ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 1 0 - 0 1 5 - 2
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2006
M A’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SISTEMASI (ACCESS W INDOW S- 9 X / 2000 UCHUN)
M a ’lumotlar bazasi siz o'ylaganchalik narsalar yoki predmetlar ombori emas, balki predmetlar haqidagi m a ’lumot- larning tizimlashtirilgan to'plami (bazasi)dir. Siz bunga kitobni o'qish jarayonida ishonch hosil qilasiz.
KIRISH
Ma’lumki, informatika fani ma’lumotlar (axborotlar) ustida ish olib boradi, ya’nl bir ma’lumotdan (ma’lumotlardan) boshqa bir ma’lumotni (ma’lumotlami) hosil qiladi. Masalan, ixtiyoriy programmalashtirish tillari yordamida boshlang‘ich ma’lumot asosida yangi ma’lumotlarni hosil qilishni ko‘rgansiz. Kvadrat tenglama koeffitsiyentlari a, b, s be- rilgan deb, yangi ma’lumotlar: kvadrat tenglamaning ildizlari va X2 larni hosil qilishni har birimiz o‘rta maktabdan bilamiz.
Zamonaviy kompyuterlardan foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni qayta ishlash bilan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, shuningdek, institut va universitet talabalari keng shug‘ullanmoqdalar. Hozirgi kunda kom- pyuterdan foydalanuvchi har bir kishi WORD matn muharriri yor damida matnlarni qayta ishlashni, ya’ni kerakli kokrinishda format- lashni, chop etishni va bir qancha nusxa olishni qiynalmasdan amalga oshiradi. Hisoblashlar bilan bog‘liq masalalarni EXCELda, taqdimöt jarayonlarini PowerPointda amalga oshirish ko‘pchilikka ma’lum. Xuddi shuningdek, internet sahifalariga ma’lumotlami kiritish uchun HTML tilidan yoki FrontPage programmasidan foydalanish kerakligini bilasiz.
Kompyuter bilan bog'liq va kompyuter yordamida juda tez amalga oshirish mumkin bo‘lgan shunday masalalar turkumi mavjudki, ular bilan har kuni va har qadamda ro‘baro‘ bo‘lasiz. Bunday masalalar turkumi ma’lumotlar bazasi deb ataladi. Ma’lumotlar bazasini loyiha- lash, hosil qilish, ma’lum bir sistemaga keltirish, ma’lumotlarni to‘plash, tashkil etilgan bazadan kerakli ma’lumotlarni qidirib topish va h.k. masalalar bilan shug4ullanuvchi programmaga ma’lumotlar ba-
-3-
M A ’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SiSTEMASI (ACCESS W INDOW S-9 X/2000 UCHUN)
zasini boshqarish sistemasi deb ataladi. Windows muhitida ishlovchi shunday programmalardan biri Accessdir. Hozirgi kunda Accessning juda ko‘p ko’rinishlari (versiyalari) mavjud. Masalan, Access 2.0, Win dows 95 uchun Access, Access 2000 va b.q. Bu programmalai zamonaviy kompyuterlarning paydo bo‘lishi va zamonaviy operatsion sistemalarning yaratilishi bilan bog‘liq boiib, ular bir-birini to‘ldirib boradi. Programmalarning har biri oldingisining imkoniyatlarini qay- tarish bilan birga, yangi imkoniyatlarga ham ega. Lekin bu program- malarning qaysi birini o‘rganishingizdan qat’i nazar, ularning asosi bir xildir.
Access paydo boklmasidan oldin ham ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi bir qator programmalar mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda Ac cess kabi keng qo‘llanilayotgan juda mukammal ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari mavjud bo‘lib, ulardan mutaxassislar va foy- dalanuvchilar unumli foydalanib kelmoqdalar. Masalan, POFILE, Re flex, Lotus, Paradox, FoxPro, Dbase, Karat, Oracle, MS SQL Server kabi programmalardir. Ammo Accessning qulayligi shundaki, uni o‘rganish juda oson boiishi bilan birga, deyarli barcha kompyuterlarda qoilanilayotgan Windows operatsion sistemasi muhitida ham ishlay oladi.
