‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet59/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. Moliyaviy boshqaruvda moliyaviy nazoratning modelhiri,

shakllari va usullari
Moliyaviy nazorat moliyani boshqarish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, u moliyani taqsimlash va qayta taqsimlash hamda nazorat funksiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Uning mohiyati barcha xo ‘jalik yurituvchi subyektlar tom onidan amaldagi qonunchilikda belgilangan qonuniy-huquqiy m e’yorlarga amal qilishlik, b o ‘lajak moliyaviy qonimbuzarliklarning oldini olish va m am lakat moliya tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta ’minlash bilan izohlanadi. Chunki mamlakatda yaratilayotgan yalpi ijtimoiy m ahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yuzaga chiqa- digan ulkan pul oqimlarining maqsadli sarflanishi uning ustidan nazoratni talab etadi. Ushbu nazoratni amalga oshirish esa maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va ulardagi yuqori malakali ham da tajribali mutaxassislaming jalb qilinishini talab etadi. Bular u m um - lashtirilsa moliyaviy nazorat tushunchasi yuzaga keladi. Moliyaviy nazorat — maxsus vakolatga ega tekshiruv tashkilotlari va tekshi-

ruvchilarning (auditorlar) iqtisodiyotdagi barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini amaldagi moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya etilishi yuzasidan turli shakl hamda usullarni qo‘llash orqali olib boriladigan faoliyati hisoblanadi.

Moliyaviy nazorat uning obyektlari, subyektlari, o ‘tkazish mud- datlari, o'tkazish reglamentiga asosan turli modellar, shakllar va usul- larga bo'linib ketadi. Quyida ularni yoritishga harakat qilinadi.

M a ’lumki, har qanday moliyaviy nazoratning mahsuldorligi va ta’sirchanligi unda aniqlangan turli moliyaviy qonunbuzarlik holatlariga nisbatan qo'llaniladigan jazo choralariga bog'liqdir. Xalqaro amaliyot- da moliyaviy nazorat orqali qo‘llaniladigan jazo choralar darajasiga asosan ikki model shakllangan:



  1. Moliyaviy nazoratning anglosakson modeli.

  2. Moliyaviy nazoratning fransuz modeli.

Moliyaviy nazoratning anglosakson modeli qo‘llaniladigan mam- lakatlardagi nazorat organining faoliyatida o‘zi olib borgan moliyaviy nazoratning yakunlari hamda unda aniqlangan qonunbuzarlik to 'g‘- risida faqatgina hisobot tayyorlash bilan cheklangan. Ushbu nazoratda aniqlangan moliyaviy qonunbuzarlikka y o ‘l qo'yilgan shaxslarga nisbatan qanday moliyaviy jazo qoMlanilishi masalasi m a’muriy va sud organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bu organlarning rasmiy jazo to ‘g‘risidagi hukmigina jazoning qo‘llanilishiga asos bo'ladi.



Moliyaviy nazoratning fransuz modulini qo‘llayotgan mamlakat- lardagi nazorat organining faoliyatida o ‘zi olib borgan moliyaviy nazorat yakunlarida aniqlangan moliyaviy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarning aybdorlik darajasini aniqlash hamda ulardan yo‘l qo'yilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi berilgan. Bu mamla- katlarda moliyaviy qonunbuzarlikka yo‘l qo ‘ygan shaxslarga jazo qo'llash uchun sud organlarining hukmi kerak emas.

Moliyaviy nazoratning olib borilishi, m uddatlari, reglamenti, nazorat obyekti va subyektiga asosan quyidagi asosiy shakllarda tasniflash mumkin:

  1. Moliyaviy nazoratning subyektiga asosan-davlat vakolatli organ­ lari, xo ‘jalik subyekti ichidagi, tarmoq, jam oa va auditorlik nazorati.

  2. Moliyaviy nazoratning obyektiga asosan soliq, kredit, valuta, bojxona, budjetdan tashqari fondlar va sug‘urta.

  3. Moliyaviy nazorat o'tkazilishi reglamentiga asosan-ichki va tashqi (majburiy) nazorat.

  4. Moliyaviy nazoratning o'tkazilish muddatiga asosan-dastlabki, joriy va davriy nazorat.

Davlat moliya nazoratini um umdavlat boshqaruv organlari va tezkor moliya boshqaruv organlari ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o‘mitasi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo'mitasi) tom onidan amaldagi qonun- chilikka asosan olib boriladi.

Xo'jalik ichidagi moliyaviy nazorat a lohida olingan xo'jalik yurituvchi subyektning ichida tashkil qilingan moliya xizmati, moliya bo‘limi yoki buxgalteriya xodimlari tom onidan olib boriladi.

