456
42-mashq.
Berilgan birikmalarni 4 guruhga bo‘lib ko‘chiring, ya’ni
o t-o t, ot-sifat, ot-fe’l, sifat-ot shaklida yozing.
N avro‘z bayrami, ishga shoshilmoq, oydan ham go‘zal, bahor ayyomi,
yosh ijodkorlar, uyidan chiqib, gulzor bo‘ylab, yangi she’r, onadek aziz,
ukamdek ishchan, serzavq qo‘shiq, bayram fayzi, o ‘rik hidi, guldasta qo‘yib,
insoniy muhabbat, davo izlab, yigit kabi navqiron, qattiq aziyat, anketa
savollari, yurakdan o'qimoq, sevimli qo‘shiq, toshdek izsiz, hayoti achinarli,
duo qilib, yaxshi o ‘qish, bexato yozish, insoniy go'zallik, kamalak misli
egik, hayvon kabi beo‘xshov, qo‘l qo'yish, tarixiy shaxs, adabiy uyushma.
43-mashq.
Hikoyani ko‘chiring. S o ‘z birikmalarini aniqlang.
G ‘IYBATCHIGA M U K O FO T
Hasan Basriyning oldilariga bir kishi kelib dedi:
— Hazratim, Sizni bir kishi shunday g'iybat qildiki, asti qo‘yaverasiz.
— Sen unikida bo'ldingmi? — so‘radi Hasan Basriy undan.
— Ha, — dedi u. — M eni rosa m ehm on qildi. Tansiq taom lardan
q o‘ydi oldimga, lekin yo‘q yerdagi tuhm atlar bilan Sizning sha’ningizni
to ‘kdi.
— Sen uning tansiq taomlarini qorningga sig‘diribsan-u, lekin g‘iybat
gaplarini sig‘dirolmabsan-da. Shu gaplarni kelib menga aytishing shartmidi?
H a, mayli, mana buni o ‘sha g'iybatchiga eltib ber, — dedi Hasan Basriy
qo‘ynidan bir hovuch hurmo olib... — bu unga xizmat haqi.
— Nega, hazrat? Sizni g‘iybat qilganga haq berasiz?! — deya hayratga
tushib so‘radi u.
— Chunki, — dedi Hasan Basriy, — u menga g‘iybat qilib, shu
paytgacha qilgan gunohlarimni o ‘ziniki qilib olibdi. M ana shuning uchun
haqiga beryapman-da xurmolarni, olib borib ber.
44-mashq.
Gaplarni so‘z birikmalariga ajratib ko‘chiring. Birikma-
lam ing turlarini aniqlang. Gap boiaklarining qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalanganini tushuntiring.
Saxiylik kishilar o ‘rtasidagi ishonch va m uhabbatdan paydo bo'ladi.
Saxiy kishi o ‘z iltifoti bilan birovga qarz yoki yordam bermaydi, balki
unga bo‘lgan ishonchining qanchalar quw atga ega ekanligini oshkor etadi.
Chingiz Ahmarov barchaga saxiylik ko‘rsatishni xohlaydi. Ham maning
ko‘nglini olishni, qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilishni istaydi. Demakki,
u insonga ishonadi.
Chingiz Ahmarovning esdaliklarini o ‘qib, savollarimga qisman javob
topgandek bo‘laman: «Xalqning ishonchini oqlay oldimmi? Ruhim da
to'xtovsiz, iznsiz oqib yotgan cheksiz-chegarasiz hayajonlarimni, orzu-
457
maqsadlarimni, ehtiroslarimni san’atga aylantirib, rang-tasvirga ko‘chirib,
odam lar qalbiga singdira oldim m i? degan so‘roq qarshisida shaxsiy
yetishmovchiliklarim vaturm ush og'irliklarini esimdan chiqaraman, yanada
ko‘proq kuch bilan ishlash orqali xalqdan qarzlarinini uzishim kerakligini
o ‘ylab ustaxonaga shoshaman. Yangi, katta asarlar yaratish ishtiyoqi meni
bir soniya ham tark etmaydi... Tshlashim, tanda jon bor ekan, rasmlar
chizishim kerak...»
Do'stlaringiz bilan baham: |