Ma’lumotlar bazasi yuqorida ta’kidlanganidek, predmetlar ombori emas, balki ombordagi predmetlar haqidagi ma’lumotlarning siste- malashtirilgan ma’lum bir strukturasidir. Masalan, dorixonani (apte- kani) qaraydigan bo‘lsak, unda turli-tuman dorilar to‘plangan. Agar biz shu dorixonadagi dorilar haqidagi ma’lumotni to‘plasak, shu dorixonadagi dorilarning ma’lumotlar bazasini yaratgan bo‘lamiz. Bu ma’lumotlar nimalardan iborat bo‘lishi mumkin: dorilarning nomi, qaysi kasalga davoligi, ularning narxi, qaysi firma tomonidan ishlab chiqilgani, saqlanish muddati va h.k. Agar shu ma’lumotlar har bir dori uchun shu sistemada (shu tahlilda) yozilib bir yerga to'plansa, u holda siz dorilarning ma’lumotlar bazasini yaratgan bo‘lasiz. Yaratilgan ma’lumotlar bazasidan o‘zingizga kerakli ma’lumotni qidirib topi- shingiz mumkin va bu ma’lumotlar asosida dorixonada ish yuritish os- onlashadi. Albatta, dorixonaga yangi-yangi dorilar kelib turganidek (dorilar ombori yangilanib turganidek), mos ma’lumotlar bazasi ham doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlarni MS Access programmasi
-4-
M A ’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SISTEMASI (ACCESS W INDOW S- 9X/2QQ0 UCHUN)
kompyuter yordamida juda tez amalga oshiradi.
Yuqorida ta’kidlangan ishlami Access yordamida amalga oshirishni o‘rgatish mazkur kitobning asosini tashkil etadi va kitobning har bir bobi Accessni tashkil etuvchi obyektlaming tavsifini akslanti- radi.
Kitobning 1-bobida ma’lumotlar ularning turlari, loylhalash va ma’lumotlar bazasiga tegishli bir qator tushunchalar keltirilgan.
2-bobda ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, ularning tur lari va Access oynasi va menyu elementlari haqida ma’lumot berilgan.
Darslikning 3-bobi jadvallarga, 4-bobi so'rovlarga, 5-bobi forma- larga, 6-bobi hisobotlarga bag‘ishlangan bo4lib, ular misollar va rasmlar yordamida yoritilgan.
7-bobda modul va makroslar keltirilgan bo‘lib, ulami loyihalash usullari aniq misollar yordamida tushuntirilgan.
Mazkur kitobga talabalarning reyting tizimini tashkil etish va kerakli ma’lumotlarni olish uchun yaratilgan «REYTING» ma’lumotlar bazasi disketada ilova qilinadi. Bu sistema Accessni o‘rganishni yana ham osonlashtiradi va shu sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoni- yatini yaratadi.
M A ’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SISTEMASI (ACCESS W IN D O W S-9 X /2000 UCHUN)
I bob. MA’LUMOTLAR BAZASI
Mazkur bobda ma’lumotlar bazasi haqida fikr yuritiladi. M a’lumotlar bazasi o ‘zi nima, u qanday yaratiladi? M a’lumotlar bazasini loyihalash deganda nimani nazarda tutish kerak? M a’lumotlami jadvallarda qay yo‘sinda saqlash, ularning takror- lanmasligini ta ’minlash kabi bir qator tushunchalar keltiriladi. Kitobning kirish qismida ta’kidlanganidek, ma’lumotlar bazasi nar- salar yoki predmetlar ombori emas, balki ombordagi predmetlar haqidagi ma’lumotlaming sistemalashtirilgan ma’lum bir struktura- sidir. Bu strukturada nafaqat predmetlar, balki insonlar haqidagi ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, kadrlar bo‘limidagi xodimlar haqidagi ma’lumot, o‘qishga kirayotgan abiturientning shaxsiy varaqasi yoki shifoxonadagi har bir bemor uchun to‘ldiriladigan kasallik tarixi varaqasi va h.k.
M a’lumotlar bazasini yaratishda eng muhim narsalardan biri - loyihalash. Yaxshi loyihalangan ma'lumotlar bazasi tejamli, puxta bo'lib, ma’lumotlarning takrorlanmasligini va undan boy ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. Siz qurayotgan uyingiz uchun awalo loyiha tayyorlaysiz. Loyihani tajribali mutaxassis ustalardan so‘rab olasiz. Natijada, siz qurgan uy puxta, ko‘rkam bo‘ladi va eng asosiysi kam mablag‘ sarflanadi, lekin uning foydali xonalari ko‘proq bo‘ladi.
M a’lumotlar bazasini qurish ham xuddi uy qurishdek gap. Av- val, uni loyihalash kerak. Loyihalashda qanaqa turdagi ma’lumotlaming bo‘lishi va bu ma’lumotlardan qanday foydalana olish juda muhimdir. Chunki biror loyiha asosida qurilgan uyni buzib, qaytadan qurish qanchalik qimmatga tushishini tasaw ur qilamiz, albatta. Xuddi shuningdek, ma’lumotlar bazasining loyihasi yoqmasa yoki loyihaning ayrim elementlarini o ‘zgartirishga ehtiyoj tug‘ilsaf bu ishni Access osongina amalga oshiradi, faqatgina ayrim ma’lumotlar y o ‘qolishi mumkin. Bundan hech cho‘chimaslik kerak. Qilingan ayrim xato va kamchiliklar sizga keyingi loyihalarning puxta bo‘lishi uchun dars vazifasini bajaradi.
-6-
M A’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH SISTEMASI (ACCESS W IN D O W S-9 X /2000 UCHUN)
Do'stlaringiz bilan baham: |