doirasini kengaytirib borishiga ta’lim muassasasi, o ‘qituvchi, ota-ona, jamoatchilik
ishiga muhit yaratib, kuzatib, tahlil qilib, natija va xulosalar chiqarib, o ‘z vaqtida
chora ко‘rib borishi zarur.
Zamonaviy boshqaruvning asosiy vositalaridan
biri monitoringni y o ig a
qo‘yishdir. Asosan, ta’lim qonuni, kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga
tadbiq etish hamda umumiy o ‘rta ta’lim tizimining ichki boshqaruvini samarali
tashkil etishda monitoring eng qulay va istiqbolli yo‘ldir. T a’lim va tarbiyada paydo
bo‘ladigan muammolami bashorat etish, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish,
kutilayotgan natijalami bashorat etish va qiyoslash masalalari monitoringning qay
darajada tashkil etilganligiga bogiiq.
Monitoring ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib, u o ‘quv
jarayoni natijalari, o ‘quvchi-
talabaning rivojlanganlik darajasi, o ‘qitish sifati darajasini sotsial-ijtimoiy faoliyati,
milliy istiqlol g ‘oyasi asosida ma’naviy-madaniy tarbiya topganligi, uning
barkamollik darajasi, ichki nazoratning qay darajada yo ‘lga qo‘yilganligi,
boshqaruv
samaradorligini
tahlil
etish, natijalash, xulosa chiqarish,
choral ar ko‘rish
imkoniyatlarini yaratadi. Shunday qilib, monitoringni o ‘tkazish va uni olib borishning
o ‘ziga xos metodikasi mavjud. Shunga ko‘ra, monitoring o ‘qitish darajasi, uzluksiz
ta’limning amalga oshirilishi,
tarbiya topganlik darajasi, o ‘quvchi-talabaning
salomatligi, sog‘lom turmush tarzining yo‘lga qo‘yilganligi, muhitga moslashuvi kabi
masalalami ijobiy hal bolishida rahbar xodimlarga eng qulay vositadir.
Ta’lim jarayoniga monitoringni tadbiq etishning ilmiy asoslanganligini bir
tizimga solish ta’lim-tarbiyaviy ishlaming shakli va mazmunini yangi bosqichga olib
chiqish imkonini yaratadi. Monitoring davlat dasturi hamda standartlami amalga
oshirishda eng zamonaviy, eng kafolatlangan va samara beruvchi vositadir.
Ta’limda monitoring deganda, ta’lim tizimi, uning ayrim yo‘nalishlari, sifati,
boshqaruvi haqida axborot to‘plash, ulami qayta ishlash,
tarqatish, targ‘ibot qilish
orqali ahvolni o ‘rganish va u orqali ta ’sir etish tushuniladi. Bu usulda davlat dasturi
hamda standartlaming o ‘zlashtirish darajasi, ta’limda ehtiyojning qondirilish
darajasini analitik axborotlar yordamida tahlil etib, yangicha yondoshuv, boshqaruv
bo‘yicha xulosalar chiqarish, qarorlar qabul qilishga imkon yaratiladi. Shuning uchun
ham ta’limning ichki boshqaruvidagi monitoringlar:
1.
Adolatli, haqqoniy. 2. Qiyosiy. 3. Tashqi muhit ta’siridan himoyalangan. 4.
Axborotlar bashorat qilingan, ya’ni o ‘z isbotiga ega bo‘lmog‘i kerak.
Bulardan xulosa qilgan holda, ta ’lim-tarbiyada monitoring deb nimaga
aytilishiga javob beramiz. Demak, ta’lim-tarbiya sohasida monitoring deb, o ‘quv
jarayoni va uni boshqarishda uzoq davom etadigan uzluksiz kuzatuv olib borilishiga
aytiladi.
Muntazam monitoring olib borish modeli quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
1) o ‘quvchi-talabaning real o‘qish imkoniyatlarini aniqlash;
2) u yoki bu o ‘quv fanlari bo‘yicha bilimlar sifatini o'rganish;
3) o ‘quvchi-talabalaming sust o ‘zlashtirishida didaktik sabablami aniqlash;
4) ta’lim muassasasidagi o ‘zaro ichki munosabatlar xususiyatini tahlil etish,
5) ta’lim muassasasining ichki ish tartibining maqsadga muvofiqligini o ‘rganish;
6)
o ‘qituvchilaming
pedagogik
mahoratini,
pedagogik-psixologik
savodxonligini o ‘rganish.
37