Moliyaviy nazoratning tarmoq nazorati turli vazirliklar, kompa- niyalar, assotsiatsiyalar va xoldinglarning tarkibida tashkil etilgan maxsus moliya taftish organlari tomonidan olib boriladi.

Moliyaviy nazoratning jam oa nazorati aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar orqali tashkil etilgan maxsus moliya taftish organlari tomonidan olib boriladi.

Moliyaviy nazoratning mustaqil, ya’ni auditorlik nazorati esa o ‘z faoliyati uchun maxsus litsenziyaga ega ham da malakali auditorlari mavjud auditorlik firmalari tomonidan olib boriladi. Moliyaviy nazo­ ratning obyektini asosan amaldagi qonunchilikka asosan xo'jalik subyektining alohida olingan faoliyat turini faqat vakolatli nazorat organi nazorat etadi. Masalan, soliq organlari soliq qonunchiligiga rioya etilishini, tijorat banklari berilgan kreditlar bo‘yicha olib boradi.



Moliyaviy nazoratning o'tkazilish reglamentiga asosan har bir xo ‘jalik yurituvchi subyekt doimiy ravishda ichki nazoratni amalga oshiradi. Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyatini tashqi (majburiy) nazoratining o ‘tkazilishi amaldagi qonunchilikda belgilab qo ‘yilgan. Masalan, yuridik shaxslar xo ‘jalik-m oliya faoliyatining yillik yakunlari majburiy tarzda auditor firmalari va soliq organlari tomonidan nazorat qilinadi.

Dastlabki moliyaviy nazorat xo'jalik yurituvchi subyektlar o ‘zlari- ning xo ‘jalik moliya faoliyatining boshlanishidan oldin olib boriladigan nazorat shaklidir. Bu nazorat shakli yuridik va jism oniy shaxslar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, unda ularning moliya rejalari, kassa rejalari, smetalarni ishlab chiqish va uni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash jarayonini o‘z tarkibiga oladi. Dastlabki moliyaviy nazorat orqali kelajakda amaldagi budjet-soliq qonunchiligi va boshqa m e’yoriy hujÿatlarda keltirilgan tartib va qoidalar buzilishining oldi olinishiga xizmat qiladi.

Joriy moliyaviy nazorat xo ‘jalik yurituvchi subyektlar xo ‘jalik- moliya faoliyatida moliyaviy operatsiyalar va pullik bitimlar tuzilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning ushbu shakli m a’lum hisobot davri (masalan, har dekada, oy, kvartal) nazorat qilinadigan jarayon, muomala va xatti-harakat tugagandan so‘ng uning miqdor va sifat tavsifiga muvofiq bajariladigan nazoratdan iborat. Joriy moliya­ viy nazorat uchun m a’lumot manbayi rejadagi tezkor-texnik, statistika va buxgalteriya axboroti xizmat qiladi. Joriy moliyaviy nazorat xo ‘jalik yurituvchi subyektlar xo ‘jalik-m oliya faoliyatida moliyaviy intizom buzilishining oldini olish hamda pullik bitimlarni o ‘z vaqtida tuzilishini ta ’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Davriy moliyaviy nazorat-muayyan hisobot davri uchun tuzilgan rejalar, smetalar, m e’yorlar va buxgalteriya hujjatlari, ishlab chiqarish, hisobotlarning m a’lumotlari, hisob registrlari, hisobotlar hamda boshqa manbalardagi m a’lumotlar asosidagi tekshirishdir. Amaldagi qonun- chilik, shu jumladan soliq to‘g‘risidagi qonunlardagi talablarga rioya etilayotganini, xo ‘jalik muomalalari to ‘g‘ri, o‘z muddatida va maqsad- ga muvofiq olib borilayotganligini aniqlash, nazorat etilayotgan obyekt (jismoniy, yuridik va mansabdor shaxs) faoliyatidagi kamchiliklar va qonunbuzarliklarni ochib tashlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarini ko‘rish mazkur nazorat shaklining asosiy vazifasi hisoblanadi.



Moliya nazorati o'zining amalga oshirish usullari bo'yicha ham turli guruhlarga ajratiladi, ular quyidagilardan tashkil topgan:

  1. Hujjatli va kameral tekshirish.

  2. 0 ‘rganib chiqish.

  3. Nazorat.

  4. Moliyaviy holatini tahlil etish.

  5. Monitoring (kuzatish).

  6. Taftish.

Hujjatli va kameral tekshirish jarayonida alohida olingan xo'jalik subyektlarining balansi, hisoboti va xarajat hujjatlari asosida m a ’lum muddatdagi xo ‘jalik-m oliya faoliyatining alohida masalalari ko'rib chiqiladi. Ushbu tekshirish jarayonida xo'jalik subyektining xo ‘jalik- moliya faoliyatida moliya intizomining yo‘l qo'yilgan nuqsonlari aniqla- nadi hamda bu nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora- tadbirlar ishlab chiqiladi.

Moliyaviy nazoratning o ‘rganib chiqish usuli hujjatli va nomeral tekshirish usuliga nisbatan keng masalalarni qamrab oladi. Ushbu



usulda xo ‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-iqtisodiy ko'rsat- kichlari, uning iqtisodiy potensiali ko'rsatkichlari chuqur o'rganib chiqiladi hainda kelajakda boiajak rivojlantirish yo‘nalishlari belgi- lanadi.

Iqtisodiyotda xo ‘jalik yurituvchi ayrim subyektlarning faoliyatini tartibga solib turish uchun maxsus litsenziyalar talab etiladi. Bunga misol qilib, auditorlik faoliyati uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, bank faoliyati uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus litsenziyalarini keltirish mumkin. Maxsus litsenziya olgan xo ‘jalik subyektlari uchun o ‘rnatilgan tartib- qoida ham da m e’yorlarga amal qilinishi ushbu litsenziya bergan organlar tom onidan nazorat qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimki, o ‘rnatilgan tartib-qoidalar va m e ’yorlarga am al qilm agan xo'jalik subyektlarining m axsus litsenziyasi qaytarib olinadi va u faoliyatini to ‘xtatishi shart.

Moliyaviy holatni tahlil etish moliya nazoratining eng keng tarqal- gan hamda ustuvor usulidan biri hisoblanadi. Ushbu usulda xo'jalik yurituvchi subyektning davriy va yillik moliyaviy hisobotlari chuqur o'rganib chiqiladi. Bundan asosiy maqsad xo'jalik-moliya faoliyatining natijalariga umumiy baho berish, o 'z kapitali bilan ta’minlanganlik darajasi hamda undan omilkorlik va samaradorlik bilan foydalanish yo'nalishlari belgilanadi. Bu esa kelajakda xarajatlarni imkoni boricha kamaytirish va foydani ko'paytirishga xizmat qiladi.



Monitoring (kuzatuv) usuli krcditorlar, asosan tijorat banklari tom o­ nidan qo'llaniladi. Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi subyektlarga berilgan kreditlarni o 'z muddatida va foizi bilan qaytarilishi maqsadida kreditni maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan doimiy nazorat-monito- ring olib boradi. Monitoring jarayonida xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan olinayotgan kreditdan samarasiz foydalanishi aniqlangan holatda kredit shartnomasidagi shartlar o'zgartirilishi yoki kreditni muddatidan oldin qaytarilish talabi qo'yilishi mumkin.

Taftish moliya nazoratining eng chuqur va keng qamrovli usuli hisoblanadi. Ushbu usulda xo'jalik yurituvchi subyekt xo'jalik-moliya faoliyatining amaldagi qonunchilikka mosligi, maqsadliligi, to'g'riligi va samaradorligi yo'nalishlari kompleks ravishda to'liq o'rganib chiqi­ ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, taftish bu juda m as’uliyatli va murakkab moliya nazorati hisoblanadi. Shuning uchun amaliyotda taftishni o'tkazish uchun maxsus tayyorgarlik ko'riladi va u oldindan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Dasturda o'tkazila- digan taftishning maqsadi, taftish obyekti va ko'riladigan asosiy


таза Ы агтгщ го‘ухай акв е « : т Ы 1 0 ‘tkaziladigan taftish rnaqsadiga ко‘га Го‘Нд уа и/Пя bo‘lmagan, г ф asosida hamda rejadan ( а ^ а п , таугиН уа кошрккв Ьо 'ИбЫ т и т к т .


А та ^ а овЫп^ап 1аШ5Ь уакип1агщаг^ап so‘ng uning па1уа1ап asosida dalolatnoma ШгШЬ и rasmiylashtiгiladi. Б а Ы а Ш оп^а хо^аШс уиптусЫ subyektning хо^аПк-тоНуа faoliyatidagi аг^1аг^ап каш- сЫПк1аг, amaldagi qonunchПikda Ье^Паг^ап тоИуа т И го гт buzilganligi исЬип qo‘llaniladigan ]аго1аг, yuzaga ке^ап катсЬШЫагт ЬаПагаГ еивИ chora-tadbirlari ko‘rsati]adi. К авгту^Ы ш ^ап dalolat- п о та asosida хо^аНк уипШУсЫ subyektning гаИЬапуай о‘г1апт уако1аиап doiгasida гагиг qarorlarni qabul qiladilar.

Download 26,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish