'lakning um umiy m a’nosini konkretlashtirish, 
tushunarsiz ma’nosini tushuntirish vazifasini bajaruvchi bo'laklarga 
misollar yozing.
6
. Bir nomni boshqacha nomlash bilan hosil bo'lgan bo‘laklarga 
misollar ayting.
7. Ajratilgan bo‘laklarning nutqimizda nima ahamiyati bor?
135-mashq.
0 ‘qing. Ajratilgan hollarni aniqlab, tagiga chizing.
1. 
Tem ir eshikli podyezd, ikkinchi qavat, chap tomondagi kvartira — 
bu sizning xonadoningiz. 2. Men ko‘rsatilgan stulga — to ‘rga o ‘tib o ‘tirdim.
3. Haligina, siz kelmasdan sal aw al, biroz o ‘zimga kelgach, joy-joylariga 
ketishdi. 
(A. Ibrohimov
) 4. Shoirning kulbayi vayronasi shaharning eng 
chekkasida, Bog‘i Firuz va Bog‘i M ahm ud kabi ko‘rkam bog‘lar atrofida 
joylashgan edi. 
( О. Yoqubov
) 5. Biz Xorazmda, M a’m un ibn M a’mun 
saroyida besh yil birga xizmat qilganmiz, begim. 
6
. Yaxshiyam, Sulton 
M ahm ud yoshlik chog‘larida, yuragida insof va adolat tuyg‘usi tam om an 
so‘nib bitmagan mahallarda, Nargizabonu sabab, sobiq g'ulom i qutlug‘- 
qadamning daxlsizligi to ‘g‘risida birdan bir adolatli farm on bergan ekan.
7. Endi bu hibsdan, o ‘laksa hidi anqigan bu jahannam dan tiriklayin chiqa 
oladimi, yo'qm i — buyog‘i yolg‘iz Ollohga ayon. 
( 0 . Yoqubov)
8
. Axsi — 
M ovarounnahrda, Sayxun bo‘yida joylashgan bo‘lib, mashhur shaharlardan 
edi. 
(Muhammad Ali)
136-mashq.
Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar tuzib, ularni 
izohlang.
516


22-DARS.
UNDALMALI MURAKKABLASHGAN 
GAPLAR
Darsning maqsadi: 
nutq jarayonida undalmalardan о ‘rinli foydalana
olish ко ‘nikmasini shakllantirish.
R E J A :
1. Undalm a haqida m a’lumot.
2. Undalmalarning gapdagi o ‘rni.
3. Ularda tinish belgilarining ishlatilishi.
/
1-topshiriq.
0
‘rtog‘ingizning ismini aytib chaqiring va uni gap 
ichida keltiring. 
0
‘rtog‘ingiz ismini bildiruvchi so‘zning qanday 
sintaktik vazifada kelishini ayting.
2-topshiriq. Opa, urma qalbimga tikan (H. Olimjon)
gapi tar­
kibidagi 
opa
so‘zining o ‘rnini almashtiring. Almashtirganda qanday 
o ‘zgarish ro‘y berayotganini ayting. Erkin o'rin almashinish sababini 
tushuntiring.
So‘zlashish jarayonida tinglovchining diqqatini o‘z nutqingizga qaratish 
uchun ko‘pincha uning nom ini aytib yoki 
opa, aka, singil, tog‘a, amma,
xola
kabi so‘zlar orqali murojaat qilasiz. Ba’zan tinglovchiga murojaat 
ifodalovchi so‘zni qo'llash orqali unga shaxsiy munosabatingizni ifodalaysiz. 
Masalan, 
Arpangiznixom o'ribmanmi, uka. Do'ndig'im, o'ynoqlabyuratur.
Onajonim, balki bir кип Aytganingday bo ‘lar to ‘y. (A. Oripov)
Eslab qoling. 
So ‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni
w
ifodalab, gapning boshqa bo ‘laklari bilan grammatik aloqaga kirish-
maydigan so ‘z yoki so ‘zlar birikmasiga undalma deyiladi.
U ndalm alar so‘zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirganligi uchun u 
k o‘pincha shaxs bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanadi. Badiiy nutqda esa 
shaxs bildirmaydigan jonli va hatto jonsiz predm etlar ham undalm a 
vazifasida kelishi mumkin. M asalan, 
Qani, ayt, maqsading nimadir sening,
Nega tilkalaysan, bagYm ni, ohang. (A. Oripov).
U ndalm alar gapning boshqa bo'laklari bilan gram m atik aloqaga 
kirishmaganligi sababli uning o ‘m i erkin bo'ladi, lekin undalm a gapning 
qayerida kelishiga ko‘ra, alohida-alohida vazifa bajaradi. So‘zlovchi 
tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa, u 
vaqtda undalm a gap boshida keladi.
So'zlovchi tinglovchilarga m urojaat etish orqali unga subyektiv 
munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, u vaqtda undalm a gap o ‘rtasi 
va oxirida keladi. Masalan, 
Nechun kerak bo ‘Idi senga ко ‘zyoshim. Nechun
kerak, rubob, senga shuncha g ‘am?! (A. Oripov)... Gar shul eshitganim
bo ‘Imasa ro ‘yo — Sen beshik emassan, dorsan, tabiat. (A. Oripov)

Download 15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   580




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish