1-MAVZU: PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA FANINING MAZMUN-
MOHIYATI, MAQSADI, PREDMETI HAMDA VAZIFALARI
Asosiy tushunchalar: pedagogik diagnostika. pedagogik jarayon
,
о qitishni
jadallashtirish. о 'z-o zini diagnostikalash, diagnostikaning fimksiyalari, pedagogik
faoliyat. pedagogik diagnostikaning ob ekiivligi
,
qiyinchiliklami о 'rganish.
Professional
ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha magistrlar o lzining pedagogik
faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug‘ullanishlari lozimligi bugungi kun
talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida amalga oshirilgan ishlaming
pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo‘ladi. Faoliyat natijalarini
sarhisob qilish, amaliy xulosalar chiqarish - bo‘sh yoki
muvaffaqiyatli urinishlami
belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish diagnostika
deyiladi. Pedagogik diagnostika o ‘quvchi-talabaning o ‘zlashtirishi, o ‘qishdagi
qiyinchiliklarim, uning o ‘qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillami
o ‘rganishga yo^naltirilgan. Diagnostika natijalari esa ta ’Hm-tarbiya jarayonim to‘g ‘ri
rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xatolami tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika
ishlarini olib borish lmkonini beradi.
Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o ‘z
farzandining baxt-u
saodati, fazl-u kamolini ko‘nsh uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat
qiladi, o ‘zini ayamaydi. Bola tugvilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi.
Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola shakllanishida asosiy o ‘rin
egallaydi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini
anglavdi. his etadi.
0 ‘zbek oilast mustabidlik zamonida ham o ‘zining tarixan
shakllangan qiyofasim
yo^qotmadi. Ulug‘ adibimiz Abdulla Qodiny qahramonlaridan birining: “Bu
xonadondan hech kim norizo bo‘lib ketgan emas”, deya aytgan gaplarida elimizga
xos katta hayotiy tajriba mujassam. Shu sababli ham mustaqillik yillarida oilaning
mustahkamligi, uning jamiyatda tutgan o ‘miga alohida e’tibor benb kelinmoqda.
Xususan, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yilning “Obod turmush yili” deb
nomlanishida juda chuqur ma’no va mazmun mujassamlashgan.
Kelgusida farzandlanmizni sog‘lom, jismonan baquvvat, ruhan tetik, m a’nan
yetuk shaxs qihb tarbiyalashga,
tabiatni, vatanni sevib ardoqlashga o'rgatishga
alohida e ’tibor qaratilmoqda. Sir emaski, barkamol avlodning savodxon bo‘lishi,
o ‘quv-biluv jarayomga intilishi, qiziqishi uchun ta’lim jarayonida mustahkam bilim
olishga ishtiyoq, asosan, boshlang'ich ta’limdan boshlanadi. Shu sababdan ham
“T a’lim to‘g ‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning so‘ngi
bosqichi -
sifat va samaradorlik bosqichi, qabul qilindi. Bu bosqich Prezidentimiz
I.A.Karimov ta’bin bilan aytganda, ijobiy ma’nodagi “Portlash effekti” bosqichidir.
Bu bosqichda pedagog kadrlami yuksak salohiyatli, ijodkor, raqobatbardosh,
komponentli yangi avlodni tayyorlashga qadam qo‘yildi. Bu vazifani amalga oshirish
uchun Oliy ta‘lim
muassasasi pedagoglari, bo‘lg‘usi pedagog-talabalar ham o ‘z
faoliyatlarini innovatsion pedagogika asosida qayta ko‘rib chiqishlari darkor. Ya’ni
ulaming o'zlari ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, mas’uliyatni his etishlik sari
intilishlari zarur.
4
O lquv-tarbiya jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar,
innovatsiyalar asosida va bular o ‘quvchi-talabaning shaxsiy
faol ishtirokida olib
borilishini taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan mashg‘ulotlarning pirovard natijalarini tahlil qilish, o ‘rganish,
kamehilik va xatolarini aniqlash, ulami tuzatish yoki oldini olish uchun pedagogik
diagnostika o ‘tkarish zaruriyati tugilm oqda. Shu munosabat bilan diagnostika fani
vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: