‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V psixologiya



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/96
Sana30.04.2022
Hajmi5,98 Mb.
#595873
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96
Bog'liq
hjacki 440 Psixologiya (Umarov B.M.)

boshqarish
nazariyasining
quyidagi jihatlari o ‘rganiladi:
a) boshqarish faoliyatining nazariyasi;
b) boshqarishda kasbiy faoliyatning psixologik tahlili;
c) boshqarish tizimida guruhlam ing faoliyati;
d) boshqarish tizimida shaxslararo munosabatlar;
e) boshqarish tizimida rahbarlik;
f) boshqarishda psixologik ta’sir etish usullari va hokazo.
Boshqarishda huquqiy funksiya tushunchasi mavjud bo‘lib, b u —
qo‘l ostidagi shaxslami, jamoani to ‘g‘ri boshqarishda asosiy huquqiy 
usul hisoblanadi. Boshqarishda psixologik bilimlar esa yordamchi usul 
hisoblanadi. Boshqarish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish 
bugungi kun talablaridan biridir. Vaqt — bu to ‘xtatib bo'lm aydigan 
jarayon hisoblanadi. Vaqtdan samarali foydalangan shaxsning ishida 
unum, baraka bo‘ladi. Vaqtni boshqarish tushunchasi bu insonning 
o ‘zini o ‘zi boshqarishi bo‘lib qolm asdan, balki jam oani, o ila n i 
boshqarish demakdir. Vaqtdan unumli foydalanish majlisbozlikdan, 
qog‘ozbozlikdan va foydasiz ishlardan holi bo‘lish demakdir.
9.2 . G uruhlarda rahbarlik va liderlik
Guruhlardagi o‘zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha 
bo‘lib, guruh a ’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan b o ‘ysu- 
nuvchilar o‘rtasidagi munosabatlami o‘z ichiga oladi. Bu borada „lider“ 
va „boshliq“ tushunchalari o'rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim . 
B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
1) 
lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlami boshqarsa, 
rahbar shu guruhdagi rasmiy munosabatlami boshqaradi;


2) liderlik kichik guruhlargagina xos b o ‘lgan hodisa bo‘lsa, 
rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo‘lishi, 
amalga oshirilishi mumkin;
3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, rahbarlik maqsadga 
qaratilgan, jam iyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida 
saylovlar oqibatida sodir bo‘ladigan hodisadir;
4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo‘lib, guruh 
a ’zolarining kutishlari, ulaming kayfiyatlari, faoliyat yunalishiga qarab, 
uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro‘y beradi;
5) rahbaming liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan 
jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda o‘z xodim- 
lariga ta’sirini o‘tkazishi mumkin;
6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar, tashabbuslami 
o ‘z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda 
k o ‘plab rasmiy ko4rsatm alar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, 
ular doirasidan chiqib ketishi kiyin;
7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amaiga 
oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyat- 
dagi vakili bo‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat 
imkoniyatlari ham ortiqdir.
Lider hech qachon yolg'iz bo‘lmaydi, u doim o guruh a’zolari 
orasida bo‘ladi, u shu guruh a ’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. 
C hunki lider guruh a ’zolarining psixoiogiyasi, ulam ing kayfiyatlari, 
intilishlari, qiziqishlari va hokazolami hammadan ham yaxshi biladi, 
ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaraladigan 
b o ‘lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh 
a ’zolari ichida eng bilag‘oni, aq! o ‘rgatuvchisi, topqiri, intellektual 
lideri, bolalar ichida eng hazilkashi, dilkashi, xushchaqchag'i, ko‘ngil 
s o ‘rovchisi, o‘zgalarni tushuna oladigan — emosional lider, guruhni 
ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat’iyatii, irodali-irodaviy lider- 
lar bo‘lishi mumkin. U lar ayni vaziyatlatda vaziyat talabiga ko‘ra paydo 
b o ‘Iadilar ham da bolalar ongida o‘z sifatlariga ko‘ra obro‘ qozonadilar. 
Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlari ham bo‘lishi mumkin, lekin 
guruh liderga ergashganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va 
shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko‘rsatmalariga amal 
qiladi. M aktabda bolalar yoshida xulqi maktab normalariga to‘g‘ri 
kelmaydigan liderlaming borligi, ular m a’lum guruh ichida so‘zsiz 
o b ro ‘ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider


„ketdik“ deb ko‘rsatma bersa, unga ergashganlaming darsni ham tashlab 
keta olishi shu bilan tushuntiriladi.
Shuning uchun ham sinf rahbari o‘z sinfidagi rasmiy liderlar bilan 
ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlami ham aniqlay 
bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. T o ‘glri, ba’zi hollarda 
rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo‘lishi ham mumkin. Bu juda qulay, 
lekin liderlik vaziyatga bog‘liq bo‘lgani uchun ham ulaming o‘zgarib 
turishini hisobga oladigan boMsak o‘qituvchining boshqarish mahorati 
yoki san’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.
Shunday qilib, har qanday lider obro‘ga ega. O brolilik shaxsning 
shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emosional, ham 
irodaviy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro‘lilik ya’ni 
shaxslararo m unosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro‘ juda 
samaralidir. Odamlar ko‘ngliga yo‘l topish, ulami turli vaziyatlarda tushuna 
olish, ishonch va shunga o‘xshashlar obro‘ orttirish mezonlaridandir.
9 .3 . Liderlik va superliderlik
Amerikalik tadqiqotchi 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish