. Moliyani boshqarishning hozirgi zamon tizimi
Moliyani boshqarish tizimi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki u mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi davrda iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi oqilona yo‘lga qo'yilgan va boshqarilib turuvchi moliya tizimi hamda fond bozorisiz m u m k in em as. M oliya tizim i m oddiy va m a ’naviy n e ’m atlar yaratiladigan real iqtisodiyot negizida faoliyat ko‘rsatadi. 0 ‘z vaqtida
moliya tizimi bu real iqtisodiyotning faoliyat ko'rsatish shart-sharoit- larini belgilab beradi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda, moddiy va nomoddiy resurslarni taqsimlashda ham da pul oqimlari oqilona sarflanishida m oliya tizim i m uhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda moliya tizimi real iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy muammolami hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, dastaklar hamda moliya institutlarining barcha bo‘g‘inlari faoliyatining yig'in- disidan iborat. Shuning uchun jamiyatni jam oat — siyosiy hayotida oqilona muvozanatni saqlab turish, uni rivojlantirishda, davlat organ- larining barcha bo‘g‘inlari o'rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda moliyani boshqarish juda murakkab hamda puxta ishlab chiqilgan moliya tizimini talab etadi.
Mamlakatimizda moliyani boshqarish eng aw alo davlatimizning oliy qonunchilik organlari tom onidan amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan moliyani boshqarish oliy qonunchilik organlari hisoblangan Oliy Majlisning ikki palatasiga, ya’ni Senat va Quyi Qonunchilik Palatasiga yuklatilgan. Bunday boshqaruv eng aw alo davlat budjetini ko‘rib chiqish, uni tasdiqlash ham da budjet ijrosini tasdiqlashda yuzaga chiqadi. Oliy Majlis bundan tashqari soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to ‘lovlar to ‘g‘risidagi qonunlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Moliyani boshqarishda oliy qonunchilik organlaridan biri 0 ‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti devoni hisoblanadi. Amaldagi qonun- chilikka asosan Prezident devoni tomonidan mamlakatdagi moliya siyosatini olib borish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish yuzasidan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining Farmonlarini qabul qilish uchun takliflar kiritadi.
Moliyani boshqarishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi muhim o ‘ringa ega. Ushbu organga asosan davlat budjeti va budjetdan tashqari jam g‘armalar mablag‘larining harakatini maqsadli nazorat qilish yuklatilgan. Bundan tashqari, qabul qilingan qonunlami moliyaviy nuqtayi nazardan ekspertiza qilishni amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan mamlakatimizda moliyani boshqarishda juda katta vakolatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan. Ushbu vakolatli organ tom onidan davlat budjetini ishlab chiqish, uning ijrosini nazorat etish hamda mamlakatimizda moliya, pul, kredit va fond bozorida yagona siyosat olib boriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasi m am -
Do'stlaringiz bilan baham